Yer po‘stining tuzilishi va tarkibi Yer po‘sti say


Download 129.57 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi129.57 Kb.
#1389062
1   2   3   4   5
Bog'liq
YER PO`STI

Ma’dan hosil qiluvchi jarayonlar

Ma’danli konlar quyidagi asosiy yo‘llar bilan hosil bo‘ladi:


1. Magmaning sovib kristallashishidan. Magma–yer qobig‘ining ostki qismida
joylashgan cho‘g‘dek quyuq xamirsimon tog‘jinslari qotishmasidir. Tabiatda ayniqsa silikatli magma keng tarqalgan bo‘lib, u kon hosil bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Uning tarkibida kremniy, turli metall va metalmas elementlar, shu jumladan o‘ta qizigan bug‘lar hamda HF, H2S, HCl, CO, CO2va boshqa gazlar bor. Bunday uchuvchi moddalar magmaning eruvchanligini va kristallashishini osonlashtiradi. Cr,TI, apatit va boshqa foydali qazilma konlari shunday hosil bo‘ladi.
2. Alumosilikat magmaning o‘z tarkibidan ko‘p miqdorda kremniyni yo‘qotishi (atrof
jinslarga berishi) natijasida. Uning aluminiyga boyib qolishi korund konlarining hosil bo‘lishiga olib keladi.
3. Magmadan ajralib chiqqan suyuqlik va gazlarning atrof jinslar bilan almashinuv
reaksiyalariga kirishuvi natijasida. Metasomatoz deb ataluvchi bu hodisa W, Mo, Cu, Zn, Pb va boshqa metall konlarining hosil bo‘lishidamuhim o‘rin tutadi.
4. Har xil tarkibdagi gaz, suv va qattiq moddalarning yer qobig‘idagi g‘ovakliklarda
uchrashib reaksiyaga kirishishi natijasida W,Sn, Mo, Cu, As, Bl va boshqa elementlar minerallarining tomchilangan va tomirsimon hosilalari bunga misoldir.
5. Yuqoriga ko‘tariluvchi gaz va suvlar tarkibidagi erigan moddalarning harorat va

bosimining pasayishi natijasida qattiq mineral sifatida ajralib kristallashishidan; mis, qo‘rg‘oshin, rux, simob kabi rangli va boshqa metallar minerallari shunday hosilbo‘ladi.

6. Minerallarning ochiq bo‘shliqlarda kristallashishidan. Bunday jarayon uchuvchi
moddalarning uzoq vaqt davomida bo‘shliqlarda turib qolishi va sokin sharoitda asta-sekin mineralga aylanishidan kelib chiqadi. Bu tog‘ billuri, island shpati, flyuorit, kinovar, antimonit, aragonit va boshqa minerallarning druzali hosilalari misolida keng tarqalgan hodisadir.
7. Qattiq birikmalardan ajralish natijasida. Bu jarayon sochma konlarning hosil
bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Olmos, oltin, platina, kassiterit, volframit va boshqa minerallarning sochilma konlari ana shunday vujudga keladi.
8. Oksidlanish muhitida barqaror birikmalarning to‘planishi natijasida. Fe, Mn, Al va
ba’zi boshqa metallar konlari vujudga keladi.
9. Nurash mahsulotlarining g‘ovak jinslar ichidan sizilishi natijasida. Cu, U, Ge,
magnezit kabi foydali qazilmalarning ba’zi konlari shunday hosil bo‘ladi.
10. Bug‘lanish va to‘yinish natijasida. Suv havzalarining bug‘lanib to‘yingan
eritmalarga aylanishi tufayli cho‘kindiga o‘tgan moddalarNa, K, Mg va boshqa tuz konlarini hosil qiladi.
11. Kolloid eritmalardan cho‘kindiga o‘tish natijasida. Fe, Mn,Al larning cho‘kma
konlari daryolarning kolloid eritmali chuchuk suvlari bilan dengizning sho‘r suvlari qo‘shilishi natijasida koagulyatsiyalanib (ivib) hosil bo‘ladi.
12. Tirik organizmlarning hayot faoliyati natijasida. Ko‘mir,neft, gaz, fosforit,
oltingugurt, diatomitlar, chig‘anoqlar, guano va boshqa foydali qazilma konlari shunday hosil bo‘ladi.
13. Turli jinslarning yuqori bosim sharoitiga duch kelishi va tarkibidagi foydali
birikmalarning zichlashib, konsentratsiyasining ortishi yoki qayta krisstallashishi natijasida. Bu hodisa myetamorfizm deb ataladi. Fe, Mn, Au, marmar, kvarsit kabilar shunday konlar hosil qiladi.


Download 129.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling