597
- usul harakat omillari birgalikda aniq bir
mustahkamlikka ega
bo‘lishlari kerak, ya’ni tekshirish ob’yektini shunday holini aks
ettirishi kerakki, u tajriba omillar harakati orqali chaqirilgan bo‘lsin.
- usul boshqacha holatlarga nisbatan aniq
tanlash qobiliyatiga ega
bo‘lishi kerak, ya’ni aks ettirilishi kerak bo‘lgan narsani tekshirish
topshirig‘iga muvofiq qayd qilinishi kerak.
- usul hajmga ega bo‘lishi kerak, ya’ni maksimal ma’lumot berishi
kerak.
- usul unumli va ishonchli bo‘lishi kerak, ya’ni o‘xshash natijalar
berish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Quyidagi shartlarda ularni
ko‘rish mumkin:
a) ekspermentator bir necha bor faqat bir guruh shug‘ullanuvchilar
bilan tekshirish o‘tkazish;
b) bir eksperementator o‘xshash guruh shug‘ullanuvchilar bilan
tekshirish o‘tkazish;
v) turli eksperementatorlar bir guruh shug‘ullanuvchilar bilan
tekshirish o‘tkazish.
Tekshiruvchilarni tanlash va tekshirish
usulini tanlashdan keyin
yordamchlarni tayyorlash zarur. Hujjatlarni tayyorlab qo‘yish,
tekshirish shartlarini tashkil qilish kerak.
Tekshirish natijalarini imkoni boricha tamom bo‘lishi bilan
ishlab chiqish zarur. O‘rnatilayotgan hodisalarni sonini baholashda
matematik statistika usulini ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: