605
Mikrosikl – yengil atletikasining kichik mashg‘ulotlar
siklidan
tashkil topgan bo‘lib, tarkibi 5 – 10 ta mashg‘ulotlar mashqlaridan
iborat hisoblanadi. O‘z navbatida, mikrosiklni rejalashtirishda haftalik
oraliq davrdan foydalaniladi.
Yoshlik yosh davri (yoshlik) – yengil atletikada bu yosh
davri
sportchilarning 20 – 22 yoshi bilan belgilanadi (musobaqani o‘tkazish-
yilining 31 – dekabr sanasi bo‘yicha hisoblaniladi).
Ko‘pkurash –
sportchilarning bir nechta sport turlari (zamonaviy
beshkurash, triatlon, poliatlon va hakozo) bo‘yicha bellashuvlari
amalga oshiriluvchi musobaqa hisoblanadi.
Ko‘pkurashchi – yengil atletikada ko‘pkurash bellashuvlarida
ishtirok etuvchi yengil atletikachi sportchi hisoblanadi.
Quyi start – spriterlik yoki g‘ovlar osha
yugurish masofalarida
yugurishni boshlash usuli hisoblanib, bunda sportchining to‘rtta
tayanch nuqtasiga ega bo‘lishi (ikkala oyoq va ikkala qo‘l bilan
yerga tegib turish holati) va «Startga», «Diqqat», «Qadam bos»
ko‘rinishidagi buyruqlardan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) – yengil atletikachining
sport tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib,
sportchining har tomonlama
va uyg‘un holatda rivojlanishiga qaratiladi: jumladan, organ
va organizm tizimlarining funksional imkoniyatlari oshirilishi,
koordinatsion qobiliyatlarning yaxshilanishi, kuch,
tezkorlik,
chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikning yaxshilanishi nazarda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: