Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Yakuniy bayonnoma – sportchilarning yengil atletika musobaqalari 
bo‘yicha egallagan o‘rni, eng yaxshi natijalari qayd qilingan hujjat 
hisoblanadi. 


603
Kvalifikatsion musobaqa – final musobaqasida ishtirok etish 
uchun eng yaxshi sportchilarni saralab olishda uloqtirish va sakrash 
yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘tkaziluvchi musobaqa turi 
hisoblanadi. 
Nayza  yengil atletika sport turida uloqtirish anjomi bo‘lib, uchta 
asosiy qismdan tashkil topgan: jumladan, dasta, metaldan yasalgan 
uchlik va o‘rama qismi. Dasta qismi butun yoki ichi bo‘sh holatda 
ishlangan bo‘lib, metaldan yasaladi va metal uchlikka mahkamlanadi, 
metal uchlik o‘tkir oxirgi qism bilan tugallanadi. Nayzaning og‘irligi 
600, 700, 800 gramm, uzunligi ayollar uchun 2,20–2,37, erkaklar 
uchun 2,60 – 2,70 metrni tashkil qiladi (sportchilarning jinsi va yoshi-
ga bog‘liq holatda).
Kross – kesishuvchi joy bo‘ylab o‘rta va uzoq masofaga yugurish 
hisoblanadi. Bu sport turi Olimpia o‘yinlari turi sifatida qayd qilin ma-
gan.
Krossovka – chigil yozdi yugurish mashqlari va kross masoba-
qalarda yugurish maqsadlarida mo‘ljallangan, maxsus yengil atletika 
sport oyoq kiyimi hisoblanadi. 
Yengil atletika – yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ushbu 
sport turlari umumiyligi ko‘rinishidagi ko‘pkurash bellashuvlaridan 
tashkil topgan mashqlar hisoblanadi. 
Yengil atletika uloqtirish mashqlari – sporchining vazifasi 
sport anjomini (snaryad) iloji boricha maksimal uzunlik masofasiga 
uloqtirishdan tashkil topgan, bunda albatta, uloqtirishning ma’lum 
bir aniq turi bo‘yicha belgilangan texnika tartib va qoidalariga amal 
qilinishi talab etiluvchi, guruh holida bajariluvchi yengil atletika turi 
hisoblanadi. Yengil atletika uloqtirish mashqlari 4 ta turni o‘z ichiga 
oladi: jumladan, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, bosqon uloqtirish va 
yadro itqirish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling