Yengil atletikaning osiyoda rivojlanishi tarixi


Sprint yoki qisqa masofalarga Yugurish


Download 28.93 Kb.
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi28.93 Kb.
#1466248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YENGIL ATLETIKANING OSIYODA RIVOJLANISHI TARIXI

Sprint yoki qisqa masofalarga Yugurish deb ataladigan stadionda va manejda o’tkaziladigan masofalar: 30, 60, 100 m (O), 200 m (O), erkaklar va ayollar uchun bir xil.
Uzoqqa sprint stadionda va manejda o’tkaziladi. Masofalar: 300, 400 m (O), 600 m, erkaklar va ayollar uchun bir xil.
Chidamlilikka Yugurish:
- o’rta masofalar: 800 m (O), 1000, 1500 m (O), 1 mil – erkaklar va ayollarda stadionda va manejda o’tkaziladi;
- uzoq masofalar: 3000, 5000 m (O), 10000 m (O) – stadionlarda (manejlarda – faqat 3000 m) o’tkaziladi, erkaklar va ayollar uchun bir xil;
- o’ta uzoq masofalar – 15; 21.0975; 42,195 m (O); 100 km – shosseda o’tkaziladi (start va finish stadionda o’tkazilishi mumkin), erkaklar va ayollar uchun bir xil;
- ultra uzoq masofalar – bir kechaYu-kunduz davom etadigan Yugurish stadionda yoki shosseda o’tkaziladi, ham erkaklar, ham ayollar qatnashadi. SHuningdek, 1000 milga (1609 km) va 1300 milga (uzluksiz Yugurishning eng uzoq masofasiga) Yugurish bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi.
G’ovlar osha Yugurish – tuzilishiga ko’ra aralash tur, u tezlik, tezlik chidamliligi, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilinishini taqozo qiladi. Erkaklarda va ayollarda, stadionda va manejda o’tkaziladi. Masofalar: 60, 100 m (O), 400 m (O) ayollarda; 110 m (O), 300 m va 400 m (O) erkaklarda (oxirgi ikki masofa faqat stadionda o’tkaziladi).
To’siqlar osha Yugurish – tuzilishiga ko’ra aralash tur, u maxsus chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlikning namoyon qilini-shini taqozo etadi. Erkaklar va ayollarda stadionda hamda manejda o’tkaziladi. Ayollarda masofalar – 2000m, 3000m (O), erkaklarda masofa – 2000, 3000 m (O).
Estafetali Yugurish – tuzilishiga ko’ra aralash tur, u tezlik, tezlikka bo’lgan chidamlilik va chaqqonlikning namoyon qilinishini talab etadi. Olimpiya tur hisoblanadigan 4x100 m va 4x400 m ga Yugurishlar erkaklarda va ayollarda stadionda o’tkaziladi. Manejda 4x200 m va 4x400 m ga estafetali Yugurish bo’yicha musobaqalar erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham o’tkaziladi. Shuningdek, stadionda 800, 1000, 1500 m va har xil masofalarda musobaqalar o’tkazilishi mumkin. SHahar ko’chalari bo’ylab uzunligi, soni va kontingenti har xil bo’lgan erkaklar va ayollar aralash estafetalar o’tkaziladi. Avvallari shved estafetalari deb nomlanadigan estafetalar keng ommalashgan edi: 800+400+200+100 merkaklarda, 400+300+ +200+100 m – ayollarda.
Kross Yugurish tabiy sharoitda, ochiq havoda shahar hiyobonlari, aholi yashash joylaridagi katta yo’llarda o’tkazilib, Yuguruvchilardan maxsus va umumiy chidamlilikni namoyon qilinishini talab etadi. Erkaklarda masofa – 1, 2, 3, 5, 8, 12 km, 14km.; ayollarda – 1, 2, 3, 4, 6 km.

Download 28.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling