Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja


Download 239.76 Kb.
bet4/8
Sana25.12.2022
Hajmi239.76 Kb.
#1064926
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yer osti kon lahmlari

Gorizontal lahimlar.
Gorizontal yoki foydali qazilma yoki jins qalinligiga ozgina qiya o‘tkaziladigan lahimlar gorizontal lahimlar deyiladi. Ularga shtolnya (yo‘lak), kvershlag (tog‘ qazilmasi), shtrek, ort (tog‘ qazilmasi), tor yo‘l kiradi.
SHtolnya (yo‘lak) – deb konga yuzadan gorizontal yoki ozgina qiya o‘tkaziladigan, ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lgan, yer osti kon ishlari uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan lahimga aytiladi. SHtolnya ko‘ndalang hamda notekis joylar, ayniqsa tog‘li relef sharotida jinslar yoyilishi bo‘ylab o‘tkaziladi. Ishlatilish vazifasiga ko‘ra, shtolnyalar qidiruvchi va foydalanuvchi (konni ishlash uchun), shuningdek, tortib oluvchi, shamollatuvchi va suv qaytaruvchilarga bo‘linadi.
Kvershlag – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, aralash jinslar bo‘ylab kon yoyilishiga ko‘ndalang o‘tkaziladigan, transport, shamollatish, kishilar harakatlanishi, suv qaytishi, elektr simlari va aloqa liniyalari uchun qo‘llaniladigan gorizontal (ayrim hollarda qiya) kon lahimi.
Shtrek – gorizontal ( qiyalik burchagi O – 3° dan oshmagan), kon joylashishining yoyilishi bo‘ylab yoki uning gorizontal joylashuvida har qanday yo‘nalishda qiya o‘tkaziladigan yer osti kon lahimi. SHtrek foydali qazilma bo‘ylab (yondosh jinslarni tarashlab yoki tarashlamasdan) yoki jinslar bo‘ylab (maydonli) o‘tkazilishi mumkin. SHtrek kvershlag bajargan vazifani bajaradi.
Ort – gorizontal ( qiyalik burchagi O—3° dan oshmagan), ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan, kon yoyilishiga ko‘ndalang o‘tkaziladigan (tik va qiya tushishda) lahim. Ort odatda qalin qatlam (uyum) larning osilgan va yotgan yonlaridan o‘tadigan lahimlar birlashishi uchun xizmat qiladi.
Tor yo‘l – deb qatlam yoki uyum yoyilishi bo‘ylab, odatda, foydali qazilma qalinligida o‘tkaziladigan, shamollatish, kishilar harakatlanishi va yuk ortish uchun mo‘ljallangan yer osti kon lahimiga aytiladi. Tor yo‘l, odatda, shtrekka parallel o‘tkaziladi va u bilan pech yordamida birlashadi. Tor yo‘l shtrekni o‘tkazishda etarli sharoitni ta’minlash uchun, shuningdek, tozalash lahimlarining o‘ziga yondosh bo‘lgan o‘yilgan lahimlar bilan birlashishi uchun zarurdir.

Download 239.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling