10-sinf jahon tarixi xronologiyasi


partiyasining III syezdi bo’lib, unda ‘’Davlat apparatini


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana10.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1257770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
xronologiya 10-11


partiyasining III syezdi bo’lib, unda ‘’Davlat apparatini
mahalliylashtirish va yerli millat ishchilarini ishlab
chiqarishga jalb qilish to’g’riisida’’gi masala ko’rildi
1927-1928-yillar O’zbekistonda 2500 dan ortiq xotinqizlar
tuman va qishloq sho’rolarning a’zolari, xotinqizlar klublari 
va kutubxonalar mudiralari, muallimalar
yangi hayot yo’lida o’z jonini qurbon qildi 
1928-yil qishloq xo’jaligini zo’rovonlik bilan
kollektivlashtirish jarayonida sanoatni industrlashtirish
ham amalga oshirildi
1928-yil 18-fevral O’zbekiston SSR MIK va XKSning
‘’Davlat apparatini o’zbeklashtirish to’g’risida’’gi
qo’shma qarori qabul qilindi 
1928-yil kuzi shu vaqtgacha mamlakat xalq xo’jaligi bir
yillik rejalar asosida boshqarib kelindi
1928-yil oktabr 1-besh yillik reja shu vaqtdan boshlandi 
1928-yil oktabr – 1932 yil dekabr 1-besh yillik reja shu
davrni o’z ichiga olgan 
1928-1929-yillar Yer-suv islohotining ikkinchi
bosqichining 3-bosqichi shu yillarni o’z ichiga oladi 
1929-yil Tojikiston ASSR shu yilgacha O’zbekiston
SSR tarkibida bo’lgan 
1929-yil Sovet jamiyatida bozor munosabatlatri muhiti
barham topdi 
1929-yil may Samarqandda o’tgan O’zbekiston adiblari,
imlochilari va yetakchilari ziyolilari konferensiyada
o’zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga
o’tkazish haqida qaror qabul qilindi 
1929-yil 17-fevral—2-mart Samarqandda o’tkazilgan
O’zbekiston Kommunistyik partiyasining IV syezdidan
keyin jazo mexanizmi ishga tushirildi 
1929-yil mart O’zbekiston SSR Oliy sudining raisi
Sa’dulla Qosimov lavozimidan bo’shatilib, qamoqqa
olindi 
1929-yil 10-avgust O’zbekiston SSR Maorif xalq
kommissarligi hay’ati tomonidan tasdiqlandi 
1929-yil 16-oktabr Tojikiston ASSR o’rniga Tojikiston
SSR tashkil qilindi va O’zbekiston SSR tarkibidan
chiqdi 
1929-yil 5-noyabr Toshkentda ma’rifatparvar
Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38
nafar kishi qamoqqa olindi 
1929-yil 1-dekabr O’zbekistonda arab alifbosidan lotin
yozuviga o’tildi 
XX asr 20-yillari ikkinchi yarmi va 30-yillar boshi 
O’zbekiston SSRda o’n sakkizlar guruhi,
inog’omovchilik, qosimovchilik, badriddinovchilik,
‘’milliy ittihodchilar’’ va ‘’milliy istiqlolchilar’’,
‘’narkompros’’, ‘’botir gapchilar’’ va boshqa siyosiy
ishlar to’qilishi natijasida o’zbek xalqining ko’plab
yetuk farzandlari qatag’on qilindi 
XX asr 20-yillari oxiri milliy rahbar xodimlarni
lavozimlaridan chetlatib, ularni ‘’g’oyaviy’’ jihatdan tormor 
qilayotgan sovet rejimi shu paytga kelib jismoniy
jihatdan yo’qotishga kirishdi 
1929-1935-yillar mustabid sovet rejimi badavlat va
o’rtahol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida
tugatish siyosatini olib borgan 
XX asr 30-yillari boshlari yozuvchi va adiblarning
saflari tobora kengayib bordi. Bu davr adabiyot
maydoniga G’afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya,
Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, Mirtemir, Oydin
Sobirova, Uyg’un, Komil Yashin, G’ayratiy, Sulton
Jo’ra, Amin Umariy kabi bir qator iste’dodli yosh
shoirlar, adiblar va dramaturglar qo’shildilar 
1930-yil boshlarida Qashqadaryo okrugida
dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, unda
3700 kishi qatnashdi 
XX asr 30-yillari Chirchiq-Bo’zsuv GESlar kaskadi
barpo etildi 
XX asr 30-yillari ayollar orasidan mashhur olimalar,
shoiralar, yozuvchilar, muhandislar, shifokorlar,
san’atkorlar, muallimalar yetishib chiqa boshladi 
1930-yil Samarqand shahrida Sa’dulla Qosimov va
uning 6 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o’tkazildi 
1930-yil respublika hunarmandchilik kooperatsiyasining
50 dan ortiq artellarida 5000 nafardan ko’proq mahalliy
ayollar ishlardi 
1930-yil O’zbekistonda yalpi kollektivlashtiriladigan 19
ta tuman tuman Markaz tomonidan belgilab berildi
1930-yil qoramollar 60 ming boshdan ziyodga kamayib
ketdi 
1930-yil Xivada majburiy tashkil qilingan jamoa
xo’jaliklarida yer haydash jarayonining aks ettirilishi
(rasm bo’yicha) 
1930-yil O’zbekiston Kompartiyasi MK sekretari
Kirpanov tomonidan shu yili tayyorlangan ‘’mutlaqo
maxfiy’’ grifi ostidagi ma’lumotlarda keltirilishicha,
g’alla yig’ishda o’ta kuchli ma’muriyatchilikka yo’l
qo’yilgan 
1930-yil 26-yanvar ‘’Yoppasiga jamoalashtirish
rayonlarida quloq xo’jaliklarini tugatish tadbirlari
to’g’risida’’gi qarori va VKP (b) MK O’rta Oisyo
byurosining ‘’Quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan
bog’liq tadbirlar to’g’risida’’gi ko’rsatmalari asosida
1930-yil 17-fevral O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining ‘’Kollektivlashtirish va quloq
xo’jaliklarini tugatish to’g’risida’’gi qarori qabul qilindi
1930-yil fevral O’zbekistonda quloq xo’jaliklarini
tugatish kompaniyasi shu sanadan boshlab avj olib ketdi 


1930-yil 17-fevral O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining ‘’Kollektivlashtirish va quloq
xo’jaliklarini tugatish to’g’risida’’gi qarori qabul qilindi
1930-yil mart O’zSSRda 240 ta, SSSRda 2000 dan ortiq
qurolli chiqishlar qayd etilgan 
1930-yil avgust Samarqandda O’zbekiston SSR Maorif
xalq komissarligida bir guruh rahbar xodimlar hibsga 
olindi
1930-yil 20-sentabr O’zbekiston poytaxti Toshkentga
ko’chirilgan 
1931-yil shu yildan posyolkalar Qo’qon, Chust-Pop,
Oqdaryo, Ikromov, G’ijduvon, Vobkent, Bauman,
Denov, Sariosiyo, Quva, Yangiyo’l tumanlarida
tuzilgan 
1931-yil bahori shu vaqtdan boshlab O’zbekistonda
yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi 
1931-yil 25-aprel Moskvada bo’lib o’tgan sud majlisida
Munavvarqori boshchiligida millatning 15 fidoyisi
bo’lgan ‘’Milliy Istiqlol’’ a’zolari otib o’ldirishga,
qolgan 72 nafar kishi uzoq muddatli qamoq jazosiga
hukm qilindi 
1931-yil avgustda 3828 ta quloq xo’jaliklari tugatilgan,
3871 xo’jalik ‘’quloq oilasi’’ sifatida Ukraina, Sibir va
Shimoliy Kavkazga surgun qilingan 
1931-yil 11-dekabr SSSR MIKning ‘’O’zSSR
apparatini o’zbeklashtirish to’g’risida’’gi qarori qabul
qilindi 
1932-yil O’zbekiston qishloq xo’jaligini
kollektivlashtirish rasman shu sanada tugallandi 
1932-yil shu vaqtga kelib respublikamizdagi dehqon
xo’jaliklarining 75 foizi umumiylashtirilgan sektorga,
ya’ni kolxoz va sovxozlarga birlashdi 
1932-yil shu yili respublikada 60 dan ziyod sovxoz bor
bo’lgan 
1932-yil 5-may—15-iyun Toshkent shahrida SSSR Oliy
sudi kollegiyasining sayyor sessiyasi O’zbekiston SSR
Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddnov
va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayonini o’tkazdi 
1932-yil 14-oktabr O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya
Qo’mitasi Prezidiumining O’zbekiston ilmiy tekshirish
muassasalariga rahbarlik qiluvchi O’zbekiston SSR
Fanlar komiteti tuzildi 
1932-yil dekabr 1-besh yillik reja shu vaqtda
yakunlandi 
1932-1936-yillar Qoraqalpog’iston RSFSR tarkibida
bo’lgan davr 
1933-yil O’zbekistonda surgun qilingan quloqlar soni
5500 tagacha yetgan 
1933-yil Quloqlashtirish siyosati asosan amalga oshirib
bo’lingan 
1933-1937-yillar ikkinchi besh yillik reja shu yillarda
amalga oshirilgan 
1934-yil shu yildan O’zbekiston SSR Fanlar komitetiga
Otajon Hoshimov rais qilib saylandi 
1934-yil 10-17-yanvar Toshkentda bo’lib o’tgan
O’zbekiston Kommunistik partiyasinining VI syezdida
VKP (b) XVII syezdi tomonidan qo’yilgan vazifalarga
asoslanib, 2-besh yillik reja belgilab berildi 
1934-1937-yillar ko’plab badavlat dehqon xo’jaliklari
quloq qilingan 
1934-1956-yillar Sovet hokimiyati yillarida quloqlika
tortilib, surgun qilinganlardan tirik qolganlarning erkin
fuqarolik maqomini olib, o’z yurtiga qaytish jarayoni
og’ir kechib, u taxminan 20 yildan ko’proq vaqtni ya’ni
shu yillarni o’z ichiga olgan 
1935-yil shu yilga kelib Turkistondagi istiqlolchilik
harakati mag’lubiyatga uchradi 
1935-yil 10-17-yanvar Toshkentda V qurultoyi
O’zSSRn Xalq Komissarlari Sovetiga 8 yoshdan to 15
yoshgacha bo’lgan hamma bolalarni majburiy yeti yillik
ta’limga tortish va respublika shahar va qaishloqlarda
yangi maktab binolari qurish dasturini ishlab chiqarishni
taklif qildi 
1936-yil Toshkentda davlat konservatoriyasi ochildi va
bu o’zbek musiqa va vokal san’atining rivojlanishida
muhim rol o’ynadi 
1936-yil 5-dekabr Qoraqalpogiston ASSR hududi
O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi 
1937-yil savodsizlikni tugatish maktablarining soni 413
taga yetdi 
1937-yil 139 ming nafar xotin-qizlar o’qish va yozishni
o’rganib oldilar
1937-yil yozi O’zbekistonda siyosiy qatag’onlik avjiga
chiqdi 
1937-yil 28-oktabr XXSR harbiy ishlar noziri, alohida
O’zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari,
19-tog’li otliq O’zbek diviziyasi komandiri
lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharipov sovet
rejimi tomonidan Maykopda qamoqqa olindi 
1937-1938-yillar to’qib chiqarilgan soxta ayblar
bo’yicha O’zbekistonda 41 ming nafardan ortiq kishi
hibsga olinib, ulardan 37 ming nafardan ko’prog’i
jazolandi., 6920 nafar kishi otib o’ldirishga mahkum
qilindi. Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi,
shoirlar va olimlardan 5758 kishi qamoqqa olinib,
ulardan 4811 nafari otib tashlangan 
1938-yil 4-oktabr Fitrat, Cho’lpon va Abdulla Qodiriy
Toshkent shahri atrofida otib tashlandi 
1938-yil 10-oktabr Mirkomil Mirsharipov boshchiligida
18 nafar o’zbek harbiy komandirlari va askarlari
Toshkent atrofida otib tashlangan 
1939-yil O’zbekiston aholisi shu yili 6,5 mln kishini
tashkil etgan 
1939-yil shu yilga kelib O’zbekistonda yakka dehqon
xo’jaliklariga butkul barham berildi 
1939-yil 23-avgust Stalin taklifi bilan Moskvada SSSR
va Germaniya o’rtasida 10-yil muddatga hujum
qilmaslik to’g’risida bitim imzolandi 
1939-yil 1-sentabr Adolf Gitler boshchiligidagi
Germaniya davlati Polshaga hujum qildi
1939-yil 3-sentabr Fransiya va Angliya davlatlari
Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi 
1939-yil 17-sentabr SSSR va Germaniya o’rtasidagi
hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimning maxfiy
moddalariga muvofiq SSSR qo’shinlari Polsha hududiga
bostirib kirdi 
1939-yil 19-sentabr qizil armiya qo’shinlari Vilnyusni
bosib oldi 
1939-yil 22-sentabr Brest-Litovskda Polshani tor-mor
keltirish operatsiyasining tugatilishi sharafiga sovet va
nemis qo’shinlarining qo’shma paradi o’tkazildi 
1938-yil 28-sentabr SSSR va Germaniya o’rtasida
do’stlik va chegaralar to’g’risida shartnoma imzolandi
1939-yil 30-noyabr — 1940-yil 12-mart sovet-fin
urushi bo’lib o’tdi 
1939-yil 14-dekabr Millatlar Ligasi SSSRni aggressor
davlat deb e’lon qildi va uni Liga a’zoligidan chiqardi. 
1940-yil O’zbekistonda 30 ta oliy, 100 ga yaqin o’rta
maxsus o’quv yurtlari ishlab turgan 
1940-yil 9-yanvar O’zbekiston SSR Fanlar komiteti
SSSR Fanlar akademiyasining O’zbekiston SSR filialiga
aylantirildi 
1940-yil 8-may O’zbekiston SSR Oliy Soveti III
sessiyasida 
matematik 
olim 
Toshmuhammad 
QoriNiyoziyning ma’ruzasi bo’yicha lotin yozuvidan krill
asosidagi o’zbek yozuviga o’tish to’grisidagi qaror qabul
qilindi 
1940-yil iyul qizil armiya Latviya, Litva, Estoniya
hududlarini bosib oldi va bu respubliklar majburiy
ravishda SSSR tarkibiga kiritildi 
1940-yil avgust SSSR tarkibida Moldaviya SSR tuzildi 
1941-yil davlatga 1,6 mln tonnadan ziyod paxta


topshirildi 
1941-yil 22-iyun tong saharda gitlerchilar Germaniyasi
o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnomaga qaramay,
to’satdan SSSRga bostirib kirdi 
1941-23-24-iyun Samarqand, Buxoro, Andijon,
Namangan, Farg’ona, Nukus va respublikaning boshqa
shaharlarida ko’p ming kishilik mitinglar bo’lib o’tdi 
1941-yil 30-iyun SSSR XKS raisi va VKP (b) MK Bosh
sekretari I.Stalin raisligida Davlat Mudofaa Qo’mitasi
tuzildi 
1941-yil 19-iyul I.V.Stalin SSSR Mudofaa xalq
komissari lavozimini egalladi 
1941-yil 8-avgust SSSR Qurolli kuchlari Oliy Bosh
qo’mondoni lavozimini egalladi 
1941-yil yozi Samarqandda 19-O’zbek tog’-otliq
diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221- 
motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi 
1941-yil sentabr-dekabr respublika hukumati xalq
xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon
ishga tushirishi to’g’risida, ichki resurslarni to’la
safarbar etish to’g’risida aniq vazifalarni belgilab berdi 
1941-yil oktabr Moskva viloyati Ximki shahridan
ko’chirib keltirilgan zavod asosida Toshkent aviatsiya
zavodi barpo etildi
1941-yil 13-noyabr Davlat Mudofaa Komitetining
‘’Milliy harbiy qo’shilmalar tashkil etish to’g’risida’’gi
qarori chiqib, unda O’zbekistonda 5 ta kavaleriya
diviziyasi va 9 ta alohida o’qchilar brigadasi tashkil
qilish zarurligi, diviziyalar tarkibi mahalliy xalqlarga
mansub 40 yoshdan katta bo’lmagan sog’lom kishilar
bilan to’ldirilshi, imkoniyat doirasida rahbariyat tarkibi
ham mahalliy millat vakillaridan bo’lishi ta’kidlandi 
1941-yil dekabr shu paytga kelib Toshkentdagi 63 ta,
respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari
mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi 
1941-yil 14-dekabr harbiy korxonalar xodimlari
urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo’shildi va shu
korxonalarga biriktirildi 
1941-yil shu yil oxirigacha ko’chirib keltirilgan
korxonalardan (100 dan ortiq keltirilgan) 50 tasi ishga
tushirildi 
1941-1942-yillar urushning dastlabki yillarida milliy
harbiy qismlarda, xususan, o’zbek diviziyalari va
brigadalarida qurol-yarog’ va o’q-dori miqdori mutlaqo
yetishmagan
1941-yil yoz – 1942-yil bahor namanganlik tarixchi
Boymirza Hayitning yozishicha, shu vaqt oralig’ida 1,7
mln turkistonlik jangchilar nemislarga asirlika tushdilar
1942-yil O’zbekistonda yangi sanoat mahsulotlarini
ishlab chiqarish 2 baravar ko’paydi
1942-yil bahorida don va texnik ekinlarni ko’paytirish
harakati natijasida qo’shimcha 220500 gektar yer
o’zlastirildi 
1942-yil SSSR hududida mehnat surgunida bo’lgan
1152 o’zbekistonlik ‘’quloqlar’’ harakatidagi armiya
safiga chaqirilib, frontga jo’natilgan 
1942-yil 27-mart SSSR Oliy Soveti Prezidiumining
farmoni bilan 26 nafar ofitser va oddiy askarlarga Sovet
Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi 
1942-yil mart Mustafo Cho’qay va Vali Qayumxon
tashabbusi bilan Turkiston legioniga asos solingan 
1942-yil yozi shu paytga kelib nemislarga asir tushgan
1,7 mln turkistonlik jangchilardan 400 ming kishi tirik
qolgan 
1943-yil sanoatning respublika xalq xo’jaligidagi
salmog’i 75 foizgacha ortdi 
1943-yil davlatga 1,5 mln tonnadan ortiq lavlagi
topshirildi 
1943-yil yozi o’zbekistonlik jangchilar Kursk va Oryol
rayonidagi janglarda, Dnepr daryosini kechib o’tishda
oldingi saflarda bo’lishdi 
1943-yil sentabr SSSR XKS raisi I.V.Stalinning qarori
asosida SSSR FA O’zbekiston SSR filiali negizida
O’zbekiston Ikkinchi jahon urushining eng qizg’in
pallasida, Toshkentda O’zbekistonda SSR FA tashkil
topdi 
1943-yil noyabr Gomel shahri atrofida Iste’dodli o’zbek
shoiri Sulton Jo’ra 33 yoshida mardlarcha halok bo’ldi 
1943-yil 4-noyabr O’zbekiston SSR FA tashkil topdi 
1943-1944-yillar totalitar tuzum rahbarlarining
farmoyishi bilan Kavkaz xalqlari (chechenlar, ingushlar,
qorachoylar, mesxeti turklari, bolqorlar), qrim tatarlari
va Volgabo’yi nemislari zudlik bilan mamlakatning
sharqiy hududlariga ko’chirildi 
1944-yil mart Bekobodda O’rta Osiyoda dastlabki
zamonaviy metallurgiya kombinati—O’zbekiston
metallurgiya zavodining 1-navbati ishga tushirildi
1944-1945-yillar o’zbekistonlik jangchilar Belorussiya,
Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo’yi respublikalari va
Rossiya Federatsiyaning g’arbiy viloyatlarini ozod
qilishda ishtirok etdilar 
1945-yil O’zbekistonda 850 ming tonna paxta
yetishtirilgan
1945-yil 26-mart Sobir Rahimov Polshadagi Gdansk
(Dansig) shahrini shturm qilish vaqtida halok bo’lgan 
1945-yil 9-may gitlerchilar Germaniyasi butunlay taslim
bo’ldi 
1945-yil avgust Yaponiyaga qarshi sovet
qo’shinlarining hujumi boshlandi
1945-yil 2-sentabr so’zsiz taslim bo’lganligi haqidagi
hujjatga qo’l qo’ydi 
1945-yil oxiri O’zbekistonning mashinasozlik sanoati
qishloq xo’jaligi va irrigatsiya ehtiyojlari uchun mashina
va uskunalar ishlab chiqarishga o’tkazildi. 
1946-yil O’zbekistonda metallurgiya zavodida yangi
prokat sexi ishga tushirildi 
1946-yil O’zSSR uchun paxta ekin maydoni 779 ming
gektar qilib belgilab berildi 
1946-yil 5-fevral SSSR hukumati ‘’1946-1953-yillarda
O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada
rivojlantirish rejasi va tadbirlari to’g’risida’’ qaror qabul
qilindi 
1946-1950-yillar Urushdan keying 4-besh yillik reja
amalga oshirilgan davr 
1947-yil 600 km dan iborat Chorjo’y-Qo’ng’irot temir
yo’li qurildi 
1947-yil dekabr mamlakatda oziq-ovqat va sanoat
tovarlariga kartochka tizimi bekor qilindi 
1948-yil ‘’Tashselmash’’ zavodi paxta terish
mashinalarning dastlabki partiyasini ishlab chiqardi 
XX asr 50-yillar boshlari O’zbekistonning tabiiy gaz
mavjud bo’lgan tumanlarda faol geolik-qidiruv ishlari
olib borishga kirishildi 
1950-yil O’zbekistonda 2222000 tonna paxta
yetishtirildi 
1951-yil ijodkor ziyolilardan Said Ahmad, Shukrullo,
Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda,
Mirkarim Osim, Ne’mat Toshpo’lat, Yong’in Mirzo,
Hamid Sulaymonov, Muhiddin Qoriyoqubov va
boshqalar (12 kishi) ‘’sovetlarga qarshi millatchilik
faoliyati’’ olib borganlikda ayblanib, qamoqqa olindi va
25 yilga ozodlikdan mahrum etildi 
1951-1955-yillar Urushdan keying 5-besh yillik reja
amalga oshirilgan davr 
1952-yil fevral O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining mafkuraviy masalalarga bag’ishlangan X
plenumi bo’lib o’tdi 
1953-yil ushbu yildan keyin ham boshqacha
fikrlovchilar ta’qib ostiga olindi va ularning ‘’eng
o’tkirlari’’ doimiy ravishda qatag’on qilib borildi 
1953-yil 5-mart KPSS MK Bosh sekretari va SSSR
Ministrlar Sovetining raisi Iosif Stalin vafot etdi 


1954-yil Nikita Xrushchev Usmon Yusupovni asossiz
tarzda respublika hukumati raisligidan olib tashlab,
Mirzacho’ldagi ‘’4-Boyovut’’ sovxoziga direktor qilib
jo’natdi 
1955-yil Stalin davrida ozodlikdan mahrum etilgan
odamlar Stalin vafotidan keyin sovet rejimi tomonidan
oqlanib, qamoqdan ozod qilindi va O’zbekistonga
qaytishdi 
XX asr 50-yillari o’rtalari shu vaqtdan boshlab
O’zbekiston havo yo’llarida yuksak tezliklar va
parvozlar davrini ochib bergan TU-104 rusumli
yo’lovchi tashuvchi samolyotlar paydo bo’ldi 
1955-1959-yillar O’zbekistonda 160 ming gektardan
ziyodroq yangi yer o’zlashtirildi 
1956-yil Buxoro viloyatida dunyodagi eng yirik va ulkan
Gazli neft-gaz koni topildi 
1956-yil O’zbekistonda paxta xarid narxlarini oshirish,
ustama mukofatlar to’lashning yangi tartibi, MTSning
to’lanadigan natura haqi stavkalarini 40 % kamaytirish,
suv uchun to’lanadigan haqni bekor qilish, mineral
o’g’itlar narxini pasaytirish joriy qilindi 
1956-yil 25-fevral KPSS XX syezdining yopiq majlisida
KPSS MK Bosh sekretari Nikita Xrushchev shaxsga
sig’inish va uning oqibatlari to’g’risida’’ ma’ruza qildi 
1958-yil 3-sentabr Navoiy kon –metallurgiya
kombinatiga poydevor qo’yilishi bilan Navoiy shahriga
asos solindi 
1959-yil mart shu vaqtgacha Sobir Kamolov
O’zbekiston Kompartiyasi Komitetining 1-sekretari
lavozimida ishlagan 
1959-yil respublika aholisi tarkibida o’zbeklarning
salmog’i 62 foizdan ortiq bo’lsa ham undagi o’zbek
ishchilarning miqdori atigi 43 foizni tashkil etgan 
1959-yil 15-mart O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining 1-sekretari lavozimiga Sharof Rashidov
saylandi 
XX asr 50-60-yillari O’zbekistonda oltin ishlab
chiqarish sanoati ancha o’sdi 
1959-1968-yillar Toshkent katta halqa avtomobil yo’li
loyihalashtirildi va qurildi 
XX asr 60-yillari shu yillardan sug’oriladigan ekin
maydonlarining kengaytirilishi natijasida Orol dengiziga
Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori
yildan yilga kamaya bordi 
1960-yil O’zbekistonda 0,4 mlrd m3 
tabiiy gaz ishlab
chiqarilgan 
1960-yil Butunittifoq bo’yicha gaz ishlab chiqarishda
O’zbekistonning ulushi 1 foizni tashkil etgan 
1961-yil Mirzacho’l shaharchasi Guliston shahriga
aylantirildi 
1961-yil Dunyodagi eng yirik Muruntov oltin koni ishga
tushirilgan 
1963-yil Muruntov oltin konida dastlabki sof quyma
oltin (999,9 probali) tayyorlangan 
1966-yil shu yil bo’lgan zilziladan so’ng Sharof
Rashidov Toshkentni qayta tiklash ishiga u ko’p kuchquvvat 
va g’ayratni sarfladi 
1969-yil ‘’Tashavtomash’’ zavodi bazasida Toshkent
traktor zavodi (TTZ) barpo etildi 
XX asr 60-80-yillari avvalgi davrlarga nisbatan
xalqning turmush darajasi nisbatan yaxshilandi, uning
moddiy ahvolida ijobiy o’zgarishlar yuz berdi 
XX asr 60-80-yillari O’zbekistonda asrlar mobaynida
shakllangan va mintaqaning tub yerli xalqlari
vakillaridan iborat bo’lgan aholining ko’p millatli tarkibi
sovet hokimiyati yillarida, xususan shu yillarda
yevropalik turli xalqlar va
boshqalar hisobiga kengayib borgan 
XX asr 60-80-yillari tabiat va atrof-muhitni muhofaza
qilish muammosi, asosan, inson faoliyati natijasida,
ya’ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib
va chuqurlashib borishi sababli paydo bo’ladi va bu
muammo shu yillarda bashariyat uchun katta xavf
tug’dirdi 
XX asr 70-80-yillar respublikada har yili taxminan 50
tonna atrofida sof oltin quymasi tayyorlangan 
1975-yil O’zbekistonda 33,7 mlrd m3 
tabiiy gaz ishlab
chiqarilgan 
1975-yil Butunittifoq bo’yicha gaz ishlab chiqarishda
O’zbekistonning ulushi 20 foizni tashkil etgan 
1977-yil 7-oktabr SSSRning yangi Konstitutsiyasi
qabul qilindi va unda milliy respublikalar huquqini rasmiy 
chekladi va Markazga keng vakolatlar olib berdi 
1977-yil noyabr Toshkent metropolitenning 1-navbati
ishga tushirildi 
XX asr 80-yillari shu davrga kelganda sovet rejimi,
uning siyosiy tizimi va xo’jalik yurutish usullari o’zining
rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshladi 
1980-yil bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida o’lim har
ming bolaga nisbatan 46,5 taga yetdi 
1980-1985-yillar paxtachilik va chorvachilik har yili 30
mlin rubldan zarar ko’rdi 
1981-yil respublikada kimyoviy moddadan
foydalanishni taqiqladi, ammo ayrim xo’jaliklar bu
kimyoviy moddalardan foydalandilar 
1982-yil aprel Navoiy viloyati tashkil qilindi 
1982-noyabr KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy
Soveti Prezidiumi raisi Leonid Brejnev vafot etdi 
1982-1985-yillar Butun mamlakat siyosiy hayotida
ko’plab o’zgarishlar bo’ldi va bunday o’zgarishlar
O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi 
1983-yil boshlari SSSR Bosh prokurori huzurida
alohida muhim ishlar bo’yicha maxsus tergovchilar
guruhi tuzilib O’zbekistonga yuborilgan
1983-yil oktabr O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komiteti 1- sekretari Sharof Rashidov vafot etdi 
1984-yil 23-iyun shu sanada bo’lib o’tgan O’zbekiston
Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi
O’zbekiston SSRning siyosiy hayotida mash’um rol
o’ynadi 
1985-yil shu yildan butun mamlakatda qayta qurish
siyosati boshlandi 
1985-yil 11-mart Mixail Gorbachyov KPPS MK Bosh
sekretari lavozimiga saylandi 
1985-yil 2-iyul Andrey Gromiko SSSR Oliy Soveti
Prezidiumi raisi lavozimiga saylandi 
XX asr 80-yillari o’rtalari respublikada 90 ming tonna
pestitsidlar qishloq xo’jaligida qo’llanildi. 



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling