Xalqaro sport harakatining rivojlanishi va xalqaro olimpia qo'mitasining tashkil topishi mundarija kirish


Mustaqillik yillarida respublika milliy olimpia qo`mitasi faoliyati xronologiyasi


Download 127.03 Kb.
bet8/9
Sana13.02.2023
Hajmi127.03 Kb.
#1194368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
XALQARO SPORT HARAKATINING RIVOJLANISHI VA XALQARO OLIMPIA QO\'MITASINING - для слияния

2.2. Mustaqillik yillarida respublika milliy olimpia qo`mitasi faoliyati xronologiyasi.
Ma'lumki, yosh nihol parvarishsiz ko'kka bo'y cho'za olmaganidek, sportchi ham murabbiysiz, uning zarur ko'rsatmalarisiz yuqori natijaga erisha olmaydi. Shu ma'noda yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylarning bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida o'tgan davr mobaynida o'ndan ziyod xalqaro o'quv va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilinganligini ta'kidlash joiz. Mazkur seminarlarga Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar jalb etilib, ular Xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlarining eng yetuk mutaxassislari boshchiligida nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladilar. 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan yuksak maqsadimiz jismoniy va ma'naviy yetuk, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan avlodni voyaga yetkazish yo'lida sport eng muhim va samarali vositaga aylangan. Zero, tinchlik elchisi deya ta'rif berilgan sport salomatlik, barkamollik, go'zallik, qat'iyat, mardlik, g'urur va iftixor kabi tushuncha va fazilatlar omili sifatida ham e'tirof etilgan. O'tgan davr mobaynida ezgu maqsadga erishish, farzandlarimizning o'z aql-zakovati va iste'dodini to'la namoyon etishi, ularni bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchiga aylantirish yo'lida zalvorli ishlar amalga oshirildi. 
O'zbekiston ommaviy sportni rivojlantirish orqali xalqimiz salomatligini mustahkamlash va xalqaro maydonlarda Vatanimiz sha'nini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalash yo'lidan bormoqda. Ommaviy sport taraqqiyotida ta'lim sohasidagi uch bosqichli uzluksiz sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu bellashuvlar orqali farzandlarimiz irodali, hayot sinovlariga bardoshli, vatanparvar, jismonan yetuk insonlar bo'lib voyaga yetmoqda. Mamlakatimiz o'quvchi va talaba yoshlarini qamrab olgan mazkur sport anjumanlarida ishtirok etayotgan yoshlarimiz orasidan ko'plab mahoratli sportchilar yetishib chiqmoqda. Olimpiada va Osiyo o'yinlari, jahon va qit'a chempionatlarida sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritayotgan vakillarimiz safida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiadalarda kashf qilingan sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi. 
Ma'lumki, 2015 yilgi sport mavsumi mamlakatimiz olimpiyachilari uchun yanada mas'uliyatli musobaqalarga boy bo'ldi. O'z oldiga hamisha yuqori maqsadlarni qo'yadigan hamyurtlarimiz sportning qator turlarida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o'yinlarining yo'llanmalari uchun bahslarda ishtirok etdilar.
E'tiborlisi, mazkur musobaqalarda Vatanmiz sharafini himoya qilgan sportchilarimiz Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e'tibor va g'amxo'rliklarga munosib bo'lishga, yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlash yo'lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar qildilar. 
Buning samarasi o'laroq, mamlakatimiz sportchilari bugungi kunga qadar o'tkazilgan litsenzion musobaqalarda “Rio-2016” o'yinlariga jami 51 ta yo'llanmani (shundan 24tasi paralimpiyachilarimizga tegishli) naqd qilib qo'ydilar. 
Jumladan, bugungi kunga kelib yengil atletika sport turida – 8 ta, boks, og'ir atletika hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlarida – 5 tadan, suzish, taekvondo, erkin va yunon-rim kurashlarida – 1 tadan yo'llanmaga egamiz. Bundan tashqari mamlakatimiz paralimpiyachilari yengil atletika sport turida – 10 ta, dzyudo sport turida – 8 ta, suzish sport turida – 4 ta, o'q otish hamda pauerlifting sport turlarida – 1 tadan yo'llanmani naqd qilib qo'yganlar. 
Agarda 2011 yil yakunlariga kelib mamlakatimiz sportchilari tomonidan “London-2012” Olimpiada o'yinlariga 23 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 6 ta yo'llanmaga ega bo'lganligimizni inobatga oladigan bo'lsak, Olimpiada va Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritish borasida ham sezilarli darajada o'sishga erishilganligi yaqqol namoyon bo'ladi. 
Yana bir jihat. 2015 yilgi litsenzion musobaqalarda yo'llanmalar asosan Jahon chempionatlarida o'ynalganligini inobatga olsak, mardonavor sportchilarimiz erishgan natijalari nechoqlik yuqori ekanligidan dalolat beradi. 
2016 yilgi sport mavsumi ham mas'uliyatli musobaqalarga boy bo'ladi. Umid qilamizki, mazkur musobaqalarda ham yurtdoshlarimiz O'zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo'lmasligini amalda yana bir bora isbotlaydilar. 
Fursatdan foydalanib mamlakatimizning barcha sport jamoatchiligini, sportchi va murabbiylarini, shuningdek, yurtimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish borasida yaqindan ko'mak berayotgan hamkorlar va homiy tashkilotlarni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashkil topgan kun bilan samimiy muborakbod etamiz.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi 1993 yil sentyabr’ oyida Xalqaro olimpiya qo`mitasi tomonidan rasman tan olingach, yurtimiz sportchilari mustaqil O`zbekiston nomidan to`rt yillikning eng nufuzli musobaqasi qishki va yozgi Olimpiada o`yinlarida ishtirok etish huquqiga ega bo`ldilar.
Qayd etilishicha, o`tgan davr mobaynida Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirildiki, bu o`z navbatida xalqaro sport tashkilotlari tomonidan yuksak e`tirofga sazovor bo`lmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xalqaro olimpiya qo`mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, Milliy olimpiya qo`mitalari assotsiatsiyasining oliy nishonlari bilan taqdirlanishi ham yuqoridagi fikrimiz tasdig’idir. Bugungi kunda ushbu mukofotlar Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shon-shuhrati muzeyining eng noyob eksponatlari qatoridan o`rin egallagan.
«Mustaqillik yillarida 5 bor (1996 yil Atlanta (AQSH), 2000 yil Sidney (Avstraliya), 2004 yil Afina (Gretsiya), 2008 yil Pekin (Xitoy) va 2012 yil London (B.Britaniya) shaharlarida bo`lib o`tgan) yozgi va 6 marotaba (1994 yil Lillixammer (Norvegiya), 1998 yil Nagano (YAponiya), 2002 yil Solt-Leyk-Siti (AQSH), 2006 yil Turin (Italiya), 2010 yil Vankuver (Kanada), 2014 yili Sochi (Rossiya) shaharlarida o`tkazilgan) qishki Olimpiya o`yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilgan mardonavor sportchilarimiz jami 6 ta oltin, 5 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo`lib, Prezidentimiz ta`rifi bilan aytganda, Istiqlol timsollariga aylandilar», − deyiladi xabarda.
SHu o`rinda ta`kidlash joizki, so`nggi ikki yilda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi hayotida tub burilish yili bo`ldi. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevralda «O`zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o`yinlariga munosib tayyorlash to`g’risida»gi qarori qabul qilinib, mamlakatimiz sportchilarini to`rt yillikning navbatdagi eng yirik sport musobaqalariga har tomonlama puxta hozirlik ko`rishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu qarorni hayotga tadbiq etilishi xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarimiz salmog’ini yanada yuksalishida asosiy omil bo`lmoqda. Buning yorqin isboti sifatida sportchilarimiz tomonidan 2013−2014 yillarda dunyo sport arenalarida erishgan muvaffaqiyatlarini ko`rsatib o`tish joiz. Mazkur yirik musobaqalarda O`zbekiston sportchilari hech kimdan kam emasliklari va hech qachon kam bo`lmasliklarini amalda yana bir bora isbotladilar.
«Davlatimiz rahbarining mazkur qarori o`z ahamiyati va unda belgilab berilgan vazifalarning ko`lamiga ko`ra xalqaro sport maydonlarida qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarimiz salmog’ini yanada yuksaltirish hamda mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi, – deydi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Mirabror Usmanov. – Sportchilarimizni to`rt yillikning navbatdagi yirik sport anjumaniga munosib hozirlik ko`rishlarida dasturilamal bo`layotgan ushbu hujjat YUrtboshimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport ravnaqi yo`lida hamda sportchilarga ko`rsatilayotgan doimiy e`tibor va g’amxo`rlikning yana bir amaliy ifodasidir».
Qaror ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o`yinlariga munosib tayyorgarlik ko`rishini tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha Respublika komissiyasining 7 bor selektor yig’ilishi o`tkazildi. O`tgan davr mobaynida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining faoliyatini zamon talablari asosida yo`lga qo`yilishi natijasida uning tashkiliy tuzilmasiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Xususan, yangi boshqarma va bo`limlar, matbuot xizmati, shuningdek, mamlakatimizda olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va olimpiya sport turlarini yanada takomillashtirish maqsadida qo`mitaning Toshkent shahar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarida hududiy vakillarning faoliyati yo`lga qo`yildi.
Qaror ijrosi doirasida 2013 yil 2 aprelda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi huzuridagi O`zbekiston olimpiadachilarini qo`llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to`g’risida» qarori qabul qilindi. Mazkur jamg’arma mablag’lari Respublika sport federatsiyalarining moddiy-texnik bazalarini yanada mustahkamlashga yo`naltirilmoqda. SHu bilan birga, Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo`yicha O`zbekiston sportchi va murabbiylariga stipendiya to`lash tartibi to`g’risidagi nizom tasdiqlanib, xalqaro sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan sportchi va murabbiylar har oyda qo`shimcha tarzda beriladigan stipendiyalar bilan rag’batlantirib borilmoqda. Bundan tashqari jamg’arma mablag’lari hisobiga sportimiz faxriylari, shuningdek, yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan terma jamoalarning maslahatchi murabbiylariga ham oylik maoshlar ushbu jamg’arma mablag’lari hisobidan qoplanmoqda.
Bugungi kunda Toshkent markazida qad rostlayotgan O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining yangi binosida so`nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu binoda O`zbekiston sportchilarini tibbiy-biologik xizmat va sport-psixologiyasi bilan ta`minlash bo`yicha ixtisoslashtirilan markaz tashkil etiladi. Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo`yicha terma jamoa a`zolari ana shu markazda tibbiy ko`rikdan o``tadilar. Markazda nafaqat mamlakatimiz va xorijdan taklif etilgan etakchi shifokorlar faoliyat olib boradilar. Bu erda eng so`nggi tibbiy uskunalar o`rnatiladi. Ayni paytda o`zimizda mavjud bo`lmagan zarur tibbiy anjomlarning aksar qismi mamlakatimizga olib kelindi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining o`tgan qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlaridan yana biri Xalqaro olimpiya qo`mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, Milliy olimpiya qo`mitalari assotsiatsiyasi va qator xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlari bilan o`zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqanligi bo`ldi. Birgina 2013−2014 yillarda mamlakatimizga Osiyo olimpiya kengashi prezidenti SHayx Ahmad al-Fahd al-Saboh, Osiyo Paralimpiya qo`mitasining o`sha paytdagi rahbari Dato Abu Zaynal Abu Zarin, Xalqaro og’ir atletika federatsiyasi prezidenti Tomash Ayan, Xalqaro sport kurashlari uyushmasi prezidenti Nenad Lalovich, Xalqaro boks federatsiyasi prezidenti Ching Ku Vu, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmanov hamda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Frederix Petrushka, Butunjahon muaytay kengashi rahbari CHetta Tanajaro, Osiyo taekvondo ittifoqi prezidenti Kyu Sok Li, Xalqaro engil atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Sergey Bubka, Xalqaro gimnastika federatsiyasi rais o`rinbosari Irina Vinner, Singapur akademik eshkak eshish assotsiatsiyasi prezidenti Nikolas Ee, Osiyo-Tinch okeani teleradio eshittiruvchilar uyushmasi Bosh kotibi Javad Mottagi, Jahon dopingga qarshi kurash agentligining Osiyo-Okeaniya mintaqasi bo`yicha rahbari Kazuxiro Xayashi va Markaziy Osiyo davlatlari bo`yicha dopingga qarshi kurash tashkiloti raisi Maira Bakasheva kabi qator xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari yurtimizga tashrif buyurib, O`zbekistonda olimpiya xarakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlarga yuqori baho berdilar.
2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilgan XVII yozgi Osiyo o`yinlari arafasida Osiyo olimpiya kengashining 33-Assambleyasi bo`lib o`tdi va ushbu yig’ilishda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining raisi Mirabror Usmanovga Osiyo olimpiya kengashining eng yuksak mukofotini tantanali suratda topshirilishi ham O`zbekistonda olimpiya xarakatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga, hamyurtlarimizning Osiyo qit`asida sport sohasini yanada yuksalishiga qo`shayotgan hissalariga berilgan munosib baho bo`ldi.
O`zbekistonda faoliyat ko`rsatayotgan murabbiylarning bilim va ko`nikmalarini oshirish maqsadida o`tgan ikki yilda jami 11 ta xalqaro o`quv va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil qilinganligini ta`kidlash joiz. Mazkur seminarlarga Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat ko`rsatayotgan murabbiylar jalb etilib, ular Xalqaro sport federatsiyalari hamda tashkilotlarining eng etuk mutaxassislari boshchiligida nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladilar.
Ma`lumki, 2015 yilgi sport mavsumi mamlakatimiz olimpiyachilari uchun yanada mas`uliyatli musobaqalarga boy bo`ladi. O`z oldiga hamisha yuqori maqsadlarni qo`yadigan hamyurtlarimiz sportning qator turlarida 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmalari uchun bahslarda ishtirok etadilar.
Respublika ning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib bo­rayotgan o`zaro munosabatlari va aloqalarida birinchi Prezident I.A.Karimovning hissasi g’oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qO`mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning ikki marotaba yurtimizga tashrifi, (1994—1995), Arab mamlakatlari, Osiyo O`yinlari Kengashi- ning Prezidenti va YUnesko kabi xalqaro nufiizdagi tashkilot- larning rahbarlari, mas`ul xodimlari O`zbekistonga kelishlari muhim voqealar bO`ldi. SHular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari O`z ifodasini topdi. O`tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, SHvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda kO`p Evropa, Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit`alaridagi mamlakatlar- ning rasmiy kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ket- ishdi. Mazkuf muzey respublika sportini targ’ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qO`mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda kO`p mamlakat- larning MOQ huzurida bO`lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O`zbek kurashini O`rganish va O`rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublika si, Avstraliya, Afrika, Amerika va Evropa qit`alariga borib kelishmoqda. O`z navbatida barcha qit`alarning rasmiy vakillari O`zbekistonda bO`lib, kurash va boshqa sport turlari bO`yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, O`ltoqlik uchrashuvlar va boshqa muso- baqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
Xuslosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g’oyalarini aholi O`rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tay­yorlashda muhim voqea bO`ldi.
O`zbekiston Respublika si mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib O`rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. O`zbekiston Respublika si Prezidenti «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat» shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xO`jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alo­hida e`tibor berildi.
O`zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami- yatlariga a`zo bO`lgan emas. SHarq va g’arb mamlakatlari bi­lan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bO`lsa-da, u ham faqat shO`rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida O`tkazilgan.


Xulosa
Xulosa shundan iboratki, O`zbekistonda sovetlar mustam- lakachihgidan ozod etilganligini 1991-yil 1-sentyabrdan buyon har yili tantanali ravishda bayram qilib kelinmoqda.
Mamlakatimizning istiqloli va istiqboli «O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»da (1992-yil 8-dekabr) batafsil ifoda etildi.
Respublikada jismoniy madaniyat harakatini yangi yo`lga qo`yish, sport tashkilotlarining xalqaro aloqalarini O`matish hamda Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon miqyosidagi barcha sport musobaqalarida vakillarimizning ishtiroki va g’alabasini ta`minlash yo`llari eng muhim vazifa qilib qO`yildi. Bunday Ulug’vor va keng qamrovli murakkab muammolarni hal etish maqsadida 1992-yil 14-yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida» qonun qabul qilindi, keyinchalik u qayta ishlab chiqilib, yangi tahriida yana (2000-yil) qabul qilindi.
Respublikamiz olimpiadachilari imkoniyat darajasida yurtimiz shon-shuhratini baland kO`tarib kelmoqda. Xalqaro sport aloqalarni mustahkamlash va sportchilarning xalqaro sport maydonlarida ishtirok etishlarini ta`minlash uchun nufuzli va nodavlat maqomiga ega bO`lgan Milliy Olimpiya qO`mitasi (MOQ) 1992-yilda ta`sis etildi. Bunday faoliyatlarni tO`la amalga oshirish yo`lida O`zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari (1993, 1996, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003-yil va hokazo) qabul qilindi. Bunda «O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tO`g’risida»gi qarori (1999-yil 27- may) mazmun va mohiyat jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lishi bilan bir qatorda kelajakda buyuk burilishlar yasash, yoshlarni ma`naviy va jismoniy barkamollikka erishtirish, ahohning salomatligini doimiy ravishda muhofaza qilish yo`lida eng zamr omil bO`lib xizmat qilmoqda.
Xalqaro Olimpiya qo`mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning ikki marotaba yurtimizga tashrifi, (1994—1995), Arab mamlakatlari, Osiyo O`yinlari Kengashi- ning Prezidenti va YUNESKO kabi xalqaro nufiizdagi tashkilot- larning rahbarlari, mas`ul xodimlari O`zbekistonga kelishlari muhim voqealar bO`ldi. SHular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari O`z ifodasini topdi. O`tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, SHvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko`p Evropa,Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit`alaridagi mamlakatlar- ning rasmiy kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ket- ishdi. Mazkuf muzey respublika sportini targ’ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qO`mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda ko`p mamlakat- larning MOQ huzurida bO`lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, o`zbek kurashini o`rganish va o`rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublika si, Avstraliya, Afrika, Amerika va Evropa qit`alariga borib kelishmoqda. O`z navbatida barcha qit`alarning rasmiy vakillari O`zbekistonda bo`lib, kurash va boshqa sport turlari bo`yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, O`ltoqlik uchrashuvlar va boshqa muso- baqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
Xuslosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g’oyalarini aholi O`rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tay­yorlashda muhim voqea bo`ldi.
Respublika sportchilarining Markaziy Osiyo, Osiyo O`yinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki
Mustaqillik tufayli respublika sportchilari dastlabki yillar- dan boshlaboq xalqaro miqyosdagi rasmiy hamda nufuzli sport musobaqalarida faol ishtirok etish, yuksak g’alabalarni qO`lga kiritishga musharraf bO`lishdi.



Download 127.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling