Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Pedagogik kuzatish. Bunga reja asosida tahlil qilish va o‘quv-
tarbiya jarayonini tashkil qilish usuli bahosi kiradi, bunda kuzatuvchi bu jarayonni kuzatilayotganda qatnashadi. Pedagogik kuzatishning har kungi kuzatishdan farqi shundaki, unda kuzatish fanini aniq belgilanganligi va kuzatilayotgan omillarni ishlab chiqilgan tizimini qayd qilib borilishidir. 589 Pedagogik kuzatishning asosiy kamchiligi shundaki, unda aniq sub’ektni bahoviy ko‘rinishi va kuzatilayotgan pedagogik jarayonlarni aniq ro‘yxatga olishning qiyinligidadir. Shuning uchun kuzatuvchiga boshqa tekshirish usullaridan foydalanilgan holda ma’lum bir yordam beriladi, ya’ni xronometriyasi olinadi, kinosyomka qilinadi, pulsometriya va boshqalar qilinadi. Ochiq kuzatish deb, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila- yotganligiga aytiladi. Yashirin kuzatuvda esa, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila- yotganligini bilishmaydi va ularning xatti-harakatlari tabiiyligicha qolaveradi. Pedagogik kuzatishlar vaqt belgisiga qarab uzluksiz va bo‘lingan bo‘ladi. Bunda hodisalarning asosiy xususiyatlari o‘rganiladi. Pedagogik kuzatish jarayonida bir nechta mustaqil kuzatuvchilar bilan birgalikda olib borilsa, aniq ma’lumotlar olish mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonini shunday tomonlarigina, ya’ni o‘qitish va tarbiya jarayonini buzmasdan qayd qilish pedagogik kuzatish ob’ekti bo‘lishi mumkin. O‘quv rejasida yengil atletika bo‘yicha pedagogik analizni o‘quv praktikasini vaqtida bajarish ko‘zda tutilgan. Bu topshiriqni bajarishda o‘quv gruppasi 3-4 kuzatuvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar faoliyatining taxminiy yo‘nalishi shunday bo‘linadi: Guruh A – darsni boshlanishida, asosiy va oxirgi qismlarida topshiriqni bajarilish tahlili. Guruh B – o‘qituvchi va o‘quvchini mashqni bajarilishini kuzatish. Guruh V – darsda qo‘llaniladigan usul va vositalarni tahlili, maxsus va umumrivojlangan mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish, darsda gruppali, individual metodlardan foydalanishning to‘g‘riligi va boshqalar. Guruh G – darsning umumiy va motor zichligi tahlili. Guruh D – 2 ta bajaruvchining qiyshiq pulsi tahlili. Guruh E – darsning emostional bahosi, gruppa bilan aloqa, xatolarni topish va tuzatish. Dars tugagandan so‘ng talabalar olingan materialni tizim-lash- tiradilar, kattalar guruhlarda qisqa axborot qiladilar. O‘qituvchi peda gogik kuzatishdan olingan natijalarni umumlashtirib, differen- siyalashgan bahoni aniqlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling