612
barcha mavjud mashg‘ulotlar usullari va vositalari imkoniyatlaridan
foydalanish orqali, shuningdek, sportchilarning yakka
tartibdagi
(individual) xususiyatlarini hisobga olgan holatda, yengil atletikaning
1 ta turi bo‘yicha chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirishdan tashkil
topadi, bundan tashqari tanlangan yengil atletika sport turi bo‘yicha
halqaro sinfdagi sport ustasi darajasidagi natijalarga erishish, xalqaro
miqyosdagi musobaqalarda mamlakat terma jamoasi
tarkibida
ishtirok etishga erishish maqsadi belgilanadi. Bu bosqichda mashq
qiluvchilarning yoshi 19 yosh va undan katta hisoblanadi.
Sportda ko‘p-yillik bosqich – yengil atletikada sportchilarning
ko‘p-yillik tayyorgarligi bosqichi bo‘lib, uning o‘ziga xos
farqlanuvchi
jihati – yuksak sport formasini ushlab turish va uzoq vaqt davomiyligida
chiqishlarda yuksak sport natijalariga erishishdan tashkil topadi.
O‘z
navbatida, bu bosqich sportchilarda 28 – 30 yoshdan boshlanib,
ularning sport yo‘nalishidagi faoliyatlari (karyera)
yakunlanishi bilan
tugallanadi.
Yoshlar yosh davri (yuniorlar) – yengil atletikada bu yosh davri
18 – 19 yoshni tashkil qiladi (musobaqa-yilining 31 –
dekabr sanasi
holati bo‘yicha hisobga olinadi).
O‘smirlik yosh davri (yigit va qizlar) – yengil atletikada bu yosh
davri 16 – 17 yoshni tashkil qiladi (musobaqa-yilining 31 – dekabr
sanasi holati bo‘yicha hisobga olinadi).
Soqqa (yadro) – og‘irligi 3, 4, 5, 6, 7,257 (±5g) kg ni tashkil
qiluvchi (sporchilarning yoshi va jinsiga bog‘liq holatda)
sharsimon
shakldagi, metal materialdan tayyorlanuvchi, yengil atletika uloqtirish
turida foydalaniluvchi sport snaryadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: