XALQARO SPORT HARAKATINING RIVOJLANISHI VA XALQARO OLIMPIA QO'MITASINING TASHKIL TOPISHI
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………
I.BOB. Xalqaro sport, olimpiya harakati uning huquqiy asoslari ……………
Xalqaro olimpia harakati va xozirgi zamon sport turlari va uning rivojlanish bosqichlari………………………………………………………………...................
Olimpia sport turlarining shakllanishi va rivojlanishi………………………..
II.BOB. O`zbekiston respublikasi milliy olimpiya qo’mitasi (moq) uning faoliyat samadorligi………………………………………………………….........
2.1. MOQ va Olimpia sport turlarini rivojlanish muammolarini amaliyotdagi holati…………………………………………………………………………………
2.2. Mustaqillik yillarida respublika milliy olimpia qo`mitasi faoliyati xronologiyasi………………………………………………………………………...
Umumiy xulosa …………………………..………………………………………...
Adabiyotlar ro`yxati ……………………………………………………………….
Kirish
Mustaqillikning qo`lga kiritilishi uning shonli tarixiga zarhal harflar bilan bitilish bilan birga uning bugungi qiyofasini yanada boyitdi. Rivojlangan mamlakatlarning yurtimizni mustaqil mamlakat sifatida tan olishi jahon miqyosida uning obro`-e`tiborini yanada oshirdi. Siyosat, iqtisod, fan, ta`lim, madaniyat va sport sohasida biz dunyoni tanidik, dunyo esa bizni... Tariximiz, milliy-ma`naviy merosimiz, dinimiz, qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Madhiyamiz xalqaro maydonlarda yangrab, obro`yimiz, sha`nimiz sanalmish bayrog’imiz nufuzli doiralarda hilpiray boshladi.
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarini sarhisob etish bilan uning ichki va tashqi salohiyatiga baho bersa bo`ladi. Mustaqil o`zbek zaminining har bir sohada qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlari zamirida Vatanning turli sarhadlarida istiqomat qilayotgan insonlarning mehnatlari, fidoiyligi, boy va yuksak intellektual bilimi, jismoniy qobiliyatlari mujassamdir. Shu ma`noda mamlakatimizning birgina sport sohasida erishgan muvaffaqiyatlari olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikni qo`lga kiritgan dastlabki kunlarimizdanoq mamlakatimiz Prezidenti sog’lom avlodni voyaga etkazish ishiga o`z e`tiborini qaratdi. 1992 yilning 14 yanvarida “Jismoniy tarbiya va sport” to`g’risida” (1992, 2000, 2015) gi O`zbekiston respublikasi Qonunining qabul qilinishi bu boradagi dastlabki qadamlardan deyish mumkin. O`sha yilning 21 yanvarida O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi tashkil etildi va 1993 yil sentyabr’ oyida o`tkazilgan Xalqaro Olimpiya qo`mitasining 101-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi ushbu nufuzli tashkilotning teng huquqli a`zosiga aylandi. O`zbek sportchilari Olimpiya o`yinlarida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar eshigi ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |