Mundarija: kirish i-bob. Atom yadrosining tarkibi


Yadrolarning o‘lchami va zichligi


Download 1.25 Mb.
bet5/9
Sana21.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1644198
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI DEFEKT MASSA

1.3. Yadrolarning o‘lchami va zichligi
Yadro o‘lchami-yadroning mavjudlik sohasi yoki yadro kuchlarning ta’sir sferasidir.
Yadroning o‘lchami (radiusi) R~10-15m bo‘lib, atom radiusidan 105 marotaba kichikdir.
Yadro o‘lchamini tajribada aniqlashning ko‘pgina usullari bor. Masalan, elektron va neytronlarning atom yadrosidan sochilishiga ko‘ra, undan tashqari yadro radiusini “ko‘zgu” yadrolarga, protonlarning elektrostatik ta’sir energiyasini o‘rganish, μ-mezonlar rentgen nurlanishni o‘rganish va alfa radioaktiv yadrolarning yemirilish qonunini o ‘rganish yo‘q bilan ham aniqlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar yadroviy kuchning o‘zaro ta’sir sohasini yoki elektromagnit o‘zaro ta’sir sohasini aniqlashga asoslangan. Turli usullar yadro taxminan shar shaklida ekanligi va aniq chegaraga ega ekanligini hamda radiusi
R = R0A1/3 m (7)
massa soniga bog‘liq ravishda otrib borishligini ko‘rsatadi. Bu yerda R0-doimiy kattalik. Uning qiymati yadro radiusini turli usullarda aniqlashga ko‘ra, R0 = (1,2÷1,4)F ga teng (1 Fermi = 10-13sm).
Tez neytronlarning sochilishiga oid tajribalardan R0 = 1,4F, α-parchalanish natijalaridan R0 = 1,3F, zaryadli zarralar ta’sirida bo‘ladigan yadro reaksiyalari natijalariga ko‘ra R0 = 1,6F.
Yadroni shar shaklida deb qarab, (7) ifodadan hajm birligidagi zarralar sonini topamiz:
n= A/V=A/(4/3π A) = 3/(4 π ) = 3/(4·3,14·10-36sm3) ≈ 1038 nuklon/sm3.
Yadro zichligi hajm birligidagi nuklonlar sonining massasi mN ga ko‘paytmasiga teng:
ρ = nmN = 1038 nuklon/sm3·1,66∙10-24 g = 1014 g/ sm3 = 100 ∙ 106 1/sm3.
Hajm birligidagi nuklonlar sonini bilgan holda ular orasidagi masofa
quyidagicha hisoblanadi:
ẟ = = = = · R0 = 2,3·10-13sm.
Ko‘rinib turibdiki, yadro hajm birligidagi nuklonlar soni, yadro zichligi, nuklonlar orasidagi masofa ham o ‘zgarmas, yadro turiga bog‘liq emas.
Demak, yadro nuklon lari orasidagi masofa barcha yadrolar uchun o‘zgarmas ekan, yadro siqilmaydi, massa soni ortishi bilan hajmi ortib boradi. Yadro kuchlari qisqa masofada katta kuch bilan ta’sir etadi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling