Yengil atletika va uni


Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

2.3. Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish
Musobaqaning barcha hujjatlari shartli ravishda uch guruhga 
bo‘linadi:
-musobaqalarga qadar;
-musobaqalar vaqtida;
-musobaqalardan keyin bosib chiqariladigan hujjatlar.
Ko‘pgina hujjatlarni tayyorlash uchun ishtirokchining varaqasi 
asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ishda qulaylik yaratish uchun varaqalar dastur nomerlariga qarab 
xatjildlarga joylanadi va har birining ustiga dastur turi, jinsi, rekordlari
razryad me’yorlari, keyingi davraga chiqish shartlari; mazkur turda 
ishtirokchilar soni, start vaqti yozib qo‘yiladi.
Ishchi qaydnomalar hakamlik blanklariga bosib chiqariladi va 
ularda mazkur davra to‘g‘risidagi ma’lumotlar – musobaqalarning 
nomi va dastur nomeri, musobaqaning boshlanish vaqti, o‘tkazilish 
joyi, rekordlar, malakaviy me’yorlar hamda sportchilarning poyga 
(guruhlar, seriyalar, joylar) bo‘yicha ro‘yxatlari albatta ularning qur’a 
bo‘yicha chiqish ketma-ketligiga ko‘ra yoziladi.
Ishchi qaydnomalarining nusxasi start qaydnomalari o‘rnida 
ishlatilishi mumkin. 
Kotibiyat tomonidan chiqariladigan start qaydnomalari miqdori 
(adadi) quyidagicha aniqlanadi:
Ma’muriyat
 rasmiy shaxslar va mehmonlar soniga ko‘ra;
Ishtirokchi jamoalarga
 vakillar orqali bir nusxadan chiqarilib, umumiy 
foydalanish uchun e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi;
Matbuot uchun
 matbuot markaziga barcha hujjatlar 1-2 nusxadan 
jo‘natiladi;
Hakamlar hay’atiga
 papkalarga joylanib, guruh va xizmatlarning nomi 
yozib qo‘yiladi.


583
Ishchi hujjatlarning to‘plamlari:
–musobaqa Reglamenti;
–musobaqa Jadvali;
–toza qog‘oz varaqlari;
–ishchi qaydnomalar (taxminiy miqdori – yugurish turlariga – 9, 
texnik turlar – 7).
Ishchi qaydnomalardan tashqari hakamlar guruhlari papkalariga 
hakamlik blanklari ham joylanadiki, ular musobaqa o‘tkazish uchun 
zarur hisoblanadi.
Masalan,marradagi hakamlar guruhi uchun:
-marradagi katta hakam qaydnomalari;
-katta vaqt o‘lchovchi qaydnomalari;
-davralar bo‘yicha yugurish va oraliq vaqt hakamlari qaydnomalari;
-masofadagi hakamlarning yozuvlari blanklari joylanadi.
Sportcha yurish bo‘yicha hakamlar uchun – yurish bo‘yicha 
hakamlar yozuvlari, jamlovchi qaydnoma, uslub bo‘yicha hakam 
qaydnomasi va h.k. blanklar taxlanadi.
Agar ishtirokchilarning varaqalariga natijalar hakamlar guruhlari 
kotiblari tomonidan yozilsa, u holda papkalarga varaqali xatjildlar 
ham joylanadi, bunda guruhdagi kotiblar soni bir nafar hakamga 
ko‘paytiriladi. 
Papkalarning taxminiy miqdori va ularning kimlar uchun 
tayyorlanishi:
–ishtirokchilar qoshidagi hakam;
–startyor;
–marra;
–axborot;
–fotomarra;
–tablo;
–shamol tezligini o‘lchash;
–sakrashlar: uzunlikka, uch hatlab, langarcho‘p bilan, balandlikka;
–uloqtirishlar: yadro, disk, nayza, bosqon.
Har qanday darajadagi musobaqada kotibiyat e’lonlar taxtasini 
o‘rnatishi lozim.


584
E’lonlar taxtasi vakillar va sportchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan 
joylarda (masalan, ishtirokchilar yig‘iladigan joyda va kotibiyat 
yaqinida) o‘rnatiladi. 
Start qaydnomalari va natijalarni alohida joylashtirish maqsadga 
muvofiq. Jamoalarga oid ma’lumotlarni Nizom, Reglament, jadval 
bilan bir taxtaga joylashtirgan ma’qul.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling