Yengil atletika va uni


Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi – yengil atletikada sport-
chilarning ko‘p-yillik tayyorgarligi tarkibida boshlang‘ich bosqichdan 
tashkil topgan bo‘lib, uning maqsadi – bolalarning yengil atletika 
sport turi bo‘yicha har tomonlama jismoniy va texnik jihatdan 
tayyorgarligidan tashkil topadi, shundan keyingina tur guruhlari 
bo‘yicha saralash ixtisoslashtirilishini amalga oshirish mumkin. 
Mashq qiluvchilarning yoshi 10 – 14 yosh oralig‘ini tashkil qiladi. Bu 
bosqichda sportchilar o‘smirlik razryadiga ega bo‘lishlari mumkin. 
Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi – yengil atletikada 
sportchilarning ko‘p-yillik tayyorgarligida bosqichlardan biri bo‘lib, 
uning maqsadi – yengil atletika tur guruhlarida sportchilarning har 
tomonlama tayyorlanishi va asta – sekin alohida turlar bo‘yicha 
nisbatan tor doiradagi ixtisoslashtirishga o‘tkazilishi bilan belgilanadi. 
Bunda mashq qiluvchilarning yoshi 13 – 15 yoshni tashkil qiladi. 
Bu bosqichda sportchilar III, II, I razryadlar uchun belgilangan 
me’yorlarni (normativ) bajarishadi. 
G‘ov – har bir yo‘lakda o‘rtantiluvchi to‘siq ko‘rinishidagi holat 
hisoblanib, yuqorigi plankasiga oyoq tekkan holatda yiqilishi mumkin. 
Uning ko‘rsatkichlari: balandligi masofa va sportchilarning jinsiga 
bog‘liq holatda, 76,2 sm dan 106,7 sm gacha belgilanadi, to‘siqning 
umumiy og‘irligi qiymati 10 kg dan ortiq bo‘lmaydi. 
G‘ovlar osha yugurish – sportchilar masofani yugurib o‘tish 
davomida g‘ovlarni oshib o‘tishi belgilangan, guruh holatidagi 
yugurishdan tashkil topgan yengil atletika turi hisoblanadi. Qisqa 
masofali g‘ovlar osha yugurishda masofa ayollar uchun 100 metrni 


601
tashkil qilib, erkaklar uchun esa – 110 metr qilib belgilanadi (inshoot 
ichida to‘siqlar bilan 60 metr masofa belgilanadi), uzoq masofaga 
yugurishda g‘ovlar bilan birgalikdagi masofa 400 metr sifatida 
belgilanadi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling