Amaliy mashg'uloti №1 har XIL jismoniy chiniqqan sportchilarning o'lchamli ish bajarishida organizmning funksional rezervlarini tekshirish


Download 47 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi47 Kb.
#1470806
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya mashguloti №1


Amaliy mashg'uloti № 1
HAR XIL JISMONIY CHINIQQAN SPORTCHILARNING O'LCHAMLI ISH BAJARISHIDA ORGANIZMNING FUNKSIONAL REZERVLARINI TEKSHIRISH.
Ishdan maqsad: turli sportchilarning funksional rezervlarning aniqlashda jismoniy ishga chinniqqanligini belgilash.
Nazariy tushuncha:
Funksional rezervlar (FR) - odam organizmning yashirin imkoniyatlari bo'lib, ular alohida sharoitlarda yuzaga chiqishi mumkin. Organizmning funksional rezervlari organ yoki funksional tizimlar ishini tinch holatdagiga nisbatan faol holatda ortish darajasidir. Odatda kishining funksional rezervlari yuqori quvvatdagi jismoniy ishlarni bajarishda, kishi ekstremal sharoitlarga duch kelganda, ancha tulik namoyon bo'ladi. Masalan, sportda mashq qilish bilan shug'ullanishda, musobaqa yukori haroratli sharoitda ishlashda, gipoksiya ta'sirida va hokazo. Sport mashqlari bilan muntazam shug'ullanish funksional rezervlarning ortishiga olib keladi. Biroq jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishda uni to'g'ri tashkil etishgina organizmning fiziologik rezervlarini oshiradi, organizmning tashqi muhit ta'sirlariga chidamligini oshiradi, turli omillar ta'siriga yahshi moslashishni ta'minlaydi. Jismonan chiniqqan organizm jismoniy chiniqmagan organizmga nisbatan ancha yuqori fiziologik rezervlarga ega bo'ladi.
Tayyorganlik uchun savollar:
1. Organizmning jismoniy mashqlarga moslashishini funksional rezervlarga bog'liqligi.
2. Tinch holatda va jismoniy mashqdan keyin organizmdagi funksional o'zgarishlarning fiziologik tasnifi.


Ish uchun kerakli asboblar: tonometr, sekundomer, qo'l dinamometri.
Tekshiriladigan ko'rsatkichlar: yurakning qisqarish soni (YuQS) 20 sekundda (1 daqiqasidagi topiladi), arterial bosim (AB): sistolik bosim (SB), diastolik bosim (DB), qo'llarni qisish kuchi (QQK) (o'ng va chap qo'llar), nafas olib nafasni ushlab turish vaqti (NUTV) va formulalar buyicha puls bosimi (PB), sistolik hajmi (SH), qonning daqiqalik hajmi (QDH), farqi(C) va % hisobida (D) topiladi:

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling