4-Mavzu; Suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish. Suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari. Ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish


Download 481.75 Kb.
bet13/16
Sana17.10.2023
Hajmi481.75 Kb.
#1705460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5-маъруза (2)

I. Oyoq harakati texnikasini o‘rganayotganda, krol usulida ko‘krakda suzishdagi oyoq harakatini o‘rgatish uchun berilgan 1, 2, 3, 4, 5-mashqlar qo‘llaniladi.
II. Chalqancha suzishda nafas olishni qo‘l harakati bilan moslash o‘rgatiladi.
III. Qo‘l harakati texnikasini o‘rgatishda qo‘llaniladigan mashqlar:
1. D.h.–asosiy turish (yoki qo‘llar bosh uzra oldinga uzatilgan):
a) o‘ng qo‘l harakati bajariladi;
b) chap qo‘l harakati;
d) o‘ng va chap qo‘l harakati d.h. da tanaffus (2–3 sekund ) bilan bajariladi;
e) o‘ng va chan qo‘l harakati tanaffussiz bajariladi (qo‘llar d.h. da uchrashadi).
2.D.h.–asosiy turish. O‘ng qo‘lni bosh uzra oldinga uzatib, chap qo‘lni pastga (son yoniga) tushirgan holda, qo‘llar to‘liq harakat koordinatsiyasini bajaradi.
IV. Qo‘l harakatini nafas bilan moslashni o‘rgatishda yuqorida berilgan mashqdar qo‘llaniladi. Bunda qo‘llarning tayyorgarlik harakati paytida nafas olinadi, eshish (ish bajarish) paytida nafas chiqarish bilan harakatni moslash o‘rgatiladi.
V. Krol usulida chalqancha suzishda qo‘l harakatiga oyoq harakatini moslash mashqlari.
1. D.h.–asosiy turish (yoki qo‘llar bosh uzra oldinga uzatilgan). To‘xtovsiz oyoq uchida bir joyda yuriladi:
a) o‘ng qo‘l harakati moslanadi;
b) chap qo‘l harakati;
d) o‘ng va chap qo‘l harakatlari navbatma-navbat d.h. da tanaffus (2–3 sekund) bilan moslab bajarish o‘rgatiladi;
e) o‘ng va chap qo‘l harakatlari tanaffussiz moslab bajariladi;
f) qo‘llarning to‘liq harakat koordinatsiyasini bir joyda yurib turish bilan moslash mashq qilinadi.
VI. Krol usulida chalqancha suzishda qo‘l va oyoq harakati texnikasiga nafasni moslashni o‘rgatish mashqlari. Bu vazifa yuqorida berilgan 1-mashq, a, b, d, e, f yordamida o‘rgatiladi. Bunda 1-mashq, a, b, d, e, f da har bir qo‘l harakatiga bir marta nafas olish va nafas chiqarishni moslash mashqi bajariladi. Keyingi 1-mashq, e, f da har ikki yoki uch qo‘l harakatiga bir marta nafas olish va nafas chiqarishni moslash mashqi tavsiya qilinadi.

Download 481.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling