Yengil atletika va uni


Tag charmi sohasi tishli oyoq kiyimi (shipovka)


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Tag charmi sohasi tishli oyoq kiyimi (shipovka) yugurish va 
sakrash uchun maxsus oyoq kiyimi bo‘lib, oyoq kiyimi tag charmi-
ning oldingi qismida maxsus tishchalari bo‘lishi bilan farqlanadi 
(balandlikka sakrashda bu tishchalar barmoqlar sohasida joylashtirilishi 
mumkin). 
Estafetali yugurish – yengil atletikaning jamoaviy turi bo‘lib, 
jamoaning har bir a’zosining alohida estafeta bosqichini bosib o‘tishi 
va estafeta tayoqchasini navbatdagi ishtirokchiga uzatishi bilan 
belgilanadi. Tayoqcha yo‘qotilganda uni faqat tushirib yuborgan 
sportchi qaytarib olishi talab qilinadi. 
Estafeta tayoqchasi – estafetali yugurish davomida sportchilarning 
bir – biriga bosqichdan – bosqichga o‘tishi davomida uzatishi belgi-
langan, usti silliq holatdagi, ichi bo‘sh quvur ko‘rinishida ishlangan 
predmet bo‘lib, aylana kesimi diametri 3 – 4 sm bo‘lgan yog‘och 
materialdan, metal yoki boshqa qattiq materialdan yasalishi mumkin. 
Tayoqchaning uzunligi 28 – 30 sm, og‘irligi esa – 50 gramni tashkil 
qilishi belgilanadi. 
Olimpiada estafetasi – Olimpia o‘yinlari dasturi tarkibiga kiritilgan 
estafeta turi bo‘lib, shuningdek, yengil atletika turining boshqa rasmiy 
musobaqalarida – jumladan, 4 × 100 metr va 4 × 400 metr masofalarga 
yugurish musobaqalarida qayd qilinuvchi sport turi hisoblanadi. 
«Shved» estafetasi – 800 + 400 + 200 + 100 metr, 400 + 300 
+ 200 + 100 metr va boshqa turli xil uzunlik masofalarida amalga 
oshiriluvchi estafeta turi hisoblanadi. 
Sport yo‘nalishida takomillashtirilish bosqichi (chuqurlash-
tirilgan ixtisolashtirilish)  yengil atletikada ko‘p-yillik tayyorgarlik 
bosqichi bo‘lib, uning asosiy maqsadi – yengil atletikaning 1 – 2 ta 
turi bo‘yicha chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirishdan tashkil topadi 
va bunda mashg‘ulotlar va vositalarning barcha umumiyliklaridan 
foydalaniladi, shuningdek, tanlangan yengil atletika sport turi bo‘yicha 
sport ustasi va sport ustaligiga nomzod darajasidagi natijalarga erishish 
amalga oshiriladi. Bu vaqtda mashq qiluvchilarning yoshi 15 – 19 
yoshni tashkil qiladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling