Yer po'stini hosil qilgan tog' jinslari va ularning turlari. Reja


Download 30.33 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi30.33 Kb.
#1172454
1   2
Bog'liq
yer po\'stlog\'i

Magmatik tog jinslari. Yer po‘stining ichki (quyi) qismidagi eri- 
gan magmaning sovishi va qotishidan magmatik tog‘ jinslari vujudga 
keladi. Magmaning Yer yuzasiga oqib chiqadigan shakli lava deb ata- 
ladi. Lava vulqondan yoki Yer po‘sti yoriqlaridan chiqadi va 1090°C 
(2000°F) gacha boiadi. Magmatik jinslaming uchta asosiy toifasi 
mavjud: effuziv, intruziv va piroklastik (vulqon kullari, qumlari va 
scmentlashgan vulqon tuflari) jinslar.
Magma Yer yuzasida yoki Yer yuzasiga yaqin bo igan 
chuqurlikda qotishi va sovishi natijasida hosil bo'ladi. Effuziv tog‘ 
jinslariga bazalt, liparit, vulqon shishasi va boshqalar kiradi.
Intruziv tog‘ jinslar Yerning chuqur ichki qismida qotadi va ba’zan 
ular pluton (rimliklaming Yer osti xudosi hisoblangan Pluton nomi- 
dan olingan) jinslar deb ataladi. Intruziv tog‘ jinslariga granit, gabbro 
va boshqalar kiradi.

Piroklastik minerallar effuziv magmatik jinslar toifasidan hisob- 


lanib, ular vulqon siniqlari to ‘planishidan, vulqon otilishida havoga 
chiqadigan kul va boshqalardan shakllanadi34.
Cho‘kindi to g ‘jinslari. Cho‘kindi tog‘ jinslari ilgari paydo b o ig an
jinslaming turli sharoitlarda yemirilishi, nuraslii va to‘planishi natijasida 
hosil b o iadi. Gorizontal qatlamda to‘plangan materiallar yuqoridagi 
materiallar bosimidan zichlashadi, suvni chiqarib yuboradi va teshik- 
lari kamayadi. Sementlashish sodir b o iadi, kvars, kalsiy karbonat 
yoki temir oksidi cho‘kindi parchalar orasida zichlashadi va qotadi. 
Zichlashish va sementlashish jarayonida jinslar qatlamiga b o g iiq
holda qattiq cho‘kindilarga aylanadi. Cho‘kindi tog‘ jinslari kelib 
chiqishiga ko‘ra quyidagi guruhga boiinadi:
- chaqiq (klastik) jinslar, asosan tog‘ jinslarini yemirilishi nati­
jasida hosil b oiadi;
- kimyoviy tog‘ jinslari, qorishmalaming cho‘kindilar cho‘kishi 
va to‘planishi natijasida hosil b o ia d i (tuzlar, gips va h.k);
- organik (biogen) tog‘ jinslari, o ‘simlik va hayvonlarning tanalari 
oigandan keyin to‘planishi va o ‘zgarishi natijasida hosil b o ia d i 
(marjonlar, ko‘mir, bo‘r, ohaktosh).
Chaqiq cho‘kindi jinslar o ‘z ichiga konglomerat, qumtosh, alevro- 
lit va slanesni oladi. Konglomerat - dag‘al yumaloqlangan shag‘allar, 
tosh g ‘o ‘lalar yoki yumaloq katta toshlar va gil, balchiq, qum aralash- 
gan zarralardan iborat b o ig a n qattiq sementlashgan massa hisobla- 
nadi. Shu kabi oz miqdordagi dag‘al dumaloqlanmagan tog‘ jinslari- 
ning sementlashishi brekchi deb ataladi. Konglomerat va brekchi 
beton kabi qattiq jinslar b o iib , nisbatan ob-havo sharoitiga barqaror 
hisoblanadi.
Organik cho‘kindi jinslar o ‘simlik va hayvon kabi organizmlar 
qoldiqlaridan paydo b o ia d i. Masalan, ko‘mir o‘simliklarning yot- 
qizilishi va zichlashishidan nordon, balchiq sharoitda hosil boiadi. 
Dastlabki o ‘zgarishda torfga aylanadi, chuqurda ko‘milib va uzoq 
vaqtda zichlashib ko‘mirga aylanadi.
34 Robert E. Gabler, James F. Petersen, L. Michael Trapasso. Essentials o f
Physical Geography. 2007. - 365-b.
Metamorfik tog‘ jinslari Metamorfik so‘zi metamorphic-“shakli 
o'zgargan” degan ma’noni bildiradi. Magmatik va cho‘kindi to ‘g‘ 
Jinslarining yuqori harorat va bosim ta ’sirida o‘zgarishi natijasida ho- 
lil bo‘ladi. Odatda bunday tog‘ jinslari qattiq va ancha zich bo‘ladi, 
ob-havo sharoitiga barqaror ilgari o'zgargan bo‘ladi. Masalan, granit 
gncysga, qumtoshlar kvarsitga, ohaktosh marmarga aylanadi.
Yer po‘sti hajmining juda katta qismini magmatik va metomor- 
flk jinslar tashkil qiladi (90 %). Ammo geografik qobiq uchun yupqa 
cho'kindi qatlam katta ahamiyatga ega. Chunki cho‘kindi jinslar be- 
vosita havo va suv bilan o ‘zaro ta’sirda bo‘ladi va turli xil geografik 
Jarayonlar faol qatnashadi.
Platformalar va geosinklinallar
Materik yer po‘stining asosiy tektonik elementlari platformalar va 
gcosinklinallardir. Relyefda platformalarga katta-katta tekisliklar (plat- 
lormalardagi ayrim tog‘li o‘lkalar ham shujumlaga kiradi), geosinklinal- 
lurga burmali tog‘lar zanjirlari to‘g‘ri keladi. Har qaysi materikning ne- 
gizida kembriydan oldingi bitta (Yevrosiyoda) yoki bir nechta platforma 
bor. 
Ulami geosinklinallar - turli yoshdagi tog‘ zanjirlarini o‘rab olgan. 
Platformalar - Yer po‘stining barqaror qismlari hisoblanadi. Geosinkli- 
nal 
taraq-qiyotining oxirgi bosqichi platformalaming hosil bo‘lishidir.
Platforma ikki qavatdan iborat. Uning birinchi qavati plalforma 
poydevori hisoblanadi. Platforma poydevori mustahkam, kam hara- 
katchan bo‘lib, kristalli tog‘ jinslaridan, asosan magmatik va meta­
morfik jinslardan tuzilgan. Ikkinchi qavat poydevor ustida joylashgan 
bo‘lib, ko‘pincha gorizontal yotgan cho‘kindi jinslardan tarkib top- 
gan platforma plitasidir.
Geosinklinal o‘rnida uning taraqqiyoti davomida burmali tog‘Iar 
vujudga keladi. Mazkur tog‘laming uzoq davr davomida yemirili- 
shidan platformaning poydevori vujudga keladi. Ushbu poydevor 
kuchli bukilgan, metamorfizmga uchragan qadimgi tog‘ jinslaridan 
tarkib topgan, ulami granitlar yorib chiqqan. Platformalar yoshiga 
qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat, ya’ni poy­
devor paydo bo‘lgan davr bilan begilanadi. Eng qadimgi platformalar
tokemberiy, ya’ni arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platfor- 
malardir. Ularga Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy, Arabiston, Hindiston, 
Avstraliya, Afrika, Antarktida, Shimoliy Amerika va Janubiy Ameri- 
ka platformalari kiradi.
Qadimgi platformalar yoshiga qarab epiproterozoy platformalar- 
dir. Ularni atrofida esa epibaykal, epikaledon, epigersin platformalari 
joylashgan. Butun geologik rivojlanish tarix davomida platformalar 
maydoni kengayib, geosinklinlar maydoni qisqarib borgan. Hozir- 
gi geosinkinal hududlarga Tinch okeanning Kuril va Aleut orollari 
joylashgan hududlari kiradi. Atlantika okeanida esa harakatdagi vul- 
qonlar keng tarqalgan orollar kiradi.
Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor yer yuzasiga 
chiqib qolgan katta-katta maydonlar ajralib turadi. Bunday joylami 
qalqonlar deyiladi. Juda qadimgi qalqonlar Grenlandiyada, Kanada- 
ning shimoli-sharqida, Janubiy Amerikada, Afrikaning katta qismi- 
da, Hindiston yarimorolida, G ‘arbiy Avstraliyada va Antarktidaning 
ozroq qismlarida joylashgan. Bu hududlaming asosiy xususiyatlari 
eng qadimgi tog‘ hosil bo‘lish bosqichlarini boshdan o‘tkazgan35. 
Qalqonlar odatda asta-sekin ko‘tarilib boradi. Platformalar poydevori 
ancha cho‘kkan va ular cho‘kindi jinslar bilan to ig a n joylar plitalar 
deb ataladi. Ular asta-sekin cho‘kishda davom etadi.
Vegener gipotezasi
Materik va okean yer po‘stlari bir-biridan tog‘ jinslarining turlari, 
qatlamlari, qalinligi va yoshiga ko‘ra farq qiladi. Bunday farqlami 
tushuntirish uchun bir qancha gipotezalar mavjud:
1. Yerning kattalashayotgani, 1933-yil nemis olimi Otto Xilgenberg 
bu gipotezani olg‘a surgan.
2. Vegeneming materiklaming gorizontal siljishi gipotezasi, 1912-yil.
3. Yer po‘sti bilan mantiya oralig‘ida modda va energiyaning 
aylanma harakati gipotezasi.
Dunyo xaritasi yoki globusga nazar tashlaydigan boisak, darhol 
Afrika va Janubiy Amerika bir-biriga o ‘xshashligini sezamiz. Dast-
35 Goudie A. Physische Geographie. Germany. 2002. - 7-b.
lab Y.Bixanov (1877) tomonidan aytilib, nemis geofizigi A.Vegener 
(1912) to‘liq ishlab chiqqan bu gipoteza materiklaming gorizontal 
siljishi gipotezasidir. Bu gipotezaga ko‘ra granit yer po‘sti yuqori 
paleozoyga qadar, ya’ni bundan 200 mln yil oldin Pangeya materigi 
hosil bo‘lgan. Pangeya so‘zi yunoncha so‘z bo'Iib, “qadimgi quruq­
lik” degan ma’noni bildiradi. U materik Eski dunyo o‘mida bo‘lgan. 
Mezozoyda bu materik parchalangan va uning palaxsalari - materik- 
lar siljiy (suza) boshlagan. Birinchi palaxsa ajralib, g‘arbga siljib ket- 
gan - bu Janubiy Amerika, so‘ngra Afrika, keyinroq Antarktida, Avs- 
traliya va Shimoliy Amerika ajralib chiqqan.

Materiklaming harakat- 


Ianishi gipotezasining keyinroq ishlab chiqilgan variantida qadimgi 
vaqtda ikkita ulkan materik - Lavraziya bilan Gondvana bo‘lgan 
deyiladi. Lavraziyadan Shimoliy Amerika (uning platformadan iborat 
qismini Lavrentiy qumqligi deb ataladi) va Yevrosiyo hosil bo‘lgan. 
Bundan 180 mln yil oldin Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika, 
Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan (6.1- 
rasm). Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklaming o'ziga xos 
xususiyatlariga ega ekanligiga Ular-ning ikkita kontinentdan vujudga 
kelganligi sabab qilib ko‘rsatiladi.

Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling