Yer po‘stining tuzilishi va tarkibi Yer po‘sti say
Download 129.57 Kb.
|
YER PO`STI
Yer po‘stining tuzilishi va tarkibi Yer po‘sti sayyoramizning eng yuqori qattiq qobig‘ini tashkil etadi va murakkab relyef tuzilishiga ega. Quruqlik relyefida tog‘lar va tog‘ tizmalari, past tog‘liklar, tepaliklar hamda tekisliklar ajratiladi. Yer po‘stining qalinligi okean ostida 5–8 km, quruqlikda esa 20–70 km ni tashkil etadi. Yer po‘stining yuqori qismini tashkil etuvchi jinslarning tarkibi va xossalari to‘g‘risida tabiiy ochilmalar, tog‘ lahimlari hamda burg‘i quduqlari kernidan olingan namunalar bo‘yicha ma’lumotlar olish mumkin. Lekin yer po‘stining ancha chuqur gorizontlari va ular ostidagi qobiqlar haqida faqat geofizik, aniqrog‘i seysmik tadqiqotlar asosida fikr yuritish mumkin.Yer po‘stining taxminan 13 km chuqurlikgacha bo‘lgan qismida Mendeleyev davriy jadvalining 90 ta elementi aniqlangan. Qolgan elementlar (masalan ameritsiy, kyuriy va boshqalar) yer po‘stida ma’lum emas. Yer po‘stining kimyoviy tarkibini aniqlashda F.V.Klark, V.I.Goldshmidt, V.I.Vernadskiy, A.Ye.Fersman, A.N.Vinogradovning xizmatlari katta. 1889-yilda amerikalik olim F.V.Klark tog‘ jinslarining kimyoviy tahlillaridan 6000 ga yaqinini to‘plab, litosferaning o‘rtacha tarkibini hisoblaydi.1939-yilda rus olimi A.Ye.Fersman elementlarning yer po‘stidagi yoki biror-bir tizimdagi (masalan, Yer shari, Quyosh atmosferasi va h.k.) foizlardagi o‘rtacha miqdorini «kimyoviy elementlarning klarki» deb atashni taklif qilgan. Klark o‘lchovi elementlarning geokimyoviy tomonlarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Quyida yer po‘stida eng ko‘p klarkga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar keltiriladi: 1. Kislorod 49,138. Magniy 2,35 0,61 0,25 0,20 0,12 0,10 2. Kremniy 26,009. Vodorod 1,00 3. Aluminiy 7,4510. Titan 4. Temir 4,2011. Uglerod 5. Kalsiy 3,2512. Xlor 6. Natriy 2,4013. Fosfor 7. Kaliy 2,3514. Marganets Mana shu 14 element litosferaning 99,51 %ni tashkil etadi,qolgan barcha elementlarning og‘irligi uning atigi 0,49 %ga teng.Kislorod, kremniy va aluminiy yer po‘stining asosiy qismini (82,58 %) tashkil etganligi sababi–bu elementlar barcha keng tarqalgan tabiiy birikmalar tarkibida uchraydi. Fizik xossalari va tarkibi bo‘yicha yer po‘stini umumiy tarzda uchta qatlamga bo‘lish qabul qilingan: cho‘kindi, granit vabazalt.Eng yuqori cho‘kindi qatlam cho‘kindi jinslardan iborat bo‘lib,uning qalinligi okeanlar tubida 0,3–0,4 km ga yaqin, qit’alarda esa 10–25 km ga yetadi. Granit qatlam asosan granit va fizik xossalari unga yaqin bo‘lgan gneys va kristalli slanetslardan iborat. Uning okeanlar ostidagi qalinligi 2–5 km ga yetadi, qit’alarda esa 10 km dan 40 km gacha boradi.Bazalt qatlamining qalinligi okeanlar tubida 3–7 km ga borsa,qit’alarda 10–35 km ga yaqin. Download 129.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling