4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Sportcha suzish usullari texnikasi mashqlari


Download 481.75 Kb.
bet10/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

Sportcha suzish usullari texnikasi mashqlari. Snortcha suzish usullari texnikasini o‘rganish uchun bir qancha maxsus suzish mashqlari mavjud. Ularning hammasini egallash mazkur suzish usuli texnikasini o‘rgatishni yengillashtiradi. Har bir suzish usuli quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
I. Oyoq harakati texnikasi.
II. Oyoq harakatining nafas olish bilan moslashuvi.
III. Qo‘l harakati texnikasi.
IV. Qo‘l harakatining nafas olish bilan moslashuvi.
V. Qo‘l va oyoq harakatlarining moslashuvi.
VI. Qo‘l oyoq harakatini nafas olish va nafas chiqarish bilan moslab o‘rgatish.
Sportcha suzish usullari texnikasini o‘rgatishning boshlang‘ich davrida suzish harakatlari kerakli imitatsion mashqlar yordamida quruqlikda bajariladi. O‘rganuvchi kerakli usul texnikasining ayrim elementlarini oldindan o‘rganadi, ularning qisman va, umuman, moslashuvi, shuningdek, maxsus suzish mashqlari texnikasi bilan tanishadilar. Imitatsion mashqlar turli holatlarda–skameykada o‘tirib, oldinga yarim egilgan holda, ba’zi hollarda turnikda, xalqa, gimnastika narvoni va boshqalarda bajariladi. Bu mashqlar harakatlarning yo‘nalishi, shakli, shuningdek, umumiy bajarish sxemasi bilan shug‘ullanuvilarni tanishtiradi. Sportcha suzish usullari texnikasini o‘zlashtirish uchun zarur mashqlarini hech qanday yordamchi vositalarsiz bajarish kerak. Ba’zi mashqlarni bajarishda suzish taxtalaridan foydalanish, bundan mustasno.
Ba’zan, shug‘ullanuvchilar suvda o‘zlarini noqulay sezib, mashqlarni to‘g‘ri bajara olmasalar, yordamchi vositalardan foydalanishlari mumkin. Ayrim harakatlar, ularning o‘zaro moslashuvi o‘zlashtirilgach, texnikani takomillashtirishda suvda oldin qisqa, keyin esa uzoq masofalarga vaqtga qarab suzib o‘rganish, asosiy harakatlarining moslashuviga qaratish lozim. Agar shug‘ullanuvchi o‘rganilayotgan usul texnikasini egallasa va 400 metr masofaga shu usul bilan suza olsa, u uchun bu usuldagi boshlang‘ich o‘rgatish bosqichi tugadi, deb hisoblash mumkin. Shundan keyin suzishda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun texnikani takomillashtiruvchi davr boshlanadi.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling