10-sinf jahon tarixi xronologiyasi


partiyalar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana10.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1257770
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
xronologiya 10-11


partiyalar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi
nufuzi pasayganligini ko‘rsatdi. 
1992-yili Chexoslovakiya milliy muammolarni hal
qilishning tinch yo‘lini tanladi. O‘tkazilgan referendum
natijasiga ko‘ra, mamlakat aholisi bo‘linishga qaror
qildi. 
1992-yili Peruda «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchi
terrorchilik tashkiloti faollashdi. 
1992-yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan
konferensiyada XXI asrdagi harakat, jumladan, butun
insoniyat uchun barqaror-xavfsiz rivojlanish
konsepsiyasini ishlab chiqish dasturi qabul qilindi. 
1992-yili Tatariston ham o‘z davlat musta qilligini e’lon
qildi. 
1992-yili Xitoyda Den Syaopin mamlakatning janubiy
provinsiyalariga qilgan safari paytida bir qator
bayonotlar berib, iqtisodiy islohotlar siyosatini to‘xtatib
bo‘lmaydi, degan. 
1993-yil 1-yanvardan jahon xaritasida ikkita mustaqil
davlat – Chexiya Respublikasi va Slovakiya
Respublikasi paydo bo‘ldi. 
1993-yil dekabrda Rossiyada Federatsiya Kengashi va
Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 
1993-yil noyabrda Qozag’istonda milliy valuta – tenge
muomalaga kiritildi. 
1993-yil Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qabul
qilindi. 
1993-yili Qozog‘istonda parlament mamlakat poytaxtini
Akmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qildi. 
1993-yilgi referendumda Italiya aholisi proporsional 
saylov tizimidan voz kechish uchun ovoz berdi. 
1993-yili B.Bxutto yana bosh vazir lavozimini egalladi. 
1993-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida G.
Aliyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti etib
saylandi. 
1993-yili Fransiyada ishlab chiqarish hajmi qisqardi.
Ishsizlik mislsiz darajaga yetdi. 
1993-yili Fransiyada Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan
saylovlarda o‘ng kuchlar parlamentda mutlaq ko‘p
o‘ringa ega bo‘ldi. 
1993-yili muzokaralar natijasida Isroil va FATX birbirini tan 
olganligi e’lon qilindi. 
1993-yili Pokiston prezidenti G‘ulom Is’hoqxon yangi
hukumatni ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilikda
ayblab, iste’foga chiqariladi. 
1993-yili prezident B. Yelsin Xalq deputatlari syezdi va
Oliy Sovetni tarqatib yubordi, davlat hokimiyatining
yangi organlari – Federatsiya Kengashi va Davlat
Dumasiga saylovlar hamda mamlakatning yangi
konstitutsiyasi haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risida
farmonni imzoladi. 
1993-yili T.O‘zol vafot etdi. Turkiya prezidenti etib
Sulaymon Demirel saylandi. 
1993-yili Vashingtonda Isroil va FATX delegatsiyalari
Falastin avtonomiyasini tuzish to‘g‘risida kelishuvni
imzoladi. 
1993-yili XDP bazasida Italiya xalq partiyasi tuzildi. ISP
tarqalib ketdi. 
1993-yili yagona Yevropa fuqaroligini ta’minlagan


Maastrixt kelishuvlari kuchga kirdi. 
1994 – 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el
investitsiyalari miqdori to‘rt marta o‘sdi. 
1994-yil 6-noyabrda Tojikiston konstitutsiyasi qabul
qilindi va shu kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida
Imomali Rahmonov Tojikiston Prezidenti etib saylandi. 
1994-yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda Aleksandr
Lukashenko mamlakat prezidenti etib saylandi. 
1994-yil dekabrda Meksikada moliyaviy-iqtisodiy
inqiroz boshlandi. 
1994-yil martda Italiyada bo‘lib o‘tgan parlament
saylovlari avvalgi partiyaviy tizimning qulaganligini
namoyish qildi. 
1994-yil may oyida Angliya bilan hamkorlikda qurilgan
La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tonneli
tantanali ravishda ochildi. 
1994-yil qabul qilingan konstitutsiyaga binoan Belarus
Respublikasi unitar demokratik ijtimoiy-huquqiy davlat
deb e’lon qilindi. 
1994-yilda Italiyada Korrupsiyaga qarshi kurash e’lon
qilgan S.Berluskonining o‘zi soliq qoidalarini
buzganlikda ayblandi va iste’foga chiqdi. 
1994-yilda Tatariston federal hokimiyat bilan
vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risida shartnomani
imzoladi. 
1994-yili Afg’onistonda mojaroga yangi siyosiy kuch – 
islom fundamentalislarining tolibonlar harakati
qo‘shildi. 
1994-yili 
Germaniyda 
bo‘lib 
o‘tgan 
saylovlarda 
xristiandemokratlar 
bilan 
liberallar 
koalitsiyasining 
pozitsiyasi
yanada mustahkamlandi. 
1994-yili Meksika Shimoliy Amerika erkin savdo
zonasiga kirdi.
1994-yili Meksikada hindularning ommaviy qo‘zg‘oloni
boshlandi. 
1995-yil aprelda bo‘lgan Malayziya saylovlarida doctor
Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya
birlashgan milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani
qo‘lga kiritdi va bu bilan islom fundamentalistlari
hokimiyatga kelishining oldini oldi. 
1995-yil noyabrda Isroil bosh vaziri Isxak Rabin
mutaassib-yahudiy tomonidan o‘ldirildi. 
1995-yil oxirida Turkiyada navbatdan tashqari
parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Islom dini
tarafdorlarining Nejmiddin Erbakan boshchiligidagi
«Refax» (Farog‘at) partiyasi hammadan ko‘p ovoz oldi. 
1995-yilgi Fransiyada prezidentlik saylovlarida Jak
Shirak g‘olib chiqdi va ishsizlikka qarshi kurashni,
jamiyatning boylar va qashshoqlarga bo‘linishini
bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon qildi. 
1995-yili FATX bilan Isroil o‘rtasida muvaqqat kelishuv
imzolandi. Bu Falastin avtonomiyasini tuzishning
keyingi bosqichi bo‘lib, Iordan daryosining g‘arbiy
sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar FATX ixtiyoriga
o‘tkazildi. 
1996-yil sentabrda Tolibonlar Kobulni egallab,
mamlakatni «Afg‘oniston Islom amirligi» deb e’lon
qildi. 
1996-yil yanvarda Yaponiyada LDP yana bir partiyali
hukumat tuzishga erishdi. 
1996-yil yanvarda Y. Arofat boshchiligida Falastin
qonunchilik kengashi saylandi. 
1996-yildan Fransiyada YIMning o‘sish sur’atlari,
kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi oshdi. 
1996-yildan Italiya hokimiyatda so‘l markazchilar
koalitsiyasi turdi. 
1996-yilgi AQSH da saylovlarda ikkinchi marta
B.Klintonning g‘alabasini ta’minladi. 
1996-yili birinchi Umumbelarus xalq yig‘ini
mamlakatning 1996 – 2000-yillarga mo‘ljallangan
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi asosiy yo‘nalishlarini
tasdiqlagandan so‘ng Belarusda asta-sekin iqtisodiy
yuksalish kuzatildi. 
1996-yili YI a’zolar soni 15 taga yetdi. 
1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida
boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. 
1996-yili prezident Sardor Farruk Ahmadxon Legariy
Milliy assambleyani tarqatib yubordi va B.Bxutto
hukumatini yana iste’foga jo‘natdi. 
1996-yili qabul qilingan Ukraina konstitutsiyasi
mustaqillikning dastlabki yillarida Ukraina oldida turgan
eng muhim vazifalardan biri davlat qurilishi jarayonning
huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
1996-yili Qirg’izitonda iqtisodiy barqarorlashuv jarayoni
boshlandi.
1996-yili Ukrainada milliy valuta – grivna muomalaga
kiritildi. 
1997 – 1998-yillardagi «Osiyo inqirozi» Yaponiya
uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirdi. 
1997-yil fevral oyida Xitoy «islohotlarining otasi» Den
Syaopin vafot etdi. 
1997-yil may oyida Buyuk Britaniyada Leyboristlar
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling