Yengil atletika va uni


Yengil atletika ko‘pkurashi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Yengil atletika ko‘pkurashi – yengil atletika turlaridan (yugurish, 
sakrash va uloqtirish) tashkil topgan ko‘pkurash bahslari hisoblanadi. 
Olimpia dasturi tarkibida hozirgi kunda ko‘pkurashning ikkita turi 
qayd qilinadi: jumladan, erkaklar uchun o‘nkurash bahslari va ayollar 
uchun yettikurash bellashuvlari amalga oshiriladi. 


604
Yengil atletika sakrashi – sporchining vazifasi gorizonal tekislik 
bo‘ylab (gorizontal holatda sakrash – uzunlikka sakrash va uch 
hatlab sakrash) maksimal masofa asosidagi natijani zabt etishi bilan 
belgilanuvchi yoki maksimal balandlikka o‘rnatilgan plankani oshib 
o‘tish (vertikal sakrash – balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan
sakrash) bilan belgilanuvchi, guruh holidagi yengil atletika sport turi 
hisoblanadi.
Makrosikl – yengil atletikachining-yillik tayyorgarligi davomida 
yarim-yillik va-yillik mashg‘ulotlar siklidan tashkil topgan bo‘lib, tay-
yor garlik va musobaqa mashg‘ulotlari davrlaridan iborat hisob lanadi. 
Marafon – yengil atletikada eng uzoq masofaga yugurish 
hisoblanib, uzunlik masofasi 42 km 195 metrni tashkil qiladi. 
Marafonchi – marafon yugurish musobaqasida ishtirok etuvchi 
yengil atletikasi sportchi hisoblanadi.
Mezosikl (bosqich) – yengil atletikachining-yillik tayyorgarligi 
davomida 4 – 8 haftadan tashkil topgan (mikrosikllar) mashg‘ulotlar 
sikli bo‘lib, uning asosiy vazifasi – sportchilarda bitta yoki ikkita 
aralash holatdagi maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan tashkil 
topadi. 
Yerga tushish joyi – gorizontal holatdagi yengil atletika sakrash 
turida ichi qum bilan to‘ldirilgan handaq (qazilgan soha), vertikal 
holatda sakrashda esa – maxsus parolondan tayyorlangan gilam (mat) 
hisoblanadi. 
Uloqtirish – xohlagan predmetni ma’lum bir aniq masofaga 
uloqtirish maqsadiga qaratilgan, odamning harakatlaridan tashkil 
topadi (bunda uloqtirish nishon tomonga yoki masofa uzunligi bo‘ylab 
amalga oshiriladi).

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling