Yer qaridan foydalanganda soliq solish zarurligi
Soliq solinadigan obyekt nomi
Download 130.91 Kb.
|
Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli va noyob metallar
- Metallurgiya uchun noruda xom ashyo
- Noruda qurilish materiallari
- QО‘SHIMCHA FOYDA SOLIG‘I
Kalendar yil soliq davridir. Hisobot davri quyidagilardir: mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tо‘lovchilar uchun - bir oy; jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq tо‘lovchilar tomonidan - har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay yil yakunlari bо‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; jismoniy shaxslar tomonidan - yilda bir marta, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni tо‘lash hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. QО‘SHIMCHA FOYDA SOLIG‘I Qо‘shimcha foyda solig‘i tо‘lovchilar quyidagilardir: ayrim foydali qazilmalarni (foydali komponentlarni) kavlab olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar; foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Ayrim turdagi mahsulotlar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan yuqorida kо‘rsatilmagan boshqa shaxslar qо‘shimcha foyda solig‘i tо‘lovchisi etib belgilanishi mumkin. Mahsulot taqsimotiga oid bitim bо‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilar qо‘shimcha foyda solig‘ini tо‘lovchilar bо‘lmaydi. Realizasiya qilishdan olingan sof tushum bilan qonun hujjatlarida belgilangan hisob-kitob bahosi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi (qо‘shimcha foyda) qо‘shimcha foyda solig‘ini solish obyektidir. Qо‘shimcha foyda summasi bilan qо‘shimcha foyda qismiga tо‘g‘ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa majburiy tо‘lovlar summasi о‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan sof qо‘shimcha foyda soliq solinadigan bazadir. Qо‘shimcha foyda solig‘i solinadigan foydali qazilmalar va mahsulot turlari rо‘yxati, shuningdek soliqni hisoblab chiqarish hamda tо‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. BONUSLAR Bonus yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik tо‘lovdir. Yer qa’ridan foydalanuvchi quyidagi turdagi bonuslarni tо‘laydi: imzoli bonus; tijoratbop topilma bonusi. Davlat boshqaruvi organlari bonuslar tо‘lamaydi. Imzoli bonus Imzoli bonus yer qa’ridan foydalanuvchining tegishli lisenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish bо‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat’iy belgilangan tо‘lovdir. Imzoli bonus lisenziya olingan kundan e’tiboran soliq tо‘lovchi tomonidan о‘ttiz kundan kechiktirmay byudjetga tо‘lanadi va bu haqda soliq bо‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yozma shaklda xabar qilinadi. Download 130.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling