4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Download 481.75 Kb.
bet11/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish.

Krol usulida ko‘krakda suzish. Quruqlikda:


I. Oyoq, harakati texnikasini o‘rganishda qo‘llaniladigan mashqlar:
1. Dastlabki holat – gimnastika skameykasining oldingi qirrasida o‘tirib, qo‘llar bilan orqa qirrasiga tayaniladi. Oyoq panjalarini ichkari tarafga cho‘zib-burib, oyoqlar krol usulidagidek harakatlantiriladi.
2. 1-mashq ko‘krak bilan yotgan holda bajariladi.
3. D.h.–gimnastika skameykasida (yoki tepalikda) o‘ng oyoqda turib, chap oyoq harakati bajariladi.
4. 3-mashqning o‘zi, faqat oyoqlar o‘rni almashtiriladi.
5. D.h.–turnikka osilib turiladi. Oyoq harakati bajariladi.
6. D.h.–basseyn chetiga o‘tiriladi. Qo‘llar bilan orqaga-yerga tayanib, oyoqlar suvga tushurib, harakatlantiriladi.
II. Oyoq harakatiga nafas olish va nafas chiqarish moslab o‘rgatiladi. Bu I vazifadagi 2-mashq yordamida amalga oshiriladi. Bunda oyoq harakati boshni o‘ng (yoki chap) tomonga burib, nafas olish va pastga (d.h.) burib, nafas chiqarish bilan moslab bajariladi. Nafas olish qisqa muddat tez va kuchli bajariladi, nafas chiqarish esa biroz erkin ado etiladi.
III. Qo‘l harakati texnikasini erkin nafas olib (nafasni tutib turib) o‘rgatishda qo‘llanadigan mashqlar:
1. D.h.- engashib, qo‘llar kafti bilan pastga qaratib, oldinga uzatilgan:
a) o‘ng qo‘l harakati bajariladi;
b) chap qo‘l harakati bajariladi;
d) o‘ng va chap qo‘l harakati navbatma-navbat, d.h. ga qaytib, tanaffus bilan (2–3 sekund) bajarib, o‘rgatiladi;
e) o‘ng va chap qo‘l harakati tanaffussiz bajariladi (qo‘llar d.h. da uchrashadi).
2. D.h.–engashib, o‘ng qo‘l oldinga, chap qo‘l gavda yonida orqaga uzatilgan. Qo‘llar bilan krol usulidagi harakatlar to‘liq o‘zaro moslashuvda bajariladi.
Shug‘ullanuvchilarga harakatning o‘zaro moslashuvini rivojlantirish, o‘rganilayotgan mashqlarni yanada to‘liqroq o‘zlashtirish uchun 1-mashq, a, b, d, e va 2-mashqni qo‘shimcha ravishda yurib turib, o‘rganish tavsiya qilinadi.
IV. Qo‘l harakati texnikasini nafas olish va nafas chiqarish bilan moslab o‘rganishda ham yuqoridagi mashqlar qo‘llaniladi.
Bunda 1-mashq, a, b, d da har bir qo‘l harakatiga bir marta nafas chiqarish moslab bajariladi. Qolgan 1-mashq, e va 2-mashqda har ikki yoki uch qo‘l harakatiga bir marta nafas olish va nafas chiqarish moslab bajariladi.
V. Krol usulida ko‘krakda suzishda qo‘l va oyoq harakatlarini moslab o‘rganishda quyidagi mashqlar qo‘llaniladi.
Odatda, bu mashqlar mavjud adabiyotlarda keltirilmaydi. Ular amalda harakat koordinatsiyasi yaxshi rivojlanmagan, sport bilan shug‘ullanmaganlarni suzishga o‘rgatishda qo‘llaniladi. Quyidagi mashqlarni quruqlikda mukammal o‘rganish suvda tez va yengil o‘zlashtirishga yordam beradi.
1. D.h.–gavda biroz egib turiladi, juftlangan qo‘llar kafti bilan pastga qaratib, oldinga uzatilgan. Oyoq uchida uzluksiz va bir tekis yurib turiladi:
a) o‘ng qo‘l harakati moslab bajariladi;
b) chap qo‘l harakati moslab bajariladi;
d) o‘ng va chap qo‘l harakatini navbatma-navbat, d.h. da tanaffus bilan moslab bajariladi;
e) qo‘llar harakati, d.h. da tanaffussiz, moslab bajariladi;
f) qo‘llar harakati to‘liq koordinatsiyasi bilan moslab bajariladi.
VI. Krol usulida ko‘krakda suzishda qo‘l, oyoq harakati texnikasiga nafasni moslab, o‘rganishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan mashqlar.
Mashg‘ulot V vazifadagi 1-mashq, a, b, d, e, f yordamida o‘tkaziladi. Bunda 1-mashq, a, b, d, da har bir qo‘l harakatiga bir marta nafas olish va nafas chiqarish moslanadi. Keyingi 1-mashq, e, f da har ikki yoki uch qo‘l harakatiga bir marta nafas olish va nafas chiqarish mos keladi (2: 1, 3: 1).

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling