580
-raqamlar ishtirokchilar guruhlari bo‘yicha beriladi (masalan,
ommaviy krosslarda – poygalar bo‘yicha).
Ayrim tashkilotlarda ishtirokchilarga (yoki jamoalarga) butun
mavsum uchun o‘zgarmas raqamlar beriladi.
Kotibiyat uchun xonalar va ularning jihozlanishi
Kotibiyat uchun yorug‘ va yetarlicha keng
xona ajratilishi zarur,
u marraga hamda musobaqa o‘tkazilayotgan boshqa joylarga yaqin
bo‘lgani ma’qul.
Mebellarni shunday joylashtirish kerakki,
kotib-hakamlarning
har biri uchun alohida hududlar ajratilsin. Kompyuterlar va nusxa
ko‘chirish texnikasi alohida yoki natijalarga ishlov berayotgan
hakamlardan chekkaroqqa o‘rnatiladi.
Imkon bo‘lsa, bosh kotibga ayrim
xona beriladi yoki umumiy
xonadan alohida joy ajratiladi, chunki u boshqa kotiblarga halal
bermagan holda jamoalar vakillari bilan ishlay olishi lozim.
Hujjatlarning harakatini kamaytirish, keragidan ortiq yurishlarga
yo‘l qo‘ymaslik uchun kotiblar ish sxemasiga muvofiq o‘rinlarni
egallashi zarur. Kotibiyatni uning ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslar
va hakamlardan chegaralab qo‘yish kerak, buning
uchun boshqa
xizmatlarni ham xonalar bilan ta’minlash lozim. Kotibiyat xonasiga
kirish joyi ikkita bo‘lgani ma’qul (ba’zan bu sun’iy ravishda amalga
oshiriladi): hakamlar guruhlari kotiblari uchun –
kirish oldida
hakamlik hujjatlarini beruvchi yoki qabul qilib oluvchi kotib o‘tiradi
(uning o‘zi ma’lumotlar bo‘yicha kotib vazifasini bajarida) hamda
jamoalarning vakillari uchun – kirish oldida bosh kotib yoki uning
muovini joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: