Yengil atletika va uni


Yengil atletikaning Olimpia turlari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Yengil atletikaning Olimpia turlari – Olimpia o‘yinlari tarkibiga 
kiritilgan yengil atletikaning turlari hozirgi kunda 47 ta turni tashkil 
qilib, ulardan 24 tasi erkaklar va 23 tasi ayollar uchun mo‘ljallangan. 
Faqatgina 50 km ga yurish yengil atletikada sof holatda erkaklar uchun 
mo‘ljallangan sport turi sifatida qolgan.
O‘tish davri  yengil atletikachining umumiy-yillik tayyorgarligi 
tarkibida mashg‘ulotlar davri sifatida o‘rin tutib, musobaqalar 
davridan keyin tayyorgarlik davri oldidan 2 – 4 haftalik davomiylikdagi 
davr sifatida rejalashtiriladi. O‘tish davrining asosiy vazifasi – bu 
faol holatda dam olish, jismoniy va ma’naviy kuchni qayta tiklash
musobaqa faoliyatidan keyin jarohatlarni davolash va profilaktika 
maqsadlarini ko‘zda tutadi. 


606
Planka – vertikal holatdagi yengil atletika sakrash turida maxsus 
moslama bo‘lib, shishatoladan (fiberglass) tayyorlanadi yoki boshqa 
ushbu maqsad uchun yaroqli materiallardan ishlanishi mumkin, 
biroq metaldan yasalmaydi, planka ma’lum bir aniqlikdagi ustunga 
o‘rnatiladi. Balandlikkaa sakrashda plankaning umumiy o‘rnatilish 
balandligi 4 metrni tashkil qiladi, langarcho‘p bilan sakrashda esa 
uning o‘rnatilish balandligi 4,5 metrni tashkil qiladi. Plankaning 
dumaloq shakldagi qismining diametr o‘lchami 30 mm ni tashkil 
qiladi.
Tayyorgarlik davri – yengil atletikachining-yillik tayyorgarlik 
davrida mashg‘ulotlar sikli bo‘lib, 3 – 4 ta bosqichdan (makrosikllar) 
tashkil topadi va sporchida maxsus jismoniy sifatlar rivojlantirilishi va 
uning sport formasiga kirishiga yo‘naltiriladi. 
Psihologik tayyorgarlik – yengil atletikachining sport tayyor-
garligining bitta jihati bo‘lib, sportchida ma’naviy – azloqiy – iroda 
sifatlarining rivojlantirilishiga yo‘naltiriladi, shuningdek, uning 
muvozanatlashgan holatda bo‘lishni o‘zlashtirishi, sport janglarini 
sovuqqonlik bilan o‘tkazishi, o‘quv – mashg‘ulotlar va musobaqa 
faoliyatida qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga qaratiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling