Mavzuning dolzarbligi: Hech bir narsa mamlakatni sport kabi dunyoga mashhur qila olmaydi. Sport qadimdan to hozirgi kunga qadar insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Jahon mamlakatlari qatori yurtimizda ham sport rivojlanib bormoqda. Respublikamizda sport umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga aholi- ning barcha qatlamlarini va yoshlar guruhini qamrab olgan. Mamlakatda 60 dan ziyod sport turi ommalashgan, ulardan 30 turi olimpiada o`yinlari dasturiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to`g’risida”, “O`quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to`g’risida”, “Ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish chora tadbirlari to`g’risida”gi qarorlari mamlakatimizda sportning yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Sport sohasida turli unvonlar ta`sis etildi, shuningdek sport matbuoti shakllandi.
Ishning maqsadi: Milliy olimpia qo`mitasi va uning faoliyati baholash hamda jismoniy tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatini ro`yobga chiqarilishini tahlil etish
Ishning vazifasi – O’zbekiston (MOQ) jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy - nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutuqlarni, O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ' sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini hamda eng ilg'or tajribalarda foydalanishni o'rgatishdan iborat.
Ishning o`rganilganlik darajasi: Olimpia o`yinlarini mamlakatimizda tarqalishida eng avvalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g'oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga metodologik asos qilib oladi.
Shuningdek, jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |