Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Pedagogik tajriba ilmiy-tekshirish uslubiga o‘xshab, tekshi-
ruvchiga ikkinchi darajali ta’sirlarni bartaraf qilishda zarur sharoitni 
tug‘dirish ko‘zda tutiladi.
Tajriba o‘tkazish jarayonida shartlarni tekshirish jarayonida 
tekshiruvchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligi ko‘zda 
tutiladi. Uning shartlari esa ko‘p yoki kam darajada jismoniy tarbiya 
jarayonini o‘ziga xos sharoitidan farq qiladi. Darajasiga bog‘liq 
bo‘lgan holda shart-sharoitlar o‘zgarishini shunday farqlanadi: tabiiy, 
modelli va laboratoriya sharoitidagi tajribalar.
Tajriba ayrim faktlarni aniqlashga yoki biron-bir ko‘rsatkichlarni 
taqqoslashga qaratilishi mumkin. Tajriba oxirida jismoniy tay yor-
garligi, yoshi, jinsi o‘xshash gruppalar qatnashadi, lekin mashg‘-
ulotlarni biron-bir faktlari bilan (ya’ni yuklama-ning hajmi, mashg‘-
ulotlarning yo‘nalishi va boshqalar) farq qiladi. Umumiy qabul 
qilingan qo‘llanma bo‘yicha shug‘ullanadigan guruhlarni nazorat 
guruhlari deb, boshqalarni esa tajribali guruhlari deb ataladi. Tajribani 
yakunlash uchun matematik statistika usullardan foydalaniladi.
3.2. Yengil atletika mashqlari texnikasini tahlil qilish
Amaliy mashg‘ulotlarda har bir talaba sakrash, yugurish, irg‘itish 
va itqitish texnikasi elementlarini baholash mahoratini egallamog‘i 
kerak.
Texnikaning eksport bahosi. Mashqlar texnikasini eksport 
bahosi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishda mashqlanayotganlar 
3 ta guruhga bo‘linadi – A, B, V. Hamma talabalar bilan o‘tkazilgan 
mashqlarni umumiy qismidan keyin A guruh masofaga yugurish 
texnikasini ko‘rsatishga tayyorlanadi. B Guruh va V guruh mashg‘ulot 
uchun joy tayyorlash, tajriba olib boruvchilar joylashishini aniqlash 
bilan shug‘ullanadilar. Keyin A guruhdagi har bir talaba 60-10 m 
ga bo‘lgan yugurishni bajaradi, tajriba olib borayotganlar texnikani 
bahosini o‘tkazadilar. Undan keyin A guruh tajriba olib boruvchilar 
guruhiga o‘tadilar va B guruhsi bilan birgalikda uzunlikka sakrash 
texnikasi bahosini o‘tkazadilar. So‘ngra V guruhsi yadroni otishni 
ko‘rsatadilar, A va B guruhlari tajriba qiluvchilar holida chiqadilar. 


591
Texnikaning har bir elementi 5 ball tizimida baholanadi. Yaqin 
masofaga yugurishda start, start olib yugurish, masofa bo‘yicha 
yugurish va marraga etib kelish baholanadi. Uzunlikka sakrashda 
dastlabki holat, tez yugurish, zarb bilan itarilish, sakrash, erga tushish 
baholanadi.
Ballarni jamini chiqarishda o‘rta arifmetik baho aniqlanadi, bun-
dan tashqari, juda yaxshi bajarilgan mashqlar ballarining jami 100 
ga ko‘paytiriladi. Shundan keyin, mashqlarni bajarilish texnikasiga 
muvo fiq foizi belgilanadi.
Shunga o‘xshash tarzda yengil atletikaning qolgan turlari texnika-
sining eksport bahosi o‘tkaziladi.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling