Reja: Vitaminlarning turlari


Download 62.34 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi62.34 Kb.
#1272499
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish fiz faol


Mavzu: Vitaminlar. Fermentlarning tuzulishi va spesifikligi.
Allosterik fermentlar.
Reja:

  1. Vitaminlarning turlari.

  2. Fermentlarning tuzulishi va turlari.

  3. Fermentlarning spesifikligi.

  4. Allosterik fermentlar.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853-1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. Uning xulosasiga ko’ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda K.Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan ma’noni bildiradi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Organizmda Vitamin sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur Vitaminni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda Vitamin yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. Vitaminning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). Vitamin hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. Vitaminning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. Vitamin organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. Vitamin organizmda energiya almashinuvida (B,B2.), aminokislotalar (B6, B12 ) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda Vitamin yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida Vitamin kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi Vitaminning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi. A vitamini bolaning oʻsishiga taʼsir qiladi. Organizmning infeksiyalarga qarshi chidamligini oshiradi. Terini va shilliq pardalarni normal holatda tutib turadi. Moddalar





almashinuvida, xususan, yogʻ almashinuvida qatnashadi. A vitamini organizmga yetarli miqdorda tushib turmasa infeksiyalarga qarshi chidamlilik susayib ketadi. Teri va shilliq pardalar quruq boʻlib qoladi. Koʻzning quvvati pasayadi. Bu vitamin baliq moyida, sariyogʻda, tuxum sarigʻida, sutda koʻp boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlari (pomidor, sabzi, apelsin va boshqalar)da karotin bor. U organizmda vitamin A ga aylanadi. D vitamini (kalsiferol) organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak toʻqimasining shakllanishiga va ijobiy oʻsishiga taʼsir qiladi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qoʻllaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, goʻsht mahsulotlari, tuxum sarigʻida mavjud. B1 vitamini (tiamin) markaziy asab tizimi faoliyati va uglevod almashinuvida qatnashadi. U sut, tuxum sariyogʻ, goʻsht, jigar, non, suli yormasi va noʻxat kabi mahsulotlar tarkibida uchraydi. B2 vitamini oqsil va uglevod almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Bu vitamin ovqatning meʼda-ichak tizimida yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Organizmning oʻsishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Uning organizmga yetarli miqdorda tushib turmasligi natijasida vazn kamayib, behollik kuzatiladi. Koʻz shilliq pardalarida oʻzgarish paydo boʻlishi, teri kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. B2 vitamining eng muhim manbalari – sut, pishloq, tvorog, tuxum, goʻsht va non hisoblanadi. B12 vitamini oqsil almashinuvida qatnashadi. Organizmning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Qon hosil boʻlishida juda katta ahamiyatga ega. B12 vitamini sut, pishloq, goʻsht, jigar, buyrak, tuxum sarigʻi tarkibida mavjud. S vitamini uglevod, oqsil va minerallar almashinuvida, organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida va qon hosil boʻlishida ishtirok etadi. S vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi va toʻqimalar hamda hujayralarning oʻsishiga yordam beradi. Shuningdek, mayda qon tomir (kapillyar)larning devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin meva-sabzavotlar tarkibida koʻp boʻladi. S vitamini yorugʻlik va qaynash jarayonida tez parchalanib ketgani bois mahsulotlarni toʻgʻri saqlash va pishirish muhim ahamiyatga ega. Bolanining rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Vitaminlar moddalar almashinuvi jarayonining nazoratchilaridir. Ayniqsa, ular bolaning oʻsish va rivojlanish jarayoniga bevosita aloqador boʻladi. Kasalliklarga qarshi chidamini oshiradi, yaʼni immunitetni mustahkamlaydi. Oʻsish davrida bolaning vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, uning kelajakda sogʻlom boʻlib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Fermentlar oqsil tabiatli biologik katalizatorlardir. “Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo`lib, u spirtli bijg`ish uchun qo`llanilgan edi. Dastlabki davrda ferment so`zi faqat achish jarayoni bilan bog`liq holda qabul qilinib, achitqilarning o`zi achish fermenti deb qaralgan hamda ularning ta’siri tirik organizm bilan bog`liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan tashqarida ta’sir etadigan biokatalizator, ya’ni tashkil topmagan fermentlar 1878 yilda Kyune tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – “achitqi ichida” degan ma’noni bildiradi) nomi bilan yuritila boshlandi. 1897 yili Byuxner tomonidan hujayradan glyukozani tirik achitqilar singari etil spirt va karbonat angidridga parchalaydigan erkin achitqi ekstrakti olindi hamda ferment va enzim nomlari orasidagi farq yo`qoldi. Hozirgi vaqtda ferment va enzim so`zlari to`la sinonim bo`lib, bir ma’noda qo`llaniladi hamda adabiyotlarda har ikkala atamadan deyarli teng foydalaniladi. Oqsillar struktura tuzilishining barcha xususiyatlari fermentlar uchun ham tegishlidir. Ular ham 4 ta tuzilish darajasiga ega: birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to`rtlamchi. To`rtlamchi strukturaga ega fermentlar protomer (subbirliklar) dan tuzilgan. Barcha oqsillar singari fermentlar ham oddiy (protein-ferment) va murakkab (proteid-ferment) ga bo`linadi. Murakkab fermentlar apoferment – oqsil qismi va oqsil bo`lmagan qism – kofaktorlardan iborat. Fermentlarning kofaktorlari bular – metall ionlari va kofermentlar(organik birikmalar)dir. Apoferment va kofaktorlar alohida bo`lganda katalizator sifatida faollikka ega bo`lmaydi. Apoferment va kofaktor alohida faol emasdir, ularning birikishi faol fermentni hosil qiladi va uni xoloferment deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalardir, ko`pchilik moddalar qizitilganda faolligini yo`qotadi. Fermentning faol markazi deb oqsil ferment molekulasining substrat bilan birikishini, uning ximiyaviy o`zgarishini ta’minlaydigan qismlariga aytiladi. Bunday ma’lum bir vazifani bajaradigan bir qator qismlar oddiy va murakkab fermentlarning uchlamchi strukturasida bo`ladi. Murakkab fermentlarning faol markazi tarkibiga kofaktorlar kiradi. To`rtlamchi strukturaga ega oligomer fermentlarda faol markazlar soni subbirliklar soniga teng bo`lishi mumkin. Faol markaz ko`pincha ferment molekulasining yuzasida botiq yoki tirqish ko`rinishidagi qismidir. Shakli bo`yicha faol markaz uning ichiga kiradigan substrat molekulasiga komplementar - mos keladi. Faol markaz fermentning spesifikligini va katalitik faolligini ta’minlaydigan, fazoda ma’lum ravishda orientasiyalangan bir qator funksional guruhlardan iborat. Ular orasida substratga yaqinlikni, ya’ni spesifik bog`lanishni ta’minlaydigan kontakt yoki aloqa qismi hamda substratni ximiyaviy o`zgarishini ta’minlaydigan katalitik faol markaz farq qilinadi. Odatda fermentning faol markazini polipeptid zanjirning 12-16 ta aminokislota qoldiqlari tashkil qiladi. Faol markazni tashkil etadigan aminokislotalar polipeptid zanjirning fazoviy taxlanishida ular yaqinlashib, faol markazni tashkil etadi. Bundan fermentativ faollik uchun polipeptid zanjir qolgan qismining zarurligi yo`q, degan xulosani chiqarish kerak emas, chunki molekulaning boshqa qismlari faol markazning fazoda uch o`lchovli konfigurasiyasini belgilab, guruhlarning reaktsiya qobiliyatini ta’minlaydi. Oddiy fermentlarda faol markazning aloqa va katalitik qismlarining funksional guruhlari vazifasini aminokislotalarning faqat yon radikallari bajaradi. Murakkab fermentlarda esa bu jarayonlardagi asosiy vazifani kofaktorlar bajaradi. Fermentlarni struktur tuzilishi. Fermentlar оqsil tabiatli mоddalar bo’lganligi uchun ularga оqsil qurilishidagi 1-chi, 2-chi, 3-chi, 4-chi qurilish darajalari ham хоs. Funktsiоnal оqsillarga o’хshash fermentlar ham оddiy (prоtein– ferment) va murakkab (prоteid – ferment) larga bo’linadi. 

Murakkab fermentlarning оqsil qismi – apоferment, оqsil bo’lmagan qismi kоfaktоr deyiladi. Kofaktorlar termostabil moddalardir, ko’pchilik fermentlar qizdirilganda faolligini yo’qotadi. Fermentlarning kоfaktоr vazifasini metall iоnlari va kоfermentlar bajaradi. Apоferment va kоfaktоr bir biridan ajralgan hоlda katalizatоr sifatida faol emas. Ularning birlashishi fermentning faоl mоlekulasini yuzaga keltirib, хоlоferment deb ataladi. 

Fermentlarni funktsiоnal tuzilishi. Оddiy va murakkab fermentlar strukturasida ma’lum bir funktsiyani bajaradigan qatоr qismlari bоrligi aniqlangan. 


Download 62.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling