Raqamli iqtisodiyot va raqamlashtirish haqida
Download 44.6 Kb. Pdf ko'rish
|
62-65 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA Sultanbayev Altinbay Maxsetbayevich
- Tashmanov E Annotatsiya
- ASOSIY QISM
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-18, Issue-1, September- 2022 62 RAQAMLI IQTISODIYOT VA RAQAMLASHTIRISH HAQIDA TUSHUNCHA Sultanbayev Altinbay Maxsetbayevich Jamoat xavfsizligi universiteti, Aniqlovchi qo’riqlovchi elektron tizimlaridan foydalanish texnik muxandisligi fakulteti mustaqil izlanuvchisi Ilmiy rahbar: Tashmanov E Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot, uning ahamiyati, raqamlashtirish va uning turlari haqida ma’lumotlar keltirildi. Kalit so’zlar: Raqamli iqtisodiyot, Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, yangi texnologiyalar, platformalar, biznes modellari, Nikolas Negroponte, diskretizatsiya, miqdor KIRISH Oʻzbekiston oʻz oldiga kuchli demokratik, ilgʻor rivojlangan davlatlar safidan mustahkam oʻrin egallashni maqsad qilgan. Dunyoning rivojlangan 50 mamlakati qatoriga kirish — bosh vazifa. Bu boradagi islohotlar esa xalqimizga munosib sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshirilyapti. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, keyingi yillarda Oʻzbekistonning shaxdam odimlari xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Mintaqada eng koʻp aholiga ega mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish, chetdan koʻproq sarmoya jalb etish saʼy-harakatlari uzluksiz olib borilyapti. Bu kabi oʻzgarish va yangilanishlar, asrlarki, iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan Oʻzbekistonda kambagʻallik va ishsizlikka qarshi kurashish asnosida roʻy berayotgani bilan ham dolzarbdir. Oʻn yillar davomida tirikchiligi tashqi mehnat migratsiyasi orqasidan oʻtayotgan millionlab fuqarolarini ishli qilish — mamlakatning oʻzida yangi bandlik manbalarini yaratishga qogʻozda emas, amalda eʼtibor qaratilmoqda. Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yoʻnalishlar roʻyobida salmoqli rol oʻynamoqda. Chunonchi, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham nihoyatda ratsional qaror boʻlganini koʻrsatmoqda. Shunday ekan, yaqin yillarda biznes yuritish muhiti boʻyicha dunyoning eng old ellik davlati safiga kirsak, ajab emas. ASOSIY QISM Raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish hamda ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni Download 44.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling