Yer po‘stining tuzilishi va tarkibi Yer po‘sti say
Download 129.57 Kb.
|
YER PO`STI
Ma’dan tanalari shakllari
Yer po‘stida foydali qazilmalar turli shakllarni hosil qilib yotadi. Ularning shakllari quyidagi to‘rtta yirik guruhga ajratiladi: 1) Izometrik–bo‘yi, eni va qalinligi bir-biriga yaqin; 2) plitasimon–ikki o‘lchami yaqin va uchinchi o‘lchami kam; 3) quvursimon–bir o‘lchami uzun, ikki o‘lchami kam; 4) murakkab tanalar.1. Izometrik shakldagi ma’dan tanalariga quyidagilar kiradi: ma’danlashish massivi–ma’danli minerallar yalpi tarqalgan; shtokverk–ko‘pincha turli tomonga cho‘zilgan va o‘zarokesishuvchi ma’dan tomirlari va tomirchalari to‘plami. Bu ma’danlitomirlar ko‘pincha tog‘ jinslari orasida mavjud tektonik darzliklardajoylashadi. Bular cho‘kindi jinslar oralarida va intruziv jinslarningshiplarida va oralarida joylashadi. Bu shakl qalay, volfram, molibden,mis, oltin konlari uchun xosdir. Shtok–ma’dan shakllarining izometrik ko‘rinishida bo‘lib,xrom, mis va ba’zan polimetall konlarida uchraydi. Uya shakli–odatda uncha katta bo‘lmagan, ko‘ndalang kesimi10 m largacha bo‘lgan minerallar yig‘indisiga aytiladi. Bu ma’danshakllari o‘ta asosli magmatik jinslar oralarida yuzaga keladiganplatina va mis-nikel hamda nordon intruziv jinslar oralarida yuzaga keladigan pegmatit konlarida uchraydi. 2. Plita ko‘rinishidagi ma’dan shakllari birnecha turlarga ajratiladi.Qatlam shakl– ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘jinslari oralarida joylashadi. Bu qatlamlar uncha qalinlikka ega bo‘lmasada, uzoqqa cho‘zilgan bo‘ladi. Linza–ma’dan uyumlari linzaga o‘xshash bo‘lib, asta-sekinuzoqlashgan sari qalinligi kamayib boradi. Tomirsimon shakllar–tog‘ jinslari oralarida darzlik va yoriqlarda ma’dan minerallarining to‘planishi tufayli hosil bo‘ladi. Tomirsimon ma’dan shakllari mavjud tektonik yoriqlarning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lib,bir necha santimetrdan bir necha metrgachabo‘ladi. Tomirsimon ma’dan shakllari sodda va murakkab ko‘rinishlardabo‘lib, narvonsimon, to‘rsimon, ba’zan otning dumiga o‘xshashholatlari ham uchraydi. 3. Quvursimon shakllar–silindr shakliga o‘xshash bo‘lib, yeryuzasidan chuqurga qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakldagi ma’dankonlarining chuqurligi bir necha yuz metrdan, bir necha kilometrgachabo‘lishi mumkin. 4. Murakkab shakllar. Bunday shakllar odatda quvursimon vatomirsimon ma’dan tanalarining aralashmasidan iborat bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling