Musobaqaning bosh kotibi – musobaqaning barcha bayonnoma-
larni tayyorlash va yuritish uchun, ishtirokchilardan arizalarni qabul
qilish, musobaqa yakunlarini amalga oshirish javobgar bo‘lgan hakam
hisoblanadi.
Musobaqaning bosh hakami – musobaqaning tayyorlanishi, tash-
kil qilinishi va to‘g‘ri tartibda o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘l gan,
hakamlar guruhsi faoliyatini nazorat qiluvchi, musobaqaning yakun-
larini amalga oshiruvchi hakam hisoblanadi.
Disk – doira shaklidagi, og‘irligi 1, 1,5, 1,75, 2 kg va diametr
o‘lchami 180 – 220 mm ga teng bo‘lgan (sportchilarning jinsi va
yoshiga bog‘liq holatda) sport anjomi (snaryad) hisoblanadi.
EEA – Evropa Yengil atletika Assotsiatsiyasi – Yevropada yengil
atletika musobaqalarini o‘tkazish va rivojlantirishni boshqarish organi
hisoblanadi.
O‘tib tushish (zastup) – gorizontal holatda sakrash davomida ita-
rilishda plankaning chekka sohasi bo‘ylab oshib o‘tish. O‘tib tushish
holatida sportchining urinishi hisobga olinmaydi.
Estafetani uzatish zonasi – estafetali yugurish davomida 20 metr
masofa bo‘ylab belgilangan soha bo‘lib, bu sohada estafeta tayoq-
chasining uzatilishi amalga oshiriladi. Bu zonadan tashqarida estafeta
tayoqchasining uzatilishi musobaqa tartibining buzilishi hisoblanadi
va jamoa diskvalifikatsiya qilinadi.
Estafetali yugurishda yugurish zonasi – alohida yugurish yo‘la-
gida 200 metrlik bosqichda estafetali yugurish bo‘yicha, estafeta
tayoq chasini uzatish zonasi oldida joylashgan 10 metrga teng bo‘lgan
masofa sohasi bo‘lib, estafeta tayoqchasini qabul qilgunga qadar bu
sohada start olishga ruxsat etiladi.
IAAF – Angil atlektika bo‘yicha Halqaro assotsiatsiya (IAAF)
– dunyo miqyosida yengli atletika musobaqalarini o‘tkazish va uni
rivojlantirishni boshqarish organi hisoblanadi. IAAF 6 ta mintaqaviy
yengil atletika assotsiatsiyalarini o‘z tarkibiga birlashtiradi. IAAF
a’zolari sifatida 213 ta mamlakat qayd qilib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |