Laboratoriya mashg'uloti №1 har XIL jismoniy chiniqqan sportchilarning o'lchamli ish bajarishida organizmning funksional rezervlarini tekshirish
Download 46.5 Kb.
|
Laboratoriya mashguloti №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funksional rezervlar (FR)
- Tayyorganlik uchun savollar
- PB = SB − DB SH =101 + (0,5 ∙ SB) – (1,09 ∙ DB) − (0,61 ∙ Yosh) QDH = YuQS ∙ SH C = (B − А) D = C /А ∙ 100
Laboratoriya mashg'uloti № 1 HAR XIL JISMONIY CHINIQQAN SPORTCHILARNING O'LCHAMLI ISH BAJARISHIDA ORGANIZMNING FUNKSIONAL REZERVLARINI TEKSHIRISH. Ishdan maqsad: turli sportchilarning funksional rezervlarning aniqlashda jismoniy ishga chinniqqanligini belgilash. Nazariy tushuncha: Funksional rezervlar (FR) - odam organizmning yashirin imkoniyatlari bo'lib, ular alohida sharoitlarda yuzaga chiqishi mumkin. Organizmning funksional rezervlari organ yoki funksional tizimlar ishini tinch holatdagiga nisbatan faol holatda ortish darajasidir. Odatda kishining funksional rezervlari yuqori quvvatdagi jismoniy ishlarni bajarishda, kishi ekstremal sharoitlarga duch kelganda, ancha tulik namoyon bo'ladi. Masalan, sportda mashq qilish bilan shug'ullanishda, musobaqa yukori haroratli sharoitda ishlashda, gipoksiya ta'sirida va hokazo. Sport mashqlari bilan muntazam shug'ullanish funksional rezervlarning ortishiga olib keladi. Biroq jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishda uni to'g'ri tashkil etishgina organizmning fiziologik rezervlarini oshiradi, organizmning tashqi muhit ta'sirlariga chidamligini oshiradi, turli omillar ta'siriga yahshi moslashishni ta'minlaydi. Jismonan chiniqqan organizm jismoniy chiniqmagan organizmga nisbatan ancha yuqori fiziologik rezervlarga ega bo'ladi. Tayyorganlik uchun savollar: 1. Organizmning jismoniy mashqlarga moslashishini funksional rezervlarga bog'liqligi. 2. Tinch holatda va jismoniy mashqdan keyin organizmdagi funksional o'zgarishlarning fiziologik tasnifi.
Olingan natijalar bayonnomaga yoziladi. Bayonnoma
Izoh: qon aylanishning FR qon oqishining ko'rsatkichlaridir (YuQS, SH, QDH) va qonning tomirlardan o'tish tezligi (PB). Olingan natijalar jadvallarga yozilib, grafik chiziladi. Sportchilarning chiniqish darajasini solishtirib, funksional rezervlar nimaga bog'likligi to'g'risida xulosa qilinadi. Nazorat savollari 1. Funksional rezervlar deb nimaga aytiladi? 2. Funksional rezervlarning chiniqqanlikka bog'liqligi qanday? 3. Qaysi funksional tizimlar ko'proq o'zgaradi va nima uchun? Download 46.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling