Yer qazish-tashish mashinalari
Download 0.74 Mb.
|
КТ мар 4 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otvalni gruntga asta bostirib (a), bosqichli botirib (b) va bir xil chuqurlikda qirqib (v) surish.
- Buldozer. a-yonidan ko‘rinish; b-burilmaydigan otvalli buldozerni plandagi ko‘rinishi; v-buriladigan otvalli buldozerning plandagi ko‘rinishi; g- otval og‘ishi. Nazorat savollari
- K O‘RGAZMALI MATERIALLAR Xitoyning SHANTUY YQM ishlab chiqarish kampaniyasining buldozeri
PPe = 3600. l(L.sin - 0.5).kv /[n(l /v + tP)],
bu yerda, l - tekislanadigan uchastkaning uzunligi, m; - ag‘dargichni planda joylashtirish burchagi, grad; 0,5 - buldozer o‘tishlar yo‘lining o‘zaro bekitilib ketishi; n - buldozerning bir joydan o‘tishlar soni; v - buldozerning xarakat tezligi, m /s. Ish sikli. Buldozerning ish sikli gruntni qirqish (qazish), ish yo‘li, ketinga yurish uchun xarakatni almashish maqsadida to‘xtash, qirqishni davom ettirish uchun dastlabki xolatga qaytish (salt yurish) va oldinga yurish uchun xarakatni almashlab qo‘yish uchun to‘xtashdan iborat. Ba’zan ish sikliga, agar navbatdagi ish yo‘lini boshqa joydan boshlash talab etilganda, zarur bo‘ladigan manyovr qilish xam kiradi. Ish yo‘li ish siklining eng murakkab elementi xisoblanadi. Ish siklida otvalni gruntga botirish, otval oldidagi gruntni (grunt prizmasini surib) tuplash, grunt o‘rnini to‘ldirish uchun gruntni uzluksiz qirqish bilan otvalni ma’lum masofaga surib borish, gruntni zarur joylarga taqsimlash va joylashtirish ishlari bajariladi. Otvalni gruntga botirish va uni surish (rasm) grunt turiga, yuzaning tekisligi va nishabligi xamda boshqa ekspluatastiya sharoitlariga qarab turlicha bajariladi. Bu operasiyani bajarishning keng tarqalgan uchta sxemasi mavjud. Tekis yuzada otval imkoni boricha chuqur, keskin botiriladi va u surilayotgan grunt ko‘payib borishiga qarab otval kutara boriladi (rasm). Mashina massasi gruntni qirqishga yordam beradigan juda katta nishablikda ishlayotganda otvalni gruntga botirish va uni surish deyarli uzluksiz chuqur qirqish bilan amalga oshiriladi. Otvalni gruntga asta bostirib (a), bosqichli botirib (b) va bir xil chuqurlikda qirqib (v) surish. Amalda bajariladigan buldozer ishlari yuzaning notekisligi, gusenistalar yoki g‘ildirakli traktorlar osmasidagi mavjud elastik zvenolarga bog‘liq bo‘lgan otvalning aniq boshqarilmasligi sababli otvalni gruntga botirish va uni surish otvalning qisman botishi va qayta botishi bilan birga bosqichli sxema bo‘yicha olib boriladi. Tik qiyaliklarda terrasa va polkalar buldozerni nishablikda pastga karatib burgan xolda gruntni bo‘ylama surib ishlanadi. Ish boshlashdan avval bastlabki polkani buldozer ishonchli ishlay oladigan qilib ishlash kerak. Bunday polka ko‘pincha buldozerning uzi bilan ishlanadi. Buning uchun qiyalikda yuqoriga qarab xarakatlanayotganda otval gruntga tushiriladi va mashina 900 ga burilayotganda bir uchi bilan kichik polkani qirqadi. Bu operasiyani qaytarish bilan bo‘ylama utib ishlashga yetadigan maydoncha xosil qilinishi mumkin. Burilishlarda mashinaga ortiqcha nagruzka tushmasligi uchun otval chuqurroq botirib boriladi. Otvalni buriladigan qiya o‘rnatilgan yoki otvali gidravlik qiyalatiladigan buldozerlar bu operasiyani otvali burilmaydigan oddiy buldozerlarga nisbatan samaralirok va tezrok bajaradi. Pionyer polka, agar qiyalik juda xam tik bo‘lmasa, yuqoridan pasiga qarab o‘tish bilan ishlanishi xam mumkin. Pionyer polka ishlangach, terrasa gruntni polka qirrasiga surish uchun mashinani qiyalik tomonga burish bilan bo‘ylama utib ishlanadi. Bunday burilishlarni otvali burilmaydigan buldozerlar xar 1 – 3 m utgandan so‘ng bajaradi. Otvali buriladigan buldozerlarda grunt uzluksiz yon tomonga tushish uchun plandagi burchak yetarli emas, shuning uchun xam bu tipdagi mashinalar uchun bunday burilishlar zarur. Terrasalarni bo‘ylama utib ishlash buldozerlar uchun ancha qiyin va xavfli ish xisoblanadi. Barcha xollarda xam polkani yon bag‘ir tomonga qiya xolatda saqlash kerak, aks xolda buldozer qiyalik bo‘ylab surilib tushib ketishi mumkin. Buldozer. a-yonidan ko‘rinish; b-burilmaydigan otvalli buldozerni plandagi ko‘rinishi; v-buriladigan otvalli buldozerning plandagi ko‘rinishi; g- otval og‘ishi. Nazorat savollari: Buldozerlar tuzilishi va tavsifnomasi. Buldozerlarning asosiy ish jixozlari. Otvalni tuproqka botirish usullari. Buldozerlarda bajariladigan ishlar texnologiyasi. Buldozerlarning asosiy parametrlari 6. Buldozerlarlarni ish unumdorligini xisoblash. K O‘RGAZMALI MATERIALLAR Xitoyning SHANTUY YQM ishlab chiqarish kampaniyasining buldozeri Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling