Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

2.4. Musobaqalarni o‘tkazish
Hakamlar guruhlari kotiblarining vazifa majburiyatlari
Hakamlar guruhlarining barcha kotiblari kotibiyat tarkibiga 
kiradilar, lekin o‘z hakamlik guruhi ishlayotgan vaqtda guruhning bosh 
hakamiga bo‘ysunadilar. Ularning vazifasi rasmiy ish qaydnomasini 
to‘g‘ri va to‘la shakllantirish, ishchi va boshqa materiallarni kotibiyatga 
va boshqa xizmatlarga bosh kotib ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda 
o‘z vaqtida etkazishdan iborat.
Qaydnomalarni sharikli ruchka bilan aniq, ravon yozuvda to‘ldirish 
zarur. Barcha holatlarda hisobga olinmagan urinish “X” belgisi bilan 
ko‘rsatiladi;
-urinish o‘tkazib yuborilsa, chiziq “_____”;
-ishtirokchi startga kelmasa “kelmadi”;
-balandlik egallansa, “O” belgisi qo‘yiladi.
Qaydnomada natijalar quyidagi tartibda yoziladi:
-yugurish natijasi (10000 m masofagacha) avtomatlashtirilgan 
elektron apparatlarida foydalanilganda, 0.01 sek.gacha aniqlashtiriladi: 
10.14, 20.02, 48.11, 4:9.18;
-10.000 m.dan yuqori masofalarda 0.1 sek.gacha yaxlitlanadi. 
Masalan: 59:26.32 – 59:26.4 deb yoziladi. 
To‘laligicha yoki qisman stadiondan tashqarida o‘tkaziladigan 
5000 m va undan yuqori masofalarga yugurish musobaqalarida vaqt 
keyingi katta to‘la sekundgacha aniqlikda qayd qilinadi. Masalan: 
2:09:44.32 – 2:09:45.
Uloqtirishlarda natija kamaytirish tomon 1 sm.gacha yaxshilab 
yoziladi – 60.23.


585
Sakrashlarda yozuv quyidagicha amalga oshiriladi: 7,63; 2.23; 
5.55.
Agar ishtirokchi natijasi qaydnomaga yozilganidek keyin 
diskvalifikastiya qilinsa (masalan, yugurishda – yo‘lkachadan chiqib 
ketganligi, estafetani noto‘g‘ri uzatganligi uchun), u holda uning 
natijasi qaydnomadan o‘chiriladi, yoniga dasturning mazkur nomeri 
bosh hakami imzo qo‘yadi va diskvalifikatsiya qilish sababi yoziladi. 
Ishchi qaydnomada tuzatishga imkon qadar yo‘l qo‘yilmaydi, lekin 
zarurat tug‘ilganda, ilgarigi natija o‘chirilib, yangisini qayd etish 
orqali o‘zgarish kiritish mumkin (u kotib imzosi bilan tasdiqlanadi).
Dasturning mazkur nomeri tugagach, ishchi qaydnoma bosh hakam
kotib va guruhning boshqa hakamlari, referi tomonidan imzolanadi. 
Rekord natija ko‘rsatilganida, hakamlar guruhi kotibi rekord 
blankining to‘g‘ri to‘ldirilishini va uning mazkur musobaqani 
o‘tkazgan guruhning barcha hakamlari tomonidan imzolanishini 
ta’minlashi lozim.
Musobaqa (yoki navbatdagi davra) tugagach, marradagi kotiblar 
hakamlarning barcha hujjatlarini kotibiyatga etkazadilar. Bular:
-hakamlarning yozuvlari;
-masofadagi katta hakamning qaydnomalari;
-shamol tezligini o‘lchash qaydnomalari (keyin ishchi qaydnomaga 
har bir poygada shamol tezligining qiymati kiritib boriladi);
-oraliq marrani qayd etish va h.k.
Uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqa o‘tkazayotgan 
guruh kotiblari o‘z musobaqalari tugaganidan so‘ng kotibiyatga 
shamol tezligini o‘lchash qaydnomalarini topshirishlari shart.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling