Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nayza
- Kross
- Yengil atletika
Yakuniy bayonnoma – sportchilarning yengil atletika musobaqalari
bo‘yicha egallagan o‘rni, eng yaxshi natijalari qayd qilingan hujjat hisoblanadi. 603 Kvalifikatsion musobaqa – final musobaqasida ishtirok etish uchun eng yaxshi sportchilarni saralab olishda uloqtirish va sakrash yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqa turi hisoblanadi. Nayza – yengil atletika sport turida uloqtirish anjomi bo‘lib, uchta asosiy qismdan tashkil topgan: jumladan, dasta, metaldan yasalgan uchlik va o‘rama qismi. Dasta qismi butun yoki ichi bo‘sh holatda ishlangan bo‘lib, metaldan yasaladi va metal uchlikka mahkamlanadi, metal uchlik o‘tkir oxirgi qism bilan tugallanadi. Nayzaning og‘irligi 600, 700, 800 gramm, uzunligi ayollar uchun 2,20–2,37, erkaklar uchun 2,60 – 2,70 metrni tashkil qiladi (sportchilarning jinsi va yoshi- ga bog‘liq holatda). Kross – kesishuvchi joy bo‘ylab o‘rta va uzoq masofaga yugurish hisoblanadi. Bu sport turi Olimpia o‘yinlari turi sifatida qayd qilin ma- gan. Krossovka – chigil yozdi yugurish mashqlari va kross masoba- qalarda yugurish maqsadlarida mo‘ljallangan, maxsus yengil atletika sport oyoq kiyimi hisoblanadi. Yengil atletika – yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ushbu sport turlari umumiyligi ko‘rinishidagi ko‘pkurash bellashuvlaridan tashkil topgan mashqlar hisoblanadi. Yengil atletika uloqtirish mashqlari – sporchining vazifasi sport anjomini (snaryad) iloji boricha maksimal uzunlik masofasiga uloqtirishdan tashkil topgan, bunda albatta, uloqtirishning ma’lum bir aniq turi bo‘yicha belgilangan texnika tartib va qoidalariga amal qilinishi talab etiluvchi, guruh holida bajariluvchi yengil atletika turi hisoblanadi. Yengil atletika uloqtirish mashqlari 4 ta turni o‘z ichiga oladi: jumladan, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, bosqon uloqtirish va yadro itqirish. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling