10-sinf jahon tarixi xronologiyasi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana10.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1257770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
xronologiya 10-11



Ziyadullayev Asadbek 
10-11-sinflar
Xronologiyasi 
2023 


10-SINF JAHON TARIXI XRONOLOGIYASI 
 
1. 1917-yili – Rossiyada V.Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar hokimiyat tepasiga keldi. 
1917-yili oktabrda – Rossiyadada bolsheviklr
hokimiyatga kelishi bilan fuqarolar urushi boshlandi. 
1918-1922-yillari - Rossiyada “harbiy kommunizm”
siyosati o’rnatildi. 
1918-1924-yillari - Britaniyaning an’anaviy ikki partiyali
tizimi inqirozni boshdan kechirdi. 
1918-1945-yillar - Eng yangi davrni Birinchi bosqichi. 
1918-yil avgustga kelib - ingliz qo‘shinlari butun Eronni
o‘z nazoratiga oldi.
1918-yil noyabrga kelib - Germaniyaning barcha yirik
shaharlarini g’o’zg’olon qamrab oldi. 
1918-yili - Brest-Litovsk shahrida Rossiya-Germaniya
o’rtasida shartnoma imzolandi. 
1918-yili - Rossiyaning Volgabo’yi, Ural, Sibir va Uzoq
Sharqda bolsheviklar hokimiyatdan ag’darilib tashlandi. 
1919-1923-yillar - davomida imzolangan shartnomalar
Versal-Vashington tizimi nomini oldi. 
1919-yil - imzolangan Angliya-Eron shartnomasiga
binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga
aylantirildi. 
1919-yil - Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan
ishtirok etdi.
1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha - 27 ta
davlat o’rtasida Parij tinchlik konferensiyasi imzolandi. 
1919-yil 28-iyunda - Germaniya bilan Versal tinchlik
shartnomasini imzoladi. 
1919-yil 4-may kuni - Xitoylik talabalar Pekinda
namoyish boshladilar. 
1919-yil mayda - Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va
Afrikani boshqarish uchun mandatni qo’lga kiritdi. 
1919-yil noyabrda - Fransiyadagi saylov “bolsheviklar
xafi” bilan qo’rqish ruhida o’tdi o’nglar hokimiyatga
keldi. 
1919-yili - Armitsarda Buyuk Britaniya qo’shinlari
namoyishchilarni o’qqa tutdi. 
1919-yili - Germaniyada national-sotsalistik partiyasiga
asos solindi. 
1919-yili - Parij konferensiyasi qaroriga ko‘ra
Usmoniylar imperiyasi Millatlar Ligasining mandati
ostiga o‘tdi. 
1919-yili 31-iyul kuni - Veymar shahrida Tasis majlisi
konsitutsiyani qabul qildi, Veymar respublikasi davri
boshlandi. 
1919-yili mart oyida - Mussolini boshchiligida
Fashistlar partiyasi tuzildi. 
1920 – 1940-yillarda - hindlarning zo‘ravonliklarsiz
ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining
buyuk farzandi Maxat ma Gandining ro’li beqiyos bo‘ldi. 
1920-1930-yillari - AQShning tashqi siyosatida juda
muhim ishlar bo’lmadi. 
1920-yil iyulda - Pekindagi hukumat ag‘darilib,
hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi. 
1920-yilgi - Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir
guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda
tutildi. 
1920-yili - Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika
Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi. 
1920-yili - Lotin Amerikasida Liberal islohotchilik
o’tkazildi. 
1920-yillar boshida – Leyboristlar Britaniya
parlamentida ikkinchi bo’lib oldilar. 
1920-yillar o‘rtalariga kelib - Yaponiyada sanoat
to‘ntarishi yuz berdi.
1920-yillar oxiri 1930-yillar boshlarida Yaponiyada
“Yosh ofitserlar” tomonidan bir qator siyosiy terrorlar
amalga oshirilishiga va hatto, 1932-yil mayda isyon
ko‘tarilishiga olib keldi. 
1920-yillar oxiri 1930-yillarda - SSSRda
Industirlashtirish amalga oshirildi. 
1920-yillar oxiriga - kelib ikki amerikalikning bittasida
radiopriyomnik bor edi. 
1920-yillar oxiriga kelib - Yaponiyada harbiylarning roli
kuchaydi va so‘l kuchlar quvg‘in ostiga olindi. 
1920-yillarda – Yaponiyada ichki siyosiy munosabatlar
yangi siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi hamda
saylovchilar sonini asta-sekin oshirib borgan qator
islohotlar bilan xarakterlanadi. 
1920-yillari - Lotin Amerikasi davlatlari nomigagina
mustaqil edi. 
1920-yillari - SSSRning asosiy maqsadi uning Xalqaro
maydonda tan olinishi bo’ldi. 
1920-yillari – Turkiyada iqtisodiy siyosatning asosiy
yo‘nalishini chet ellik mulkdorlardan sanoat korxonalari,
infratuzilma obyektlari, temir yo‘llarni sotib olish, milliy
sanoatni yaratish tashkil qildi. 
1921 – 1922-yillari - Vashingtonda bo‘lib o‘tgan
konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning
suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi. 
1921-yil - parlament saylovida Fashistlar 36 ta o’rin
olishdi. 
1921-yil 12-noyabrdan 1922-yil 6-fevralgacha - 9 ta
davlat ishtirokida Vashington konferensiyasi bo’lib o’tdi. 
1921-yil dekabrda - AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya
va Yaponiya o’tasida shartnoma imzoladi. 
1921-yil fevralda – Eronda kazaklar polki sardori
polkovnik Rizoxon hukumatni ag‘darib tashladi. 
1921-yili - Italiyada fashistlar harakati bir qadar
ommaviy tus oldi. 
1921-yili - SSSR iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan
kechirdi. 
1921-yili - Sun Yansen Xitoy Respublikasi prezidenti
lavozimiga saylandi. 
1921-yili dekabrda - Irlandiya dominion huquqini qo’lga
kiritdi. 
1921-yili oktabrda - Fashistik guruh Rimga yurish qildi
va Mussolini hukumat boshlig’i etib saylandi. 
1922-yil 1-noyabr kuni - Turkiya Buyuk Millat majlisi
sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul
qildi. 
1922-yil oktabrga kelib - M. Kamol qo‘shinlari butun
Turkiya hududini Gretsiya qo’shinidan ozod qildi. 
1922-yili - “qizil armiya” Vladivostok shahrini oldi va
Tinch okeaniga chiqdi fuqarolar urushi asosan
yakunlandi. 
1922-yili - “Ropallo” shartnomasi imzolandi. 
1922-yili - Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z
protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan
oldi.
1922-yili - Jon Makleod va Frederik Baning Insulinni
kash etishdi. 
1922-yili - Misr mustaqillikka erishdi. 
1922-yili 30-dekabrda - SSSR tashkil topdi.
1922-yili kuzda noyabrda - “oq armiya “mag’lub bo’lishi
bilan Rossiyada fuqarolar urushi tugadi. 
1923-yil - Lozanta tinchlik shartnomasi imzoladi. 
1923-yil 29-oktabrda - Turkiya respublika deb e’lon
qilindi. 
1923-yil 8-noyabr kuni - Myunxendagi bahaybat
pivoxonada natsistlar qo’zg’olon ko’tardilar. 
1923-yili - fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatini
bosib olishdi. 
1923-yili - gerenal Migel de Rivera Ispaniyada davlat
to’ntarishini uyushtirdi. 
1923-yili - Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va
boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati
imzolagan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z
suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi. 


1923-yili - qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr
monarxiya deb e’lon qilindi. 
1923-yillar oxiriga kelib - Yevropadagi eng qadrsiz pul
Germaniyaning puli edi. 
1924-1929-yilari - AQSH dunyoning eng rivojlangan
mamlakatiga aylandi. 
1924-yili - Germaniyada inqirozdan chiqish maqsadida
“Daues rejasi” qabul qilindi. 
1924-yili - V.Lenin vafot etdi uning o’rniga Iosif Stalin
keldi. 
1924-yili 24-oktabrda - AQShda Nyu-York fond
birjasida inqiroz boshlandi. 
1924-yili yanvarda - Britaniya tarixida leyboristlar
birinchi marta hukumatni boshqardi. 
1925-yil bahorda - Xitoyda shanxaylik burjuaziya,
talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga
qarshi harakat boshladi. 
1925-yil martda - Xitoyda Sun Yatsen vafot etdi 
1925-yildan - sovet-yapon munosabatlari yo‘lga qo‘yilib,
bu iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida va yapon
qo‘shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib
ketilishida aks etdi.
1925-yili - Yaponiyada sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. 
1925-yilning dekabr oyida - Eronda chaqirilgan Ta’sis
majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb
e’lon qildi. 
1926-1929-yillari - Fransiyada hukumat pulning
qadrsizlanishini to’xtatishga erishdi. 
1926-yili - Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan
“Qullik haqida” konvensiyada qullik va qul savdosiga
ta’rif berilib, ular qoralandi. 
1926-yili - Xitoyda general Chan Kayshi boshchiligidagi
Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning
Shimolga yurishini boshladi. 
1926-yili mayda - Britaniyada shaxtiyorlarni eng katta
ish tashlashi yuz berdi. 
1927 – 1934-yillardagi – Erondagi islohotlar davrida
bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va
oliy ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. 
1927-1929-yillarda - Rossiyada NEP bekor qilina
boshlandi. 
1927-yil - Britaniya radio kompaniyasi Bi-bi-si tashkil
etildi. 
1927-yili - Albaniya Italiya protektoratiga aylantirildi. 
1927-yili - Nyu-Yorkda dastlabki ovozli kino “Jaz
kuychisi” namoyish etildi. 
1928-1932-yillarda - Rossiyada 1-besh yillik amalga
oshirildi. 
1928-1933-yillari - Rossiyada Kollektivlashtirish siyosati
amalga oshirildi. 
1928-yildan M. Kamoldan o‘rnak olib shoh Eronda
yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat
shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 
1928-yili - AQSh kongresiga bo’lib o’tgan saylovda
respublikachilar g’alaba qozondi. 
1928-yili - Boris Grabyoviskiy va Ivan Belyanskiy
harakatlanuvchi tasvini Toshkent tramvay bazasi trestida
yaratdilar. 
1928-yili - Britaniyalik olim Aleksandr Fleming
Penitsilinni kashf etdi.
1928-yili - Fransiyada hokimiyatga yana o’nglar keldi. 
1929 – 1933-yillardagi - jahon iqtisodiy inqirozi yapon
iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi: u tinchlik sharoitida
rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. 
1929-1932-yillarda - Fransiyada bir necha hukumat
almashdi. 
1929-1932-yillari - AQShda sanoat ishlab chiqarish
hajmi 50% ga qisqardi 13 mln ga yaqin kishi ishsiz qoldi. 
1929-1933-yillardagi - jahon iqtisodiy inqirozi
Fransiyada 1930-yil oxirida boshlandi boshladi. 
1929-yili yanvarda - AQShda Respublikachi Gerbert
Guver prizidentlikka saylandi. 
1930-yili - Braziliyada burjua inqilobi oligarxiya rejimini
ag’darib tashladi. 
1930-yili - Ispaniyada De Rivera istefoga chiqdi 
1930-yili - SSSRda majburiy boshlang’ich ta’lim joriy
etilgan. 
1930-yillar oxiriga - kelib ham Fransiya sanoati
inqirozdan oldingi holatiga yetmadi.
1930-yillar oxiriga kelib - Fransiya ijtimoiy qonunchiligi
bir qadam ham olg’a siljimadi. 
1930-yillar oxiriga kelib - Yevropadagi hech bir davlat
Versal-Vashington tizimiga rioya etmay qo’ydi. 
1930-yillarda - Buyuk Britaniya siyosatini
Germaniyadan qo’rqish belgilab berdi. 
1930-yillarda - fizika va kimyo rivojlanishi o’ta
mustahkam birikmalarning yaratilishiga imkon berdi. 
1930-yillarda - Lotin Amerikasidagi o’zgarishlar ishlab
chiqarishning o’sishi va milliy kapitalning kuchayishiga
olib keldi. 
1930-yillardagi - Jahon iqtiodiy inqirozi SSSRga katta
tahdid solayotgan edi. 
1930-yillari - Lotin Amerikasi davlatlarining boshqaruv
shakli har xil edi. 
1930-yillarning boshida - AQSH taraqqiyot
yalovbardoriga aylandi. 
1930-yillarning ikkinchi yarmidan - Afrikada iqtisodiy
rivojlanish sur’atlari jadallashdi. 
1931-1932-yillarda - Yaponiya Manjuriyaga hujum qilib
Manjur-Go nomli qo’g’irchoq hukumat tuzadi. 
1931-yil sentabrda - yaponlar Xitoyga qarashli
Manchjuriyaga bostirib kirdi. 
1931-yili - Buyuk Britaniyada Vesminster statuti
imzolandi. 
1931-yili – Liviyada qarshilik harakati bostirilib, uning
rahbarlari qatl qilindi. Liviya Italiyaning mustamlakasiga
aylantirildi. 
1931-yili - Xitoy Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi va
Mao Szedun uning raisi etib saylandi. 
1931-yili - Xitoyning Manchjuriya provinsiyasining
bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Man
chjou Go qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. 
1932-yil 1-martda - yaponlar Manchjuriyada ManchjouGo 
davlati tuzilganligini e’lon qildi. 
1932-yilgi - Germaniyada saylovda Gindenburg g’alaba
qozondi, Gitler undan sal orqda qoldi. 
1932-yili - AQShda o’ta shuhratparast demokrat Ruzvelt
prizident etib saylandi (1932-1936-1940-1944)-yillari
Ruzvelt 4 marta prizidentlikka saylandi. 
1932-yili - Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan Turkiya
barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga
harakat qildi. 
1933-1937-yillarda - Rossiyada 2-besh yillik amalga
oshirildi. 
1933-yil - Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqdi. 
1933-yil 30-yanvarda - Germaniyada Gindenburg
Gitlerni reyxkansler deb e’lon qildi. 
1933-yil yanvarda - Germaniyada A. Gitler
boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi
hokimiyatga keldi. 
1933-yilgi - Rossiyada ocharchilikda Ukraina, Kuban,
Volgabo’yi, Qozoqistonda 7 mln kishi halok bo’ldi. 
1933-yili - AQSh Sovet ittifoqi bilan neytralititet
haqidagi diplomatik aloqalar o’rnatildi. 
1933-yili - Ispan falangasi tashkil etildi. 
1933-yili - Ruzvelt Lotin Amerikasi davlarlariga
Intervensiya uyushtirmasligili el’on qildi. 
1933-yili – Yaponiya Millatlar Ligasidan chiqdi. 
1933-yilning oxirida - AQSh SSSRni tan oldi. 
1934- yili - Fransiyada hokimiyatga yana o’nglar keldi. 
1934-yildan boshlab - Britaniya Jahon iqtisodiy


inqirozidan chiqa boshladi. 
1934-yili - Germaniyada Gindenburg vafot etdi, uni
o’rnini Gitler egalladi, Veymr respublikasi tugatildi.
1934-yili - Ispaniyada fashistlarni bir necha vakili
parlamentga saylandi. 
1934-yili - SSSR Millatlar ligasiga a’zo bo’ldi. 
1935-1936-yil - Italiya-Efiopiya urushi natijasida Italiya
Eritreya va Somalining bir qismini egalladi. 
1935-yildan - Eronning nomi o‘zgartirildi: ilgarigi Fors
o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi. 
1935-yili – Eronda chodra o‘rab yurishni bekor qilish
to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 
1935-yili - Germaniyada “Umumiy harbiy majburiyat”
to’g’risidagi qonun qabul qilindi. 
1936-1939-yillari - Germaniya iqtisodiyoti to’liq urush
maqsadida bo’ysundirildi, harbiy harajtlar 10 barobar 
ko’paytirildi va 1914-yilgi darajaga keltirildi. 
1936-yil 18-iyun kuni - Ispaniyada fuqarolar urushi
boshlandi. 
1936-yil noyabrda - Yaponiya va Germaniya
Antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi va
1936-yili - Ispaniyada korteslarga (parlamentga)
o’tkazilgan saylovda Xalq fronti g’alaba qozondi. 
1937-1938-yillarda - iqtisodiy o’sishlar Germaniyaning
ichki holatini yaxshiladi. 
1937-1938-yillari - Germaniyaning asosiy maqsadi uni
urushga tayorlash edi. 
1937-1940-yillarda - Britaniya hukumatini
konservatorlar yetakchisi Nevil Chemberlen boshqardi. 
1937-yil iyunda - Yaponiya Markaziy Xitoyni bosib oldi.
1937-yili - Britaniya Jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi
holatini tiklab oldi. 
1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi. 
1938-yil - Nemis olimlari uran yadrosining zanjirli
reaksiyasini kash etishdi. 
1938-yil 29-sentabr kuni - Chexoslovakiyaning
kapitulatsiyasi Myunxenda rasmiylashtirildi. 
1938-yil iyul – avgust oylarida - SSSRning Uzoq
Sharqdagi Hasan ko‘li atrofida sovet-yapon chegara
mojarosi keng ko‘lamli urush harakatlariga aylanib ketdi. 
1938-yili - Italiyada Mussolini irqiy qonun chiqardi. 
1938-yili - Myunxen kelishuvi imzolandi. 
1938-yili - Rossiyada 3-besh yillikda asosan harbiy
sanoat korxonalari qurilgan. 
1938-yili - Yaponiyada general Fumimaro Konoe
hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi
tartib o‘rnatish ekanligini e’lon qildi. 
1939 – 1940-yillarda - sovet – fin urushi bo‘lib o‘tdi. 
1939-yil 17-sentabr kuni - Polshaga sovet qo‘shinlari
kiritildi. 
1939-yil 1-aprelda - Ispaniyada gerenal F.Farko
diktaturasi o’rnatildi. 
1939-yil 1-sentabr kuni - Germaniyaning Polshaga
bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va
1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi 
1939-yil 23-avgustda - 10 yil muddatga o‘zaro urush
qilmaslik to‘g‘risida Sovet-German paktining (Molotov – 
Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi. 
1939-yil mayda - yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida
Mo‘g‘uliston hududiga bostirib kirdi. 
1939-yil sentabrgacha - davom etgan urush miqyosi
bo‘yicha Hasan ko‘li atrofidagi janglardan ancha 
yirik edi. Bu urush ham yaponlarning mag‘lubiyati bilan
tugadi. 
1939-yili - Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan urush
ishtirokchilarining rejalarida Afrika muhim strategik
ahamiyat kasb etdi. 
1939-yili - Ikkinchi jahon urushi boshlanishi va Buyuk
Britaniya Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan
Hindiston vitse-qiroli mamlakatni urush holatida deb
e’lon qildi. 
1939-yili - Italiyada Mussolini Deputatlar palatasini
tarqatib yuborib ”Katta Fashistik kengash” tuzdi. 
1939-yili - Moskvada Yaponiya bilan o’zaro hujum
qilmaslik tog’risida shartnoma imzolandi. 
1939-yili - Yaponiya Hasan ko’li atrofida SSSRning
hududiga bostirib kirdi SSSR dushman qo’shinini o’z
hududidan uloqtirib tashladi. 
1939-yili - Yaponlar Mo’g’ulistonga bostirib
kiganlaridan so’ng SSSR ham o’z ittifoqchisining
hududiga qo’shin kiritdi. 
1939-yili 1-sentabrda - Germaniya Polshaga hujum
qildi, Ikkinchi jahon urshi boshlandi. 
1939-yili 23-avgust kuni - SSSR va Germaniya o’rtasida
o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi. 
1939-yili 3-sentabrda - Buyuk Britaniya Germaniyaga
urush e’lon qildi. 
1940-yil 10-iyunda - Italiya Fransiyaga urush e’lon qildi. 
1940-yil martda - SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga
majbur bo‘ldi. 
1940-yil sentabrda - Germaniya, Yaponiya va Italiya
o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar
pakti imzolandi. 
1940-yili – Buyuk Britaniyada hokimiyatda Uinston
Cherchill keldi. 
1940-yili 14-iyunda - Germaniya Fransiyaga hujum qildi 
1940-yillar oxiri – 1950-yillar boshi - AQSHda siyosiy
reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi. 
1940-yillar oxiridayoq - Shvetsiyaning Televerket
kompaniyasi uyali telefonlarni yaratish ustida ish
boshlagan edi. 
1940-yillarning oxiridan boshlab - barqaror va
to‘xtovsiz o‘sish AQSH iqtisodiy tizimining o‘ziga xos
jihati bo‘lib qoldi. 
1941-yil 5-aprelda - Yaponiya SSSR bilan neytralitet
haqida paktni imzoladi. 
1941-yil avgustda - AQSH va Buyuk Britaniya urush
payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida
deklaratsiyani – Atlantik xartiyani imzoladi. 
1941-yil avgustda - sovet va ingliz qo‘shinlari Eronga
kiritildi.
1941-yil dekabrda - AQSHning urushga qo‘shilishi
bilan antifashistik koalitsiya tashkiliy jihatdan
rasmiylashtirildi. 
1941-yil dekabrda - nemis qo‘shinlari Moskva
ostonalarida jangni boy berdi va urushdagi dastlabki
jiddiy mag‘lubiyatga uchradilar. 
1941-yil sentabrda - SSSR Atlantik xartiyaning asosiy
tamoyillarini qabul qildi. 
1941-yili - Misr hududiga Germaniya va Italiya
qo‘shinlari kiritildi. 
1941-yili – Turkiya Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi
imzolandi. 
1941-yili 22-iyunda - Germaniya SSSRga bostirib kirdi. 
1941-yili 7-dekabr kuni - Yaponiya AQSHning eng katta
floti Pyotr-xarborga qilgan hujumidan so’ng AQSH
ikkinchi jahon urushiga qo’shildi. 
1942-yil bahor-kuzida - nemis qo‘shinlari Volga
daryosiga va Shimoliy Kavkazga chiqdilar. 
1942-yil noyabrda - sovet qo‘shinlari Stalingrad
ostonalarida qarshi hujumga o‘tib, Volgaga chiqqan
German qo‘shinlarining katta guruhi – 22 ta diviziyasini
qurshab oldi va tor-mor qildi. 
1942-yili - Enriko Fermi tomonidan Chikagoda birinchi
atom reaktori yaratildi. 
1942-yili - Muhammad Rizo Pahlaviy SSSR va Buyuk
Britaniya bilan shartnoma imzoladi. 
1943-yil fevralda - qurshovdagi nemis qo‘shinlari taslim
bo‘ldi. 
1943-yil may oyida – Ittifoqchilar Italyan – German
qo‘shinlarini Afrikadan to‘liq quvib chiqishga erishdilar. 
1944-yili - ittifoqchilar Fransiyaning shimoli-g‘arbiga


qo‘shin tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod qildi. Urush
davomida uchrashuvlar uchta –Tehronda (1943), Qrim
(Yalta)da (1945-yil,fevral), Potsdamda (1945-yil, iyulavgust) 
bo‘lib o‘tdi. 
1944-yili - Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi,
sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib keldi.
1945-1991-yillar - Eng yangi davrni Ikkinchi bosqichi. 
1945-yil - Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 
1945-yil 16-apreldan 2-maygacha - Berlin operatsiyasi
amalga oshirilib, shu vaqt ichida Uchinchi reyxning
poytaxti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi. 
1945-yil 2-sentabr kuni - Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish
to‘g‘risidagi paktni imzoladi. Ikkinchi jahon urushi
tugadi. 
1945-yil 6 avgust kuni - AQSH Yaponiyaning Xirosima
va 9 avgust kuni Nagasaki shaharlariga atom bombalarini
tashladi. 
1945-yil 8-may kuni - Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari
G.K.Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz
taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9-may 
SSSRda «G‘alaba kuni» deb e’lon qilindi. 
1945-yil avgustda - SSSR va AQSH vositachiligida
Xitoy Kommunistik partiyasi bilan Gomindan o‘rtasida
muzokaralar bo‘lib, o‘zaro dushmanlik harakatlarini
to‘xtatishga kelishildi. 
1945-yil noyabrdan 1946-yil oktabrgacha - 
Germaniyaning Nyurnberg shahrida fashist rahbarlari
ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. 
1945-yili - Aleksandr Flemingga Nobel mukofoti berildi. 
1945-yili - Fransiya sanoat va qishloq xo‘jalik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi
darajasining yarmiga ham yetmadi. 
1945-yili - Manchester shahrida V Panafrika kongressi
bo‘ldi. 
1945-yili - Nyu-Meksikoda Poligonda 1-atom bombasi
portlatildi. 
1945-yili – Xitoyda mamlakat hududi va aholisining katta
qismi gomindanchi Chan Kayshi hukumati tomonidan
nazorat qilinardi. 
1946-yil - Yaponiyada kasaba uyushmalari to‘g‘risida
qonun qabul qilindi. 
1946-yil 9-dekabrda - Ta’sis majlisi ochildi. Inglizlar
Hindistonni ikkita davlatga – Hindiston va Pokistonga
bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. 
1946-yil iyunda - Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan
boshlandi. 
1946-yil martda - U. Cherchill AQSHning Fulton
shahrida Vestminster kolleji tinglovchilari oldida so‘zga
chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalqlarning sovet
tajovuziga» qarshi kurashiga boshchilik qilishni taklif
qildi. 
1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha - Yaponiya
poytaxti Tokio shahrida yapon agressiyasidan aziyat
chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro 
harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy
jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi. 
1946-yili - Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga
kirdi.
1946-yili - ingliz va sovet qo‘shinlari Eron dan olib
chiqib ketildi.
1947-yil 15-avgust kuni - ikkita mustaqil davlat – 
Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi.
Hindiston hukumatini Javaharlal Neru, Pokistonnikini esa
Liikat Alixon boshqardi. 
1947-yil iyulda – Xitoyda Xalq-ozodlik armiyasi
hujumga o‘tdi. 
1947-yil iyun oyida - AQSH davlat kotibi J. Marshall
Yevropa mamlakat larigaurush oqibatlarini bartaraf
qilishda yordam ko‘rsatish g‘oyasini ilgari surdi. 
1947-yili - Chan Kayshi armiyasi kommunistlarning
poytaxti Yanan shahrini egallab oldi. 
1948-yil 1-yanvardan Italiyaning yangi konstitutsiyasi
kuchga kirdi. 
1949-yil - Buyuk Britaniya NATOga a’zo bo‘ldi. 
1949-yil 1-oktabr kuni - Xitoy Xalq Respublikasi e’lon
qilindi. 
1949-yil 7-oktabrda - sovetlar okkupatsiya zonasi
bo‘lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik
Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. 
1949-yil aprelda - G‘arb davlatlari Shimoliy Atlantika
Shartnomasi tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiysiyosiy 
tashkilotni tuzdilar. 
1949-yil mayda - AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya
okkupatsiya zonalarida Germaniya Federativ
Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. 
1949-yil sentabrda - Pekinda Milliy siyosiy maslahat
konferensiyasi ochildi.
1949-yil yanvarda - SSSR va Sharqiy Yevropaning
ko‘pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O‘zaro Iqtisodiy
Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzilganligini e’lon qildilar. 
1949-yili - Hindistonning yangi Konstitutsiyasi qabul
qilindi. 
1950 – 1960-yillarda - Yaponiyaning to‘liq iqtisodiy
tiklanishiga olib keldi. 
1950 – 1960-yillardagi - jadal rivojlanishga qaramasdan,
Italiya ishchilar harakati avvalgi darajasida qoldi 
1950 – 1960-yillari - GFRda iqtisod jadal sur’atlar bilan
rivojlandi. 
1950-yildan – Yaponiyada kadrlar tayyorlashning
amerikacha standartlari joriy qilindi. 
1950-yili - SSSRda sanoat ishlab chiqarishi hajmi
urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi. 
1950-yillar o‘rtalariga kelib - SSSRda mavjud totalitar
tuzum bir qadar liberallashtirildi. 
1950-yillar oxirida - Karib dengizidagi kichikina orol – 
Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini
o‘ziga jalb qildi. 
1950-yillar oxiridan - SSSRda qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari ancha
susaydi. 
1950-yillarda - AQSH iqtisodiyoti boshqa G‘arb
davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan sekin o‘sganligiga
qaramasdan, u barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha haqiqiy
iqtisodiy yetakchi bo‘lib qolaverdi. 
1950-yillardayoq - yangi mustaqil mamlakatlar o‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini tanlash uchun xalqaro maydonga
chiqdilar va keyinchalik «uchinchi dunyo mamlakatlari»
nomini oldi. 
1950-yillari – Fransiyada iqtisodiy o‘sish boshlandi. 
1950-yillari – Hindistonda «J. Neru kursi» shakllandi. 
1950-yillarning birinchi yarmida - Eron siyosati, asosan,
mamlakat neft sanoatini natsiona lizatsiya qilishga
bag‘ishlandi. 
1950-yillarning ikkinchi yarmi – 1960-yillar Hindistonda 
jadal industrlashtirish boshlandi. 
1950-yillarning ikkinchi yarmida - SSSRda qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‘sib,
kolxozlarning pul daromadlari 3 martadan ko‘proqqa
oshdi. 
1951-yili - Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan saylovlarda
konservatorlar g‘alaba qozondi U. Cherchill yana bosh
vazir lavozimini egalladi.
1952-yil dekabrda - Xitoy Kommunistik partiyasi
Markaziy Komiteti mamlakatda «sotsializm qurish»
to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
1952-yilgacha Yaponiya hukumati AQSh shtabi
tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya
qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shu shtabga
tegishli edi. 
1952-yilgi - AQShda saylovlarda respublikachilar

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling