Yengil atletika va uni
Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
2.2. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
Musobaqa oldi davrida butun dastlabki tayyorgarlik ishlari tugab, bevosita mazkur musobaqa hujjatlari bilan ishlash boshlanadi. Bosh kotib ish tartibini tuzib, talabnomalarni qabul qilishdan to musobaqa haqida hisobotni chiqarguncha bo‘lgan davrda kotibiyatda ishlash uchun ajratilgan har bir hakamga ish joyini belgilab beradi. 581 Kotib hakamlarni ikkita asosiy ish uchastkasiga taqsimlash zarur: talabnomalarni qabul qilish va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash. Tayyorgarlik ishlari musobaqaning barcha kotib hakamlariga ko‘rsatmalar berish, ularga kotibiyat tanlagan ish tartibining xu susi- yatlarini, shuningdek,, butun hakamlar hay’atining ishlash texno- logiyasini tushuntirishni o‘z ichiga oladi. Bunda har bir hakam o‘z vazifasi hamda hujjatlar almashinuvi sxemasini – kimdan qanday hujjatlar olishini, ular bilan nima qilishini, kimga etkazib berishini, qanday yangi hujjatlar tayyorlashi va h.k.ni bilishiga ishonch hosil qilish kerak. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish – koti- biyatning kelajak faoliyatidagi eng mas’uliyatli amallardan biri. Bu vaqtda ishning xususiyati uni amalga oshirish sxemasiga mos bo‘lishi lozim. Uning o‘ziga xos jihati – ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish uchun mas’ul bo‘lgan hay’at, kotibiyat hamda xo‘jalik ta’minoti xizmati faoliyatining bir vaqtda olib borilishidir. Barcha guruhlarning bir xonada joylashuvi jamoalar vakillariga o‘z jamoalarining mazkur bellashuvda ishtirok etishini tez rasmiylashtirish imkonini beradi. Eslatma: Halqaro musobaqalar o‘tkazilganda, talabnomalar faks orqali yuboriladi. Bunda kotibiyat talabnomani vakil bilan tekshiradi, zarur bo‘lsa, unga o‘zgarish kiritadi va ishtirokchilarga raqamlarini beradi. Barcha jamoalarning talabnomalari sharti bilan kechki kengashga butun dastur bo‘yicha start qaydnomalari tayyorlanadi. Bosh kotib talabnomani qabul qilayotganda uning musobaqalar Nizomiga muvofiq rasmiylashtirilishini talab qilishi shart. Ayni vaqtda kotibiyatga ishtirokchilarning to‘ldirilgan varaqalari topshiriladi. Har bir varaqadagi sportchini mavsumdagi eng yaxshi natijasi shaxsiy varaqada va shu bilan birgalikda ko‘krak raqami ham yozilgan bo‘lishi shart. Murabbiyi ham yoziladi. Talabnomalarga ishlov berilgach, ular papkaga tikiladi, varaqalar dastur nomerlari bo‘yicha taxlanadi va musobaqaning ishchi hujjatlarini tayyorlash uchun taqdim etiladi. 582 Ishtirokchilar chiqishlarining ketma-ketligi yengil atletika bo‘yi cha musobaqa o‘tkazish halqaro qoidalariga muvofiq aniqlanadi (Qoida- larga q.). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling