Yengil atletika va uni
Apellyatsion hakamlar hay’ati
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosqon uloqtirish
- Boshlang‘ich yugurish
- Balandlikka sakrash usullari
Apellyatsion hakamlar hay’ati – yengil atletika bo‘yicha ma’lum
bir aniq musobaqalarda 3 – 5 – 7 kishidan tashkil topgan mutaxassislar guruhi bo‘lib (ushbu musobaqa hakamlar kollegiyasi tarkibida ishirok etmaydigan kishilardan tashkil topgan bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi), ularning asosiy vazifasi tarkibiga musobaqa davomida vujudga keluvchi masalalarni hal qilish, barcha norozilik arizalari va baxsli masalalarni echish kabilar kiritiladi. Hakamlar hay’atining qarori yakuniy, hal qiluvchi o‘ringa ega hisoblanadi. Bosqon uloqtirish – maxsus sport anjomini (snaryad) – bosqonni 2,135 diametr o‘lchamdagi doira ko‘rinishidagi sohadan turib, uloqtirishdan tashkil topgan yengil atletika uloqtirish mashqi turidan iborat hisoblanadi. Bosqon – yengil atlektikada uloqtirishning maxsus snaryadi hisoblanib, sharsimon yadro va unga mahkamlangan po‘lat sim (tros) va snaryadni ulash uchun dastakka ega bo‘lgan anjom hisoblanadi. Bosqonning og‘irligi 3, 4, 5, 6, 7,26 kg ga teng hisoblanadi (sportchilarning jinsi va yoshiga bog‘liq holatda). Boshlang‘ich yugurish – yengil atlektikaning yugurishga oid turlarida eng yaxshi sportchilarni ushbu sport turi bo‘yicha final yoki yarim final bellashuvlari uchun saralab olish maqsadidagi birinchi bosqich hisoblanadi. Balandlikka sakrash – vertikal holatdagi yengil atletika sakrash turi bo‘lib, yugurib kelish orqali, bitta oyoqqa tiralib sakrash va ma’lum bir balandlikka o‘rnatilgan plankadan oshib o‘tib, maxsus porolondan tayyorlangan gilamga tushishdan tashkil topadi. BREAF – Butun Rossiya yengil atletika federatsiyasi, ya’ni Rossiyada yengil atletika musobaqalarini o‘tkazish va uni rivojlantirishni boshqarish organi hisoblanadi. Balandlikka sakrash usullari – sportchilarning tiralib itarilishga tayyorlanishi, tiralib itarilish va plankani zabt etish uchun sakrashnng uchish fazasi ko‘rinishidagi farqlanuvchi harakatlaridan tashkil topadi. Yugurib kelib, balandlikka sakrashda nisbatan samarali sakrash usullari sifatida «fosbyuri-flop» usuli (hozirgi kunda balandlikka sakrash 600 bo‘yicha ta’lim oluvchi deyarli barcha sportchilar foydalanuvchi usul), «hatlab o‘tish» usuli (balandlikka sakrashda boshlang‘ich o‘rganish davrida foydalaniluvchi, nisbatan oddiy usul) va «oshib o‘tish» usuli (XX asrning 1980-yillarida foydalanilgan usul) kabilar ko‘rsatib o‘tiladi. Bosqichlar – taxminan 192 metrga teng bo‘lgan yugurish uzunligi masofasini anglatadi. Masofaga yugurish bosqichi – bu eramizgacha 776-yilda Qadimiy Gretsiyada bosqichlar bo‘yicha yugurish yengil atletikaning turlaridan biri hisoblangan. Ushbu atama (stadiya) asosida «stadion» so‘zi kelib chiqqan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling