607
Dastur turi bo‘yicha Referi (katta hakam) – yengil atletika
guruhi turlarida musobaqani o‘tkazish uchun ma’sul bo‘lgan
hakam
bo‘lib, ushbu sport turida hakamlar guruhini (yugurish turlari bo‘yicha
referi, sakrash bo‘yicha referi, uloqtirish bo‘yicha referi va hokazo)
boshqaradi.
Dasturlar turlari bo‘yicha kotib – yengil atletikaning alohida
turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalarni
tayyorlash va
yuritish, musobaqaning navbatdagi bosqichiga chiqish
uchun eng yaxshi sportchilarni aniqlash, ushbu tur bo‘yicha
musobaqa
yakunlarini chiqarish uchun javobgar bo‘lgan hakam hisoblanadi.
Musobaqa davri – yengil atletikachining mashg‘ulotlar davri
bo‘lib, 3 – 4 haftadan 2 – 3 oygacha davomiylikda qayd qilinadi, uning
asosiy vazifasi – sportchining sport formasini ro‘yobga
oshirish va
maksimal qiymatdagi sport natijalariga erishishdan iborat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: