Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Musobaqaning bosh kotibi – musobaqaning barcha bayonnoma-
larni tayyorlash va yuritish uchun, ishtirokchilardan arizalarni qabul 
qilish, musobaqa yakunlarini amalga oshirish javobgar bo‘lgan hakam 
hisoblanadi.
Musobaqaning bosh hakami – musobaqaning tayyorlanishi, tash-
kil qilinishi va to‘g‘ri tartibda o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘l gan, 
hakamlar guruhsi faoliyatini nazorat qiluvchi, musobaqaning yakun-
larini amalga oshiruvchi hakam hisoblanadi.
Disk doira shaklidagi, og‘irligi 1, 1,5, 1,75, 2 kg va diametr 
o‘lchami 180 – 220 mm ga teng bo‘lgan (sportchilarning jinsi va 
yoshiga bog‘liq holatda) sport anjomi (snaryad) hisoblanadi.
EEA – Evropa Yengil atletika Assotsiatsiyasi – Yevropada yengil 
atletika musobaqalarini o‘tkazish va rivojlantirishni boshqarish organi 
hisoblanadi. 
O‘tib tushish (zastup) – gorizontal holatda sakrash davomida ita-
rilishda plankaning chekka sohasi bo‘ylab oshib o‘tish. O‘tib tushish 
holatida sportchining urinishi hisobga olinmaydi.   
Estafetani uzatish zonasi – estafetali yugurish davomida 20 metr 
masofa bo‘ylab belgilangan soha bo‘lib, bu sohada estafeta tayoq-
chasining uzatilishi amalga oshiriladi. Bu zonadan tashqarida estafeta 
tayoqchasining uzatilishi musobaqa tartibining buzilishi hisoblanadi 
va jamoa diskvalifikatsiya qilinadi.
 Estafetali yugurishda yugurish zonasi – alohida yugurish yo‘la-
gida 200 metrlik bosqichda estafetali yugurish bo‘yicha, estafeta 
tayoq chasini uzatish zonasi oldida joylashgan 10 metrga teng bo‘lgan 
masofa sohasi bo‘lib, estafeta tayoqchasini qabul qilgunga qadar bu 
sohada start olishga ruxsat etiladi. 
IAAF – Angil atlektika bo‘yicha Halqaro assotsiatsiya (IAAF) 
– dunyo miqyosida yengli atletika musobaqalarini o‘tkazish va uni 
rivojlantirishni boshqarish organi hisoblanadi. IAAF 6 ta mintaqaviy 
yengil atletika assotsiatsiyalarini o‘z tarkibiga birlashtiradi. IAAF 
a’zolari sifatida 213 ta mamlakat qayd qilib o‘tiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling