4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Download 481.75 Kb.
bet1/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)


4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish.

Ma’ruza mashg’ulot rejasi;


1. Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
2. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari.
3. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish.


Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish.
Umuman, suzish musobaqalarida start olish, katta ahamiyatga ega. Buning uchun amalda 0,5 sekunddan 1,0 sekundgacha vaqt ketadi.
Ko‘p jihatdan, sportchilarning muvaffaqiyati, startni to‘g‘ri olishga bog‘liq. Texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilgan start suzuvchiga o‘z gavdasini qulay holatda saqlash va masofa boshida zarur bo‘lgan tezlikka erishishga imkon beradi.
Odatda, startning ikki turidan foydalaniladi:
1) supacha (tumbochka) dan start olish. Bu suzishning hamma usullarida qo‘llaniladi;
2) suvda turib, basseyn devoridan depsinib, start olish. Bu, ko‘pincha, chalqancha yotib suzishda qo‘llaniladi.
Start olish texnikasini yaxshi tushunish va egallash uchun uni, shartli ravishda, alohida elementlarga bo‘lib o‘rganish zarur. Masalan, dastlabki holat, tayyorlanish harakati va depsinish, havoda uchish, suvga kirish va suvda sirg‘anish, suv yuziga qalqib chiqish hamda suzishga o‘tish. Endi ularga alohida-alohida to‘xtab o‘tamiz.
Supachadan sakrab, start olish. Dastlabki holat yetarli darajada qulay va tez sakrash uchun zarur bo‘lgan vaziyatni egallashdan iborat. Bu quyidagilarga bog‘liq: oyoq bo‘gimlaridan bukilish darajasi, gavdaning egilishi va qo‘llar holatining tafovutiga, ya’ni orqaga, yonga yoki oldga-pastga uzatish.
Odatda, dastlabki holat, ko‘proq, sportchilarning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Eng qulayi – bu tovonlarning bir-biridan 15–20 sm oraliqda parallel joylanishi va panjalar bilan supachaning oldingi chetidan qisib turishdir. Oyoqlar tizza bo‘g‘imidan, taxminan, 130–160 burchak hosil qilib bukiladi. Son bilan tananing oldingi yuzasi oralig‘idagi burchak 40–60 ga yetkuncha, gavda oldinga egiladi (bukiladi), qo‘llar orqaga-yonga yo‘naltariladida, kaft orqaga-yuqoriga qaratilgan bo‘ladi. Suzuvchining og‘irlik markazi start olish supachasining oldingi chetiga to‘g‘ri kelishi kerak. Shunda start berilgan zahoti, tayyorgarlik harakati va depsinishni bajarish qulay bo‘ladi.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling