Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja
Download 239.76 Kb.
|
Yer osti kon lahmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirma
Tozalash lahimlari.
Tozalash lahimlari – o‘yish amalga oshiriladigan foydali qazilma qatlami yoki uyumlari (belgilanganidek, yondosh jinslarni tarashlamasdan) bo‘ylab o‘tkaziladigan lahimlar. Tozalash lahimlari kenglikda uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan siljiydi (qayta tiklanadi), ularning ko‘ndalang kesim shakli va uzunligi ishlanayotgan qatlam, rudali jismlar, uyumlar qalinligi va tushish burchagiga va texnologiyalarga bog‘liq; tozalash lahimlariga lavalar (kon qazish yo‘llari) va kamyeralar kiradi. Lava – katta masofali (bir necha o‘n metrdan yuzlab bir necha yuzlab metrgacha) yer osti tozalash lahimi, bir yoni foydali qazilma massividan (lava qazish joyidan), boshqa bir yoni to‘lg‘azma matyerial devoridan yoki ishlangan kenglikning o‘pirilgan jinslaridan hosil bo‘lgan. Lava transportli (tortib oluvchi yoki konveyerli) va shamollatuvchi o‘yilgan shtreklarga (yurish yo‘llari – tushish, ko‘tarilish bo‘ylab surilishida) yoki tor yo‘llarga chiqishga ega. Lavaning quyidagi asosiy elementlari mavjud: zaboy (qazish joyi) – ishlanayotgan foydali qazilma yuzasi; ishlangan kenglik – foydali qazilma massivining chiqarib olingan qismi; ishchi kenglik – zaboy tekisligi va mustahkamlagich (krep) bilan tutib turiladigan ishlangan kenglik o‘rtasidagi maydon; zaboy oldi kengligi – zaboyga bevosita tutashgan ishchi kenglik qismi. Tozalash kamyerasi – foydali qazilma qazib chiqariladigan uncha uzun bo‘lmagan kon lahimi. Odatda kamyeralar oralig‘ida shipni tutib turishga xizmat qiladigan kamyeralar oralig‘i seliklari qoldiriladi. Kirma – tozalash kamyerasidan yoki o‘yish pechlaridan o‘tkaziladigan, kamyeralar oralig‘i seliklaridan ko‘mirni o‘yib olishga xizmat qiladigan qisqa kon lahimi. Stvol oldi maydoni – shaxta stvoli (stvollari)ning qolgan barcha shaxta lahimlari bilan birlashishi uchun, ayrim umumshaxtaviy ishlab chiqarish xizmatlari ni(suv qaytarish, elektropodstansiya, garaj, yong‘inga qarshi inventarlar ombori va b.) joylashtirish uchun xizmat qiluvchi lahimlar to‘plami. Stvol oldi maydoni shaxtadan yuzaga byeriladigan ( foydali qazilma, tog‘ jinsi) barcha yukni o‘tkazadigan, shuningdek, yuzadan kiradigan mahkamlovchi, to‘lg‘azmali va boshqa matyerialli, jihozli vagonetkalarni o‘tkazadigan asosiy yer osti stansiyasi sanaladi. Bundan tashqari, stvol oldi maydoni kishilar bor tarkib harakatining oxirgi punkti sanaladi. Download 239.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling