Spriterlik yugurish fazalari – yugurishning boshlanishi (start),
start yugurishi, masofa bo‘ylab yugurish, marrani kesib o‘tishdan
tash kil topadi.
Falstart – yengil atletika turlarida belgilangan qoidalarning buzi-
lishi bo‘lib, bunda startni bajarishda buzilish (start berilmasdan
yugurishni boshlash), startyor buyrug‘idan oldin yoki start reaksiyasi
ko‘rsatilmasdan oldin sportchining 0,1 sekunddan kam bo‘lgan vaqt
davomida harakatni boshlashi (sprinterlik va to‘siqlar osha yugurishda)
kabilar ko‘rsatib o‘tiladi.
Marra – yengil atletikaning ma’lum bir aniq turida g‘olibning
aniqlanishi bo‘yicha musobaqa bosqichi hisoblanadi.
Marra yugurishi – yengil atletikaning yugurishga tegishli turlarida
boshlang‘ich yugurishsiz musobaqani amalga oshirish shaklidan
tashkil topadi. Musobaqani bu ko‘rinishda o‘tkazish shaklida
xohlagan yugurishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar yuqori
o‘rin egallashadi.
Marrani fototasvirga olish (Fotofinish) – yugurish musobaqa
turlarida sportchilarning marrani kesib o‘tishlari va vaqtini 1/1000
sekund darajasida aniqlikda qayd qilish imkonini beruvchi maxsus
qurilmalar hisoblanadi. Bayonnomaga sportchilar ko‘rsatgan 1/100
sekund darajasida butun songa, natijaning oshirilishi tomoniga butun
qiymatga keltirilgan natijalar qayd qilinadi (masalan, 10,113 sekund =
10,12 sekund).
Qadam tashlovchi (tez yuruvchi) – sportcha yurishda ishtirok
etuvchi yengil atletikachi hisoblanadi.
Yurish (qadam tashlash) – bitta yoki ikkita oyoq bilan doimiy
holatda yer bilan tegish holati mavjud bo‘lgan, odamning yurish
usulini ifodalaydi.
Tayoq – vertikal holatdagi yengil atletika sakrash turida shisha-
toladan (fiberglass) yoki boshqa materialdan tayyorlangan maxsus
moslamani ifodalaydi, bu moslama yordamida tayoq bilan sakrash
davomida planka balandligi zabt etiladi.
611
Do'stlaringiz bilan baham: |