Yengil qilishda, ma'nan mushkul va kuchli aqliy zo‘riqishni talab qiluvchi ishlarni


Download 397.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana14.03.2023
Hajmi397.68 Kb.
#1268425
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Exspert tizimlar

Ekspert tizimni qo'llash mezoni 


26 
Bir qator masalalar borki, ularni bilimlarga asoslangan tizimda yechimini topish 
istalgan boshqa yo'llar bilan topishdan oson kechadi. Bu tizimlardan foydalanilganda 
quyidagi mezonlarga asoslangan holda ish yuritiladi: 
• Ma'lumot va bilimlar ishonchli, vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi; 
• Bo'lishi mumkin yechimining ko'lami katta emas; 
• Masala yechimini topishda formal fikrlamaydi. Bilimlarga asoslangan tizimlar 
borki, ular masala yechimini abstrakt tushunchalar yordamida yecha olmaydilar. 
Masala yechimi protsedura tahliliga bog'liq bo'lgan hollarda bilimlarga asoslangan 
tizimlarga nisbatan, oddiy dastur mahsulotlari yaxshiroq natija beradi. Bilimlarga 
asoslangan tizimlar ko'proq formal fikr yuritish kerak bo'lgan hollarda yaxshi natija 
beradi; 
• hech bo'lmaganda, o'z bilimlarini shakllantirib, ularni masala yechishdagi 
usullarini asoslab bera oladigan bitta bo'lsa ham ekspert bo'lishi kerak. 
ET larni quyidagi masalalarni yechishda qo'llash maqsadga muvofiq emas: 
1. Oddiy matematik usul bilan, formal o'zgartirish va protsedura tahlili 
yordamida yechiladigan masalalarda
2. Aniqlash masalalarida, chunki ular raqamli usullar yordamida yechiladi; 
3. Yechimi haqida ma'lumot bo'lmagan masalalarda. 
Hatto, hozirda katta EHM da ham, kichik EHM da ham yaxshi ishlaydigan 
ekspert tizimlar, odam ekspertga nisbatan ma'lum chegaralanishga ega. 


27 
1. Ko'pchilik ET foydalanuvchi tomonidan ishlatishga yaroqli emas. Agar siz bu 
tizimlar bilan avvaldan ishlamagan bo'lsangiz, unda siz katta qiyinchiliklarga duch 
kelishingiz mumkin. Ko'pchilik tizimlar faqatgina bilimlar bazasidan yaratuvchi 
ekspertlar tomonidan foydalanishlari mumkin. 
2. Odatda bu tizimlarda qo'llaniladigan savol-javob rejimi, yechimni olishni 
qiyinlashtiradi. Masalan, MYCIN tizimidan foydalanmagan vrach, tizimdan 
foydalanganga nisbatan yechimga tezroq ega bo'lishi mumkin (ko'pgina hollarda 
shunday bo'ladi). 
3. Ekspertiza seansidan keyin tizimni ishlata bilish darajasi o'zgarmaydi. 
4. Ekspertlardan olingan bilimlarni mashinada effektiv holda ishlatadigan 
ko'rinishga keitirish haligacha muammoligicha qolmoqda. 
5. ET larni o'qitish mumkin emas, ular ongli fikrlay olmaydi. Uy mushugi 
maxsus o'rgatmasdan ham oddiy vazifalarni bajarishi mumkin, yosh bolaning 
idishdagi suvni ustiga ongli holda to'ka olmasligi tabiiy holdir, lekin Komp’yuter 
klaviaturasiga kofeni to'ka boshlasangiz, uning klaviaturani tortib olishga «aqli» 
yetmasligi aniqdir. 
6. ET larni katta predmet sohada qo'llab bo'lmaydi. Ulardan foydalanishda 
ekspert bir necha minut yoki bir necha soatda yechimni bera olishi mumkin bo'lgan 
kichik predmet sohalar bilan chegaralangan. 
7. Ekspertlar bo'lmagan soha (masalan, astrologiya) da ET lardan foydalanib 
bo'lmaydi. 
8. ET larni faqat kognitiv masalalarni yechish uchun jalb qilish maqsadga 
muvofiq. Tennis, velosiped poygasi ET uchun predmet soha bo'la olmaydi, lekin bu 
tizimlarni futbol komandalarini tahrirlashda ishlatish mumkin. 


28 
9. Agar natijaning formal usullari yoki shu masalaga o'xshash masala bo'lmasa, 
inson-ekspert yechimni topish uchun masalaga ongli yondashadi. 
10. Yechim ming xil hodisa va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan 
o'zgaruvchilarga bogiiq bo'lsa, bilimlarga asoslangan tizimlar to'liq tahlil uchun 
yaroqsiz ekanligi kelib chiqadi. Bunday hollarda oddiy tildagi ma'lumotlar bazasi 
interfeysini ishlatgan ma'quldir. 

Download 397.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling