Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Texnik tayyorgarlik – yengil atletikachining umumiy va max-
sus jismoniy mashqlarni bajarishida yengil atletikachining sport 
tayyorgarligining bitta jihati bo‘lib, harakat ko‘nikmalari va malaka-
larining o‘zlashtirilishi, mustahkamlanishi va takomillash tirilishiga 
yo‘naltiriladi. 
Soqqani irg‘itish – yengil atletikada uloqtirish turlaridan biri 
bo‘lib, maxsus sport snaryadini – ya’ni, diametr o‘lchami 2,135 metrga 
teng bo‘lgan doira sohasida soqqani (yadro) «irg‘itish» ko‘rinishida 
(qo‘llarning irg‘itish ko‘rinishidagi siltanishi asosida) uloqtirilishidan 
tashkil topadi. 
Uch hatlab sakrash  gorizontal holatdagi yengil atlektika sakrash 
turi bo‘lib, quyidagi ketma – ketlikda uchta hatlab sakrash asosida 
uzunlik masofasini zabt etishga qaratiladi: jumladan, «sаpchish» 
(bitta oyoqda itarilib sakrash va o‘sha oyoqda yerga tushish), «qadam 
tashlash» (bitta oyoqda tiralib ko‘tarilish va boshqasida yerga tushish), 
«sakrash» (itarilib sakrash va handaqdagi qumga tushish) fazalaridan 
tashkil topadi. 
Yengil atletikada uloqtirish fazalari yengil atlektikada uloq-
tirishni amalga oshirish ketma – ketligidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z 
tarkibiga harakatlarning quyidagi tarkibiy qismlarini qamrab oladi: 
jumladan snaryadni tutib turish va tezlik olishga tayyorlanish; zarb 
olish (snaryadning tezlik olishi); marra holatidagi kuchlanish va 
tormozlanish; snaryadning qo‘yib yuborilishi va uchish. 
Yengil atletikada sakrash fazalari yengil atlektikada sakrash-
ning bajarilish ketma – ketligi bo‘lib, o‘z tarkibiga yugurish va itarilib 
sakrashga tayyorlanish (yugurishda harakatlarning boshlanishidan 
tiralish orqali itarilishda oyoqning tiralish sohasiga qo‘yilishigacha), 
tiralib itarilish (tiralish oyog‘ining tegishli joyga qo‘yilishi lahzasidan 
yerdan tiralib itarilish va uzilish lahzasigacha), uchish (tiralib itarilish 
oyog‘ining yerdan uzilishi lahzasidan yerga tushish sohasiga tegish 
lahzasigacha) va yerga tushish (yerga tushish sohasiga tegish lahzasidan 


610
tananing harakatlanishining to‘liq holatda tugallanishigacha) fazalarni 
qamrab oladi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling