10-sinf jahon tarixi xronologiyasi


-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana10.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1257770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
xronologiya 10-11

11-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI 
 
1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida 
O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchaydi. 
1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh
respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisi- ning ham
yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab
muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. 
1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga 
qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa
yerlari berildi. 
1989-yilda yurtimizda dastlabki milliy-madaniy
markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar
tomonidan respublika viloyatlarida tashkil etilgan. 
XX asr 90-yillarining boshida saylovlar, saylov
o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul
qilindi. 
1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy
Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining
“O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
farmoni qabul qilindi. 
1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya
va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini
takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul
qilindi. 
1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining II sessiyasida yangi
Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga
kelindi. 
1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashining II sessiyasida O‘zbekiston SSRning 
Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. 
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida
prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz
milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi
bosqichni boshlab berdi. 
1990-yil 2-iyun kuni “Musulmonlarning Saudiya
Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmon e’lon
qilindi. 
1990-yilda musulmonlarning Haj ziyoratiga borishini
kafolatlaydigan Prezidentning maxsus farmoni qabul
qilindi. 
1990-yilda O’zbekistonga aholi iste’moli uchun zarur
bo‘lgan g‘allaning 82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht
mahsulotlarining 50%, sut va sut mahsulotlarining 60
foizi chetdan keltirilar edi. 
1990-yilda yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish 67
yoshni tashkil etgan. 
1990-yilning mart oyida O‘zbekistonning yangi
Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom
Karimov tomonidan ilgari surildi. 
1991–1993-yillarda O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan
qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. 
1991–1994-yillarda yurtimizda 73 ta muzey mavjud
bo‘lgan bo‘lgan. 
1991-1996-yillar Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning birinchi bosqichi
hisoblanadi. 
1991–2000-yillarda qishloqda amalga oshirilgan tub
agrar islohotlar O’zbekiston qishloq hayotini yangi shakl
va tizimga o‘zgartirib yubordi. 
1991-yil “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 
1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi
“O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus
qaror qabul qildi. 
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik
saylovlarini tartibga soluvchi “O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 
1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi
“Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. 
1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasi
“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i
to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. 
1991-yil 19–21-avgust kunlari sobiq ittifoq poytaxti
Moskva shahrida ro‘y bergan davlat to‘ntarishi sababli
mamlakat halokat girdobiga kelib qoldi. 
1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining
Mustaqillik kuni deb belgilandi va dam olish kuni deb
e’lon qilindi. 
1991-yil 21-avgustda qo‘shma majlis o‘tkazilib, unda
“SSSR GKChPning O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi va
qonunlariga zid hujjatlari O‘zbekiston hududida amal
qilmaydi”, degan qaror qabul qildi. 
1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston,
Belorus, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya,
Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina
davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib, Mustaqil
Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo bo‘lib kirdilar. 
1991-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti
mamlakatimizning to‘la mustaqilligi yo‘lida tamal
toshini qo‘ygan yana bir muhim farmonni e’lon qiladi.
Unga ko’ra Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat
xavfsizligi komiteti O‘zbekiston SSRning qonuniy
tasarrufiga olinadi. 
1991-yil 25-avgustdagi O‘zbekiston Prezidentining
farmoni asosida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizligi komitetining respublika tasarrufiga
o‘tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi
qo‘shinlari O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirilishi
ana shunday birinchi qadamlardan bo‘ldi. 
1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashi O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida
qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qabul qiladi. 
1991-yil 27-dekabrda Xitoy Xalq Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olgan. 
1991-yil 28-avgustda bo‘lgan qo‘shma Plenumda
Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har
qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha
tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi
o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qabul qildi. 
1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga muqobillik asosida saylov bo‘lib o‘tdi. 
1991-yil 31-avgustda XII chaqiriqda O‘zbekiston SSR
Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasi o‘z
ishini boshladi. 
1991-yil 6-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentininig farmoniga asosan Mudofaa ishlari
vazirligi tashkil qilindi. 
1991-yil 8-dekabrda Belorus, Rossiya va Ukraina
rahbarlari Minskda uchrashib Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligiga asos soldilar. 
1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy
shaklda, yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 
1991-yil dekabrda Koreya Respublikasi O‘zbekiston
mustaqilligi tan oladi. 
1991-yil noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. 
1991-yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan
olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 
1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat
qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi. 
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari


uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi bilan
Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va
hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. 
1991-yildan 2016-yilga qadar ikki mamlakat
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining 11 marta
oliy darajadagi tashriflari amalga oshirildi. 
1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga
ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida
nishonlanadigan bo‘ldi. 
1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million
kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga
o‘sgan. 
1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligi keng
nishonlandi. 
1991-yilning 19–21-avgustida Sovet Ittifoqida davlat
to‘ntarishi sodir etildi. 
1991-yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Karimov Hindistonga tashrif
buyuradi. 
1991-yilning noyabrida O‘zbekiston Xalq demokratik
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling