4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish
Download 481.75 Kb.
|
5-маъруза (2)
Suvda:
I. Oyoq harakati texnikasi va nafas olishni o‘rgatish mashqlari: 1.Chalqancha qo‘llar bilan tutqichdan ushlab (qo‘llar yelka kengligida, tirsak oldinda), yelka va ensa bilan qirg‘oqqa tiralib, oyoq harakati bajariladi: a) erkin nafas olinadi; b) nafas olish va nafas chiqarish oyoqning 2–3-harakatiga moslanadi. 2. Basseyn devoridan depsinib, chalqancha sirg‘anishda oyoq harakati (qo‘llarning turli holatlari) yordamida: a) qo‘llarni gavda yonida tutib; b) o‘ng qo‘lni oldinga uzatib, chap qo‘lni yonida tutib; d) b mashqdagidek, qo‘llar o‘rnini almashtirib; e) ikkala qo‘lni oldinga uzatib, sirg‘anishda oyoq harakati yordamida suziladi. II. Qo‘l harakati texnikasini o‘rgatish mashqlari: 1.D.h.–basseyn beldan keladigan sayoz qismida sherik uning yon tomonida turib, bir qo‘li bilan boldir tagidan, ikkinchi qo‘li bilan panjalar ustidan ushlab, mashqni bajarish davomida gavdaning gorizontal holatini saqlashda yordamlashadi, chalqancha yotib, qo‘llarni gavda yonida (yoki oldinga uzatib) tutgan holatda: a) o‘ng qo‘l harakati bajariladi; b) chap qo‘l harakati; d) o‘ng va chap qo‘l harakatlari d.h. da tanaffus (2–3 sekund) bilan bajariladi: e) o‘ng va chap qo‘l harakatlari tanaffussiz bajariladi (bunda qo‘llar d.h.da uchrashadi); f) d.h. oldingi mashqlardagidek, faqat bir qo‘l oldinga, ikkinchisi gavda bo‘ylab uzatilgan holatda, qo‘llarning to‘liq harakat koordinatsiyasi bajariladi. 2. D.h.–basseyn chetidan ushlab, suvga orqa bilan turiladi, oyoqlarni basseyn devoriga qo‘yib (bunda oyoqlar suv yuziga chiqmasligi kerak), to‘liq nafas olinadi, qo‘llar gavda bo‘ylab tushirilgan zahoti, oyoqlar bilan densinib, chalqancha suv yuzida sirg‘anishda: a) o‘ng qo‘l harakatini to‘liq bajarib suziladi; b) chap qo‘l harakati bajariladi; d) o‘ng va chap qo‘l harakati d.h. da tanaffus (2–3 sekund) bilan bajariladi; e) o‘ng va chap qo‘l harakati tanaffussiz bajariladi; f) qo‘llarning to‘liq harakat koordinatsiyasiga amal qilib suziladi (bunda bir qo‘l eshish harakatini tugatayotganda, ikkinchisi boshlaydi, ya’ni qo‘llar to‘xtovsiz harakat qiladi). 3. Oyoqlar orasida taxtacha bilan qo‘l harakati yordamida suziladi. III. Qo‘l harakati texnikasiga nafasni moslab o‘rgatish mashqlari. Krol usulida chalqancha suzganda, suzuvchi yuzining suvdan tashqarida bo‘lishi nafas olishni boshqa usullarga nisbatan biroz yengillashtiradi, shuningdek, suzish texnikasini tez o‘zlashtirishga imkon beradi. Nafas qo‘l harakatlariga moslab bajariladi. Qo‘lning tayyorgarlik harakati (havodan oldinga olib o‘tish) vaqtida ogiz orqali nafas olinadi, eshish harakati davomida esa nafas chiqariladi. IV. Qo‘l harakatiga oyoq harakati texnikasini moslashni o‘rgatish mashqlari: 1.Basseyn devoridan depsinib, chalqancha sirg‘anishdan so‘ng (qo‘llar gavda yonida yoki oldinga uzatilgan) to‘xtovsiz harakatga: a) o‘ng qo‘l harakatini moslash mashqi; b) chap qo‘l harakatini moslash mashqi; d) o‘ng va chap qo‘l harakatini d.h. da tanaffus bilan moslash mashqi; e) o‘ng va chap qo‘l harakatini d.h. da tanaffussiz moslash mashqi; f) oyoq harakatiga qo‘llarning to‘liq harakat koordinatsiyasini moslash mashqlari bajariladi. V. Qo‘l va oyoq harakati texnikasiga nafasni moslashni o‘rgatish mashqlari. Bu vazifani o‘zlashtirish uchun IV vazifadagi 1-mashq, a, b, d, e, f ado etiladi. Ularning har biri nafas olish va nafas chiqarish bilan moslab bajarish qo‘shib o‘rgatiladi. Ko’krakda va chalqancha krol usulida suzish Delfin usulida suzish. Delfin usulida suzish texnikasi amalda krol usullari mukammal o‘zlashtirilgandan so‘ng o‘rganiladi. Quruqlikda o‘tkaziladigan mashqlar boshqa usul kabi, bu usul texnikasini suvda o‘zlashtirishga yordam beradi. Quruqlikda: I. Oyoq harakati texnikasini o‘rganish mashqlari: 1. D.h. – gimnastika skameykasida o‘ng oyoqda turib chap oyoq harakati o‘rganiladi. 2. Birinchi mashqning o‘zi, faqat o‘ng oyoq harakati o‘rganiladi. 3. D.h. – turnikka osilgan holda oyoq harakati bajariladi. Download 481.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling