Yer bozori va yer rentasi. Qishloq xo’jaligida narx shakllanishi


-rasm. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi 1 .   - Yaim dagi ulushi -


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana03.11.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1741705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Yer-bozori-yer-rentasi

1-rasm. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi
1


- Yaim dagi ulushi - - Mahsulotning o’sishi (% da) 
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha 
sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. 
1
“Almanac O’zbekiston 2010” 



Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu 
yerda takror ishlab chiqarish ko’p jihatdan tirik organizm (xayvon, o’simlik va 
boshqalar) bilan ham bog’liq. 
Yer boshqa mahsulotlardan o’zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi; 
* Yer miqdori o’zgarmas, 
* Yerning ko’chmasligi, 
* Yerga hech bir o’rinbosar resurs yo’q. 
Bu xususiyatlar yerning iqtisodiyotda qanchalik muhim ahamiyatga egaligini 
ko’rsatadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida muhim o’rin tutuvchi paxtachilik va boshqa muhim 
sohalardagi muammolarni hal etish bugunki kunda agrar sektorning dolzarb 
mavzularidan biriga aylangan. O’zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy 
boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan 
foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerning boshqa ishlab 
chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, 
eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. 
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning 
omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bu omillar yer bozori, yer bozorini 
tartibag soluvchi meyorlar va yuzaga keluvchi munosabatlarning shakllanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
Yer bozori haqida tushuncha 
Iqtisodiy nazariyada yer deganda, yer maydoni va undagi tabiiy boyliklar 
tushuniladi, yani, undagi qazilma boyliklar, yerning hosildorligi va hokazolar. Bunda 
biz yerning ustki qatlamini nazarda tutamiz, yani undan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
yetishtirishda yoki qurilishda foydalanish mumkin.
Shu jihatdan yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlarida va noqishloq xo’jaligi 
maqsadlarida ishlatiladigan yerlarga bo’linadi. 



O’zbekiston Respublikasida Yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan
yani yer-kadastr hujjatlarida aks ettiriladigan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi 
toifalarga bo’linadi: 
1) qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun 
berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan 
yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, 
pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan 
yerlarga bo’linadi; 
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) 
yerlari-shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi 
doirasidagi yerlar; 
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar 
– ko’ rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 
4) tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga 
mo’ljallangan yerlar-alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy 
davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm 
uchun foydalaniladigan yerlar; 
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tarixiy-madaniy yodgorliklar 
joylashgan yerlar; 
6) o’rmon fondi yerlari-o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan 
qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 
7) suv fondi yerlari-suv ob'ektlari, suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar va 
suv ob'ektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 8) zaxira yerlar. 
Respublika aholisining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini va 
bu sohaning muhimligini hisobga olgan holda yerlarning katta qismi shu sohaga 
ajratildi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling