Yer osti suvlarining balansi va zaxirasi


Download 0.64 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1554629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yer osti va sizot suvlarini ekinlarni sug’orishdan foydalanishi

Gidrogeologik s`yomka. Gidrogeologik sharoit kartasini tuzish maksadida utkaziladigan dala ishlari kompleksidir. S`yomka suv olish inshooti kuriladigan uchastkani tanlash, sun`iy suv xavzalarini baxolash, rayonning umumiy gidrogeologik sharoitini asoslashga xizmat kiladi.
Bajariladigan ishlarning maksadiga, rayonning urganilganlik darajasiga va loyixalash boskichiga karab gidrogeologik s`yemka turli masshtablarda bajariladi.
Gidrogeologik s`yomka yirik masshtabda (1:50000 va undan yirikrok), urtacha masshtabda, kichik masshtabda utkaziladi. Yirik masshtabdagi gidrogeologik s`yomka suv olish inshootlarini loyixalash bilan boglik bulgan maxsus konkret masalalarni xal kilish uchun utkaziladi. Urtacha masshtabdagi s`yomka suv ta`minoti sxemasini asoslash, gidrogeologik sharoitni umumiy baxolash uchun xizmat kiladi.
Gidrogeologik s`yomka jarayonida ma`lum yunalishlar buyicha geologik, gidrogeologik, geomorfologik, geobotanik va boshka kuzatish ishlari olib boriladi. Asosiy etibor rayonda tarkalgan yer osti suvlarining yer yuzasiga chikish uchastkalariga beriladi.
S`yomka masshtabiga mos ravishda xar xil mufassallikda urganilgan buloklar kartaga tushiriladi. Bundan tashkari, kuduklar, burg kuduklari, botkokliklar, suv olish inshootlari kartaga tushiriladi, suvlardan va tog jinslaridan namunalar olinadi. Yer osti suvlari bilan yer usti suvlarining uzaro boglikligi aniklanadi, suvli gorizont kursatkichi sifatida usimlik dunyosi urganiladi. Meteorologik materiallar taxlil kilinadi.
Gidrogeologik sharoitni tugri tushunish va baxolash uchun rayonning geologik, geomorfologik tuzulishi xakida tulik ma`lumotga ega bulish kerak. Eng yaxshi xulosalar geologik-gidrogeologik s`yomka natijasida olinadi. Gidrogeologik s`yomka asosan marshrutlar yordamida bajariladi.


2.2.Yer osti va sizot suvlaridan foydalanishning shart-sharoitlari.
Yer osti suvlari sifatining va unda erigan tuzlar mikdorining uzgarishi ulardan xalk xujaligida foydalanishni kiyinlashtiradi.
Yer yuzasida maishiy va sanoat okava suvlari xamda chikindilarning tuplanishi, suv xavzalarining ifloslanishi, ugit va zaxarli ximiyaviy dorilardan kup foydalanish yer osti suvlarining ifloslanishiga asosiy sabab buladi.
Suv chikarish inshootlarini ishlatish davrida chuchuk suvli xavzaga shur xamda ifloslangan daryo va dengiz suvlarining surilib kelishi natijasida xam yer osti suvlari ifloslanishi mumkin. Shuningdek yer osti suvlariga ifloslangan sanoat okava suvlarining saklaydigan va tindiradigan joylardan aeratsiya zonasi buylab sizib kelib kushilishidan, kuduk devorlari bilan trubalar orasidagi tirkishlardan, suvni katlamlarga shimdirish uchun kazilgan kuduklardan va karst voronkalari orkali kushilishidan xam ifloslanishi buladi.
Yer osti suvlarining ifloslanishi, asosan, rayonning geologik va gidrogeologik sharoitlariga, ya`ni suvli katlamlarni ajratib turadigan suv utkazmaydigan katlamlarning bulish-bulmasligiga, ularning suv shimish xususiyatlariga, yer osti suvlarining joylashish chukurligiga boglik. Ayniksa yuzaki suvlar yukoridan suv utkazmaydigan katlam bilan chegaralanmagani uchun ifloslanadi. Artezian suvlari tuplanadigan katlamlar yukori va pastki tomonlaridan uzidan suv utkazmaydigan katlamlar bilan chegaralangani uchun deyarli ifloslanmaydi.
Suv chikarish va kanalizatsiya inshootlarini ishlatishda, kupincha, yer osti suvlari ximiyaviy va bakteriologik ifloslanishga duchor buladi. ayrim xollarda radioaktiv, mexanik va issiklikdan ifloslanish xam uchraydi.
Ximiyaviy ifloslanish yer osti suvlariga organik (karbol, naften kislotalari, zaxarli ximikatlar va b.), neorganik (tuzlar, kislotalar, ishkorlar), zaxarli (margimush, rux, simob, kurgoshin tuzlari) va zaxarli moddalar kushilishidan yuzaga keladi. Zaxarli ximiyaviy moddalar yerning chukur kismlarigachasizib borishi va yer osti suv okimining kiyaligi tik bulgan joylarda katta maydonlarga tarkalishi mumkin.
Bakterial ifloslanish yer osti suvlarida kasalik tarkatuvchi bakterialar paydo bulganda yuzaga keladi. Bunday kurinishdagi ifloslanish ma`lum bir muddatgacha bulib, uning davomiyligi ifloslanish manbaining mikdoriga, gruntning suv shimishiga va bakterialarning yashash mikdoriga boglik.
Yer osti suvlari radioaktiv moddalarga boy jinslardan filtratsiyalanganda radioaktiv ifloslanishga uchraydi.
Mexanik ifloslanish yer yuzasidagi suvlar tarkibidagi mexanik aralashmalarning (kum, shlak va b.) yoriklar, bushliklar buylab yer osti suvlariga kushilishidan xosil buladi.
Yer osti suvlariga yukori xaroratli yuzaki yoki sanoat okava suvlarining kushilishidan issiklikdan ifloslanish yuzaga keladi.
Sugoriladigan ekin maydonlaridan uzok vakt suvning shimilishi natijasida grunt suvlarining minerallanishi, oksidlanishi kuchayadi, azot kislotasining tuzlari va ammiak mikdori oshadi. Ayniksa, yer osti suvlari okimining xarakati sekin bulgan joyda xamda relfning past joylarida suv tuplanadi. Bunday maydonlarda grunt suvlarining vertikal kesimi buyicha bakterial-ximiyaviy ifloslangan zona paydo buladi. Sanoat okava suvlarini tindiradigan joylardan, sugorish maydonlaridan buladigan shimilish xisobiga grunt suvlari kup ifloslanadi.
Yer osti suvlari ifloslanishini oldini olish uchun kuriladigan chora tadbirlarga okar suvlarni tozalash, chikindisiz sanoat texnologiyasini tashkil etish, suv xavzalarining tubini suv utkazmaydigan ekranlar bilan koplash, shimilayotgan iflos suvlarni zovurlar yordamida tutib kolish kiradi. Zaxarli okar suvlarni kuduklar yordamida juda chukurdagi suvli katlamlarga, tosh tuzi massivlariga xaydash lozim buladi. Lekin vakti kelib, bu suvlar yukorida yotgan suvli katlamlarga kuduk devori bilan truba orasidagi bushlik orkali sizilib chikishi mumkin.
Suv chikarish inshootlari yer osti suvlarining ifloslanishi mumkin bulgan joyidan okim buyicha yukorirokka kurilishi lozim. Bunday inshootlar iflos daryo va shur dengiz suvlaridan uzokrokka joylashtiriladi. Shuningdek, ularni sanoat korxonalari, mozorlar va kishlok xujaligi ekinlari ekiladigan maydonlarga yakin joyga joylashtirish tafsiya etilmaydi.
Yer osti suvlarining ifloslanishdan saklashning muxim tadbirlaridan biri suv chikarish inshootlari atrofida sanitariya jixatidan muxofaza kilish zonasi tashkil kilish kerak.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling